O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi

olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan 
oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, 
mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha 
sohalarini erkinlashtirishdan iborat.
 


55 
Mazkur yo‗nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni 
yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‗limlardan iborat. Xususan, ―Iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish va liberallashtirish‖ deb nomlangan yo‗nalish yaqin va o‗rta 
istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi: 

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlarini saqlab qolish;

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish;

qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;

iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‗yicha institutsional va tarkibiy 
islohotlarni davom ettirish;

xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada 
kuchaytirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗batlantirish;

hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiy ettirish;

investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish. 
Yuqorida sanab o‗tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-soliq siyosatida ham 
muayyan o‗zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda 
mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi 
turmush farovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari 
mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq 
solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma‘murchiligini takomillashtirish 
borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro‗yobiga qaratilgan. 
Ma‘lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag‗batlantirish, davlat byudjeti 
barqarorligini ta‘minlash maqsadida har yili Byudjet-soliq siyosatining asosiy 
yo‗nalishlari qabul qilinadi. Xususan, 2018-yilga mo‗ljallangan soliq-byudjet 
siyosatining asosiy yo‗nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy 
to‗lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini 
mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag‗lardan oqilona 
foydalanish hamda byudjetga tushumlarning to‗liqligini ta‘minlash belgilangan. Soliq 
siyosatida amalga kiritilgan o‗zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq 
to‗lovchilarga har tomonlama ko‗maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar 
profilaktikasining ta‘sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga va soliq 
to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy 
uslublarni joriy etishga, soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning 
kamayishiga, davlat byudjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri 
hisoblanishi, o‗z vaqtida va to‗liq hajmda tushishi ta‘minlanishiga xizmat qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‗zining O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida byudjet tizimini qayta ko‗rib chiqish, 
byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq-oshkora bo‗lishini 
ta‘minlash zarurligini ta‘kidlagan edi. Zero, davlat va jamiyat boshqaruvidagi 
ochiqlik, mamlakat byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi shaffoflik chinakam 


56 
xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy 
demokratik davlat qurishning muhim shartidir. Ushbu holatlar mamlakatimizda yaqin 
va o‗rta istiqbolga mo‗ljallangan byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‗nalishlarini 
ishlab chiqishda inobatga olingan. Natijada 2020–2024-yillarda davlat moliyasini 
boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‗nalishlari etib 
quyidagilar belgilandi
36


soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‗rta 
muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning 
yangi ―natijaga yo‗naltirilgan byudjet‖ tizimini joriy etish;

makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta‘minlash bo‗yicha institutsional 
salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas‘uliyatini oshirish; 

byudjet mablag‗larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda 
ularning mas‘uliyatini kuchaytirish;

fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar 
hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish; 

byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini 
takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

byudjet ma‘lumotlarining ochiqligi, to‗liqligi va xalqaro standartlarga 
mosligini ta‘minlash; 

byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet-soliq sohasida bo‗layotgan yangiliklar, byudjet-
soliq qonunchiligidagi o‗zgarishlar mamlakati-mizda ishlab chiqarish, biznes 
subyektlari va tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, 
aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga 
xizmat qiladi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish