O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

4.4. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi 
huquq va majburiyatlari 
Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda mahalliy 
davlat hokimiyati organlari alohida o‗rin egallaydi. 1993-yil 2-sentyabrda qabul 
qilingan ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi № 913-XII-son O‗zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq, ―Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga 
bo‗ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari‖
30
hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun 
umumiy bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda 
qonunlar, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori 
turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O‗zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‗zini-
o‗zi boshqarish organlari o‗rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni 
boshqarishga jalb etishni ta‘minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‗zini-o‗zi boshqarishni 
rivojlantirishga ko‗maklashish asosida o‗zini-o‗zi boshqarish organlarining 
faoliyatini yo‗naltirib turadilar.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta‘minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish jarayonlari 

30
―Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida‖gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1-modda. 




44 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet 
Kodeksi, Tegishli yil uchun Davlat byudjeti tug‗risidagi qonun hujjatlari asosida 
belgilanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‗ra, mahalliy hokimiyat 
organlari ixtiyoriga ―mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy 
soliqlar, yig‗imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish‖
31
vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi 
faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o‗rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik 
hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari 
turlicha bo‗lib, ular avvalo ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi Qonunda 
belgilangan. 
O‗zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy 
hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi 
rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning 
moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning salmog‗i 
oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog‗liq, ya‘ni markaziy 
hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani saqlash, ishchi 
kuchini qayta tayyorlash bilan bog‗liq vakolatlarni joylarga berib bormoqda. 
Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir etishda keng 
foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada davlatning maqsadga 
muvofiq vazifalarini tobora ko‗proq bajarmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi 
Qonunining 7-moddasiga muvofiq, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi 
va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy 
tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda 
mavjud bo‗lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk 
tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, 
shahar hokimi mutloq O‗zbekiston Respublikasi mulkida bo‗lgan davlat mulki 
obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, 
tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, 
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari 
viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o‗zlari idora 
qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun 
O‗zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va 
xo‗jalik faoliyatini erkin yuritishga to‗siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga 
haqli emaslar‖. 
Yuqoridagi Qonunning 8-moddasiga muvofiq esa ―Xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o‗ziga berilgan yoki 
qonunlarga muvofiq o‗zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini 
to‗liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-
mulki, mahalliy byudjetlarning mablag‗lari va byudjetdan tashqari jamg‗armalarning 
mablag‗lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega 
bo‗lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxona va 

31
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda


.


45 
birlashmalar, xalq ta‘limi, sog‗liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, fan va madaniyat 
muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag‗lari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib 
olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan 
qimmatli qog‗ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo‗lishi 
mumkin‖
32

Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta‘limi, sog‗liqni saqlash, madaniyat va sport 
muassassalari, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, kam ta‘minlangan oilalarga 
nafaqalar berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi Qonunning 8
1
-moddasida
33
Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg‗armalar tashkil 
etishi mumkinligi belgilab qo‗yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi: 
-
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan byudjet 
tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va xayriyalari; 
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag‗lar. 
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari 
jamg‗armalarining mablag‗lari shaxsiy g‗azna hisobvaraqlarida turadi, olib 
qo‗yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko‗ra 
sarflanadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, amaldagi ―Mahalliy davlat hokimiyati 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan 
bo‗lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yuzaga keladigan dolzarb 
muammolarni hal qilishda ijobiy rol o‗ynadi. Shu bilan birga, ushbu qonun qabul 
qilingan davrdan beri markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining 
ham normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan o‗zgartirildi va qayta 
tashkil etildi. Shu sababli ushbu qonunga bir qator o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar 
kiritish va uni takomillashtirish zarurati yuzaga keldi. Yangi qonun loyihasining 
asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
va 
boshqa 
qonunlariga 
mos 
ravishda 
muvofiqlashtirishdan iborat. Umuman olganda, qonun loyihasida quyidagi 
yo‗nalishlarda o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilishi ko‗zda tutilgan: 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari va vakolatlari; 

Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan saylanishi tizimi; 

Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlarining 
moliyaviy 
imkoniyatlarini 
kengaytirish; 

Hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning faoliyatini baholash; 

Xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, ichki ishlar organlari 
rahbarlarining hisobotlarieshitilishi; 

32
―Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida‖gi Qonunning 8-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 


avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni
 
tahririda - O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda) 
33
8
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonliQonunigaasosan kiritilgan (O‘R 
QHT, 2013 y., 52-son, 686-modda) 


46 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari, 
jumladan,hududning rivojlanish strategiyasi, mahalliy byudjet, fiskal nomarkazlash-
tirish mexanizmlarini joriy etish; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat organlari (O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, 
o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari) bilan o‗zaro munosabatlari. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-bob, 27-
moddasi bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining, 28-moddasi 
bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa hududiy moliya 
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo‗yilgan.
Kodeksning tegishli moddasiga ko‗ra, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i 
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
Kengashlari
34

-
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy 
byudjetlarini, 
tumanlar 
va 
shaharlar 
byudjetlarini 
tegishincha 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, 
tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‗rib chiqadi va 
qabul qiladi; 
-
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi 
to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining 
taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‗rib chiqadi va tasdiqlaydi; 
-
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning stavkalarini qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi. 
Byudjet 
Kodeksining 
tegishli 
bob 
va 
moddalarida 
hududiymoliyaorganlariningbyudjetsohasidagivakolatlari 
(30-modda), 
mahalliy 
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet tizimi bo‗g‗inlari 
o‗rtasida taqsimlash tartiblari belgilab berilgan. 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o‗zgarishlar, 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, ―Mahalliy davlat 
hokimiyati to‗g‗risida‖gi 913-XII-sonli Qonunga qator o‗zgartirishlar kiritilishi, har 
moliyaviy yil uchun O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti 
parametrlari to‗g‗risida‖gi Qarorlarida davlat byudjetining shakllanishi va ijro etilishi 
bo‗yicha norma va tartib-taomillarning o‗zgarishi bilan davlat byudjeti va byudjet 
munosabatlarini tashkil etishninghuquqiyasoslari takomillashib bormoqda. Bu 
holatlar davlat byudjeti amal qilishini yangi sifat pog‗onasiga ko‗tardi va byudjet 
resurslarining chegaralanganligi sharoitida butun mamlakatni va uning alohida 

34
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 27-modda. O‘RQHT, 2014 y., 36-son, 452-modda 




47 
hududlarini 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishda 
davlat 
byudjetidan 
samarali 
foydalanish, barcha darajadagi byudjetlar daromadlarining barqarorligini va 
xarajatlarining oqilona ijrosini ta‘minlash masalalariga yangicha talablarni 
qo‗ymoqda. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish