O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

7.2.
 
Byudjetlararo munosabatlarning shakllari 
O‗zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Byudjet kodeksi‖ning yigirmanchi 
bobi ―Byudjetlararo munosabatlar‖ deb nomlanadi va bu bobda quyidagilar o‗z akchini 
topgan:
Byudjetlarning darajalari o‗rtasida daromadlar va xarajatlarni o‗tkazish, 
daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat byudjetini ijro etish 
jarayonida Kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi byudjetlarning 
daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko‗paytirishga olib keladigan 
hollarda o‗zaro hisob-kitoblar bo‗yicha mablag‗larni ajratish yoki olib qo‗yish orqali 
majburiy tartibda amalga oshiriladi. Budjetlararo transfertlar subvensiyalar, o‗tkazib 
beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, budjet ssudasi o‗zaro hisob-kitoblar bo‗yicha 
mablag‗lar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar 
shaklida amalga oshiriladi.
Byudjetlararo transfertlarning shakllari. 
Byudjetlararo transfertlar subventsiyalar, 
o‗tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi va o‗zaro hisob-kitoblar 
bo‗yicha mablag‗lar shaklida amalga oshiriladi. 
Budjetlararo transfertlarning hajmlari:

joriy moliya yilida turli darajadagi budjetlar daromadlari va xarajatlari 
o‗zgarishiga sabab bo‗luvchi qonunchilik hujjatlari qabul qilinganda;

tegishli barcha soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗liq tushishidan 
hamda budjetdan ajratiladigan mablag‗larning o‗zlashtirilishidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi.
Yuqori turuvchi moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi budjet quyi 
turuvchi budjet oldidagi budjetlararo transfertning bir shakli bo‗yicha majburiyatlari 
quyi turuvchi budjetning yuqori turuvchi budjet oldidagi budjetlararo transfertning 
boshqa shakli bo‗yicha majburiyatlarini kamaytirish evaziga hisobga olinishi 
mumkin. 
Subventsiyalar. 
Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi 
va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni 
amalga oshirish uchun ajratiladi. 

41
A.Vaxobov, X.Jamolov. Soglasovanie mejbyudjetnix otnosheniy. «Moliya» / T.;2002 g. 




70 
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga 
beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Davlat budjeti to‗g‗risidagi qonun loyihasi 
qabul qilinayotganda belgilanadi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar 
budjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 
tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlari to‗g‗risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi. 
Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori 
turuvchi budjetga qaytarilishi kerak. 
O„tkazib beriladigan daromadlar. 
Tegishli ma‘muriy-hududiy birliklar 
hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi budjetga o‗tkaziladigan daromadlar 
ular qaysi ma‘muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‗lsa, o‗sha ma‘muriy-
hududiy birlik budjetiga o‗tkazib berilishi mumkin. 
O‗tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi: 

O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga 
— Davlat budjeti to‗g‗risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda; 

Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar 
budjetlariga — Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‗g‗risidagi qarorlar qabul 
qilinayotganda tasdiqlanadi.
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga 
tushumlari o‗tkazib beriladigan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular 
tomonidan to‗lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‗mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlaridan tumanlar va shaharlar budjetlariga tushumlari o‗tkazib 
beriladigan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‗lanadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari 
tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq 
boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi. 
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga o‗tkazib beriladigan 
daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi budjetga tushishi lozim bo‗lgan 
daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. 
O‗tkazib beriladigan daromadlarni o‗tkazish ular bo‗yicha haqiqatda tushgan 
tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‗lmagan miqdorda 
amalga oshiriladi. 


71 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish