O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

9.2. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi 
Bir xil mohiyatga ega va o‗zaro munosabatda bog‗liq bo‗lib, markazlashgan 
pul fondi bo‗lgan davlat byudjeti va davlatning boshqa maqsadli jamg‗armalarini 
majburiy tashkil etadigan soliqlar va yig‗imlar turlarining yig‗indisiga 
soliq tizimi
deb ataladi.
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahririning 17-―Soliqlarning va 
yig‗imlarning turlari‖ nomli moddasiga binoan, O‗zbekiston Respublikasi soliq tizimi 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1) qo‗shilgan qiymat solig‗i; 
2) aksiz solig‗i; 
3) foyda solig‗i; 
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i; 
5) yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig‗i; 
8) yer solig‗i; 
9) ijtimoiy soliq. 
Shuningdek, soliq to‗lovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 
1) aylanmadan olinadigan soliq; 
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida 
tartibi; 
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq 
to‗lovchilarga soliq solishning alohida tartibi. 


99 
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq 
to‗lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya 
bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni 
bajarish bilan bog‗liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. 
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‗lashdan ozod etishni, pasaytirilgan 
soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‗llashni nazarda tutishi mumkin. 
Barcha soliqlarni 
soliqqa tortish obyekti, iqtisodiy mohiyati va byudjet tizimi 
bo„g„inlari daromadlarini shakllantirishiga ko„ra
quyidagicha guruhlash mumkin: 
Soliqqa tortish obyektiga ko‗ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhlanadi: 
1.
Oborotdan olinadigan soliqlar; 
2.
Daromaddan olinadigan soliqlar; 
3.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; 
4.
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. 
Oborotdan olinadigan soliqlarga
qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, 
bojxona bojlari va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin oborot 
(aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‗yicha ilgaridagidek, mahsulot 
realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan 
o‗lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan 
olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga 
yuridik va jismoniy shaxslarning daroma-
diga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlar 
kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
solig‗ini ham kiritish mumkin. 
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga 
yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan to‗lanadigan mol-mulk solig‗i kiradi. 
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga
qishloq xo‗jalik tovar ishlab 
chiqaruvchilarining yagona yer solig‗i va yuridik (noqishloq xo‗jalik) va jismoniy 
shaxslar tomonidan to‗lanadigan yer solig‗i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra soliqlar 
egri va to„g„ri
yoki 
bevosita va bilvosta 
soliqlarga bo‗linadi. To‗g‗ri soliqlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri soliq to‗lovchilarning o‗zi 
to‗laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to‗lovchisi ham, haqiqiy to‗lovchisi ham 
bitta shaxs bo‗ladi. To‗g‗ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda 
bo‗lmaydi. Bu soliqlarga daromad va mulkdan to‗lanadigan barcha soliqlar kiradi. 
To„g„ri soliqlar
bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri daromaddan soliq to‗langanligi uchun 
soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‗p qismini ularga 
qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‗l bilan 
bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari ko‗pay-
tirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susayti-
radi. Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to‗g‗ridan-to‗g‗ri bozor iqtisodiyoti rivoji 
bilan chambarchas bog‗liqdir. 
Egri soliqlarning
yuridik jihatdan to‗lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) bo‗lib, soliqning haqiqiy og‗irligi 
keyingi (so‗nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi, ya‘ni bu yerda haqiqiy soliq 


100 
to‗lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga 
ustama ravishda qo‗yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqa-
rilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovarlar ko‗p 
bo‗lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda 
ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi 
korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni 
investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan 
oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, 
byudjetga to‗lovlarni ham kamaytirishi mumkin. 
Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini 
kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‗lgan 
aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‗g‗ri soliqlar stavkasini 
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‗proq mahsulot ishlab chiqarishni 
ko‗paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‗g‗ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil 
qilish mumkin. Masalan: AQShda to‗g‗ri soliqlar salmog‗ining byudjet daromadida 
90 foizga yaqin bo‗lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotganidan 
darak beradi. 
Egri soliqlar tarkibiga qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona boji, yer 
osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish