O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TIZIMI



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

9-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TIZIMI
REJA:
9.1. Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari 
9.2. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi 
9.3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibi va tuzilishi 
 
Tayanch so„z va iboralar:
davlat byudjeti daromadlari; milliy daromad; milliy boylik; 
soliq; iqtisodiy kategoriya; soliqqa tortish obyekti; oborotdan olinadigan 
soliqlar; daromaddan olinadigan soliqlar; mol-mulk qiymatidan olinadigan 
soliqlar; bevosita va bilvosta soliqlar; umumdavlat va mahalliy soliqlar; 
majburiy to„lovlar; bojxona bojlari; soliqsiz daromadlar. 
 
9.1. Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari
Jahonning turli mamlakatlarida har xil sabablar bilan ijtimoiy-iqtisodiy 
inqirozlar yuz berayotgan hozirgi davrda O‗zbekistonda puxta o‗ylangan soliq-
byudjet siyosati mamlakatimizning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlari sari dadil odimlab 
borishiga xizmat qilmoqda. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulot o‗sishi 8 foizdan 
kam bo‗lmayotganligi, davlat byudjetining profitsit bilan ijro qilinayotganligi ham 
mamlakatimizda yuritilayotgan fiskal siyosatning oqilona ishlab chiqilgani va 
samarali amalga oshirilayotganining yana bir isbotidir.
Rivojlanishning navbatdagi ustuvor yo‗nalish va vazifalarini samarali bajarish-
da davlat byudjeti ham muhim dastak-vosita sifatida faol ishtirok etadi.
Ma‘lumki, davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va 
uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda ishtirok 
etadi.
Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida byudjet daromadlari 
shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir 
qismi bo‗lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag‗lari 
fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) 
munosabatlarni o‗zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining 
ixtiyoriga kelib tushadi. 
Davlat byudjeti daromadlari – 
davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassa-
salar va aholi o‗rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan 
vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar 
davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‗lmasa, 
davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. 
Milliy boylik
deganda ma‘lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‗lgan, hozirgi va o‗tgan 
avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne‘matlar hamda kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmui nazarda 
tutiladi.


97 
Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga 
o‗tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul 
emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash 
va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning asosiylari 
bo‗lib hisoblanadi. Bu usullar o‗rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo‗yicha 
turlicha bo‗lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-
qarshiliklarning o‗tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli 
bilan belgilanadi. 
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. Ular 
yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli mamlakatlar 
markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-95 foizni tashkil 
etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi 
tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi: 
-
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy boyligi 
manbalarining tugashiga olib kelmasligi; 
-
soliqlar ularni to‗lovchilar o‗rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi; 
-
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatmasligi; 
-
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 
-
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‗lishi; 
-
soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi. 
Davlat byudjeti daromadlarining amal qilish mexanizmi haqida so‗z borar 
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to‗xtalish maqsadga muvo-
fiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma‘ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda ―davlat byudjeti 
daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir‖, degan bizning nazarimizda 
birmuncha noto‗g‗ri bo‗lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat byudjeti 
daromadlarining asosiy manbai bo‗lib mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy 
daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‗larni jalb qilish 
quroli esa soliqlardir.
Soliqlar
majburiy pullik to‗lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu 
munosabatlar soliq to‗lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z 
mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‗rtasida sodir bo‗ladi. Korxona va 
tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli 
xizmatlarni ko‗rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham 
pul to‗lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham soliq 
munosabati bo‗la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan yalpi 
ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‗li bilan majburan davlat 
byudjetiga mablag‗ to‗plash jarayonini amalga oshiradi. 
Soliqlar davlat byudjetiga, davlatning boshqa maqsadli jamg‗armalariga kelib 
tushadigan, majburiy harakterga ega bo‗lgan pul munosabatlaridir. Shuningdek, 
soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu 
jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti erkin 
iqtisodiyotdir, ya‘ni har bir yuridik shaxs, tadbirkor o‗z tovariga erkin baho 


98 
belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va iste‘molchini o‗zi topib, 
unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ular daromadlarining bir 
qismini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq shaklida 
daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi organning qarori zarur, ya‘ni 
qonuniy asosda undirilgan to‗lov byudjetga o‗tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida 
soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo‗ladi, demokratik to‗lovga aylanadi. 
Soliqlar iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, soliq munosabatlarini tashkil etishda 
soliq to‗lovchilar va davlat o‗rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning 
iqtisodiy manfaatlarini albatta e‘tiborga olish zarur. Davlat soliq to‗lovchilar 
daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning ma‘lum 
chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat, soliq to‗lovchilarning mahsulot ishlab 
chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi tomondan, 
soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish 
va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to‗plash uchun 
foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi 
doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‗z ifodasini topadi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish