O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 O„zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, mazmuni va ahamiyati



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

4.2. O„zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, mazmuni va ahamiyati 
Ma‘lumki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh 
qilishning asosiy yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 2000 yil 14 dekabrda ―Byudjet 
tizimi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri 
o‗tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida bir qator o‗zgarishlar sodir bo‗ldi, 
ular: 

davlat byudjeti ijrosi g‗aznachilik tizimining joriy etilishi; 

bir qator davlat maqsadli jamg‗armalari va boshqa nobyudjet fondlarining 
tuzilishi va amal qilishi; 

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‗shimcha mablag‗larni jalb 
qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; 

byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; 

yangi tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va 
amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog‗liq bo‗lib, byudjet qonunchiligini 
yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi hamda ―Davlat byudjetining 
g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan 
normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida o‗z aksini 
topdi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab amalga kiritilgan 
yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada 
mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet 
mablag‗laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim 
etish sifatini oshirishga qaratilgan. 
Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini 
shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat 


38 
tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini 
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul 
qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks: 
-
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish 
asoslarini; 
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning 
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalaridaromadlarini shakllantirish 
va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat 
byudjeti 
tuzilmasiga 
kiruvchi 
byudjetlar 
o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida 
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi. 
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi, 
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy 
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‗g‗inlari 
o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet 
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni tashkil 
qilish va ular mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan. 
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib 
chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‗lgan ziddiyatlarni 
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil 
etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini 
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. 
Byudjet Kodeksining alohida boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari, 
byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet 
tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari kabilar belgilab 
berilgan. 
Xalqaro tajribada Byudjet kodeksi – ma‘lum bir mamlakat byudjet tizimining 
asoslarini, uning tuzilishi, umumiy prinsiplarini, turli darajadagi byudjetlar va 
ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo munosabatlarni, 
byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi qonun 
hujjati hisoblanadi.O‗zbekistonda mazkur Kodeks mamlakatimizning mustaqillik 
davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan o‗n oltinchi kodeks bo‗lib, u 
ko‗pqirrali moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiluvchi Bojxona va 
Soliq kodekslaridan keyin qabul qilingan byudjet-moliya sohasiga taalluqli bo‗lgan 
uchinchi kodeksdir. 


39 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish