O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
4.1-jadval 
MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to„g„risida ma‟lumot 
№ MDHdavlatlari 
Byudjet kodeksining mavjudlik holati 
1. 
Armaniston 
mavjud emas 
2. 
Belorussiya 
mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan 
3. 
Moldaviya 
mavjud emas 
4. 
Ozarbayjon 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
5. 
Rossiya 
mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan 
6. 
Tojikiston 
mavjud emas 
7. 
Turkmaniston 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
8. 
Ukraina 
mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan 
9. 
Qozog‗iston 
mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan 
10. Qirg‗iziston 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
11. O‗zbekiston 
mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan 
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha o‗zgartirishlar va yangiliklar ilg‗or xalqaro 
tajribani o‗rganish asosida joriy etilgan bo‗lib, ularda mamlakatimiz byudjet 
tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‗zda tutilgan. 
4.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati 
Mamlakatimizda 
kechayotgan 
iqtisodiy 
jarayonlar, 
tadbirkorlar 
va 
ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish 
borasidagi yengilliklar, kichik biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar soliq 
mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 
2007-yilgacha amalda bo‗lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo‗lib, soliq 
munosabatlarini tartibga solishda kodeks bilan birga ko‗pgina yo‗riqnoma, nizom va 
tartiblar ham qo‗llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‗zgartirishlar kiritilishi va 
soliq normalarining boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi 
muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin qilinishiga 
olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to‗lovchilarning haqli e‘tirozlariga sabab 
bo‗lardi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisida soliq 
siyosati va soliq tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma‘qullanib, Prezident 


41 
tomonidan imzolanganidan so‗ng, 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. 
Kodeksda ko‗zda tutilgan me‘yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va soliq 
munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va mutanosib 
rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilgan. 
―O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va 
samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‗lgan hollarda 
esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda 
Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi 
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini 
takomillashtirish bo‗yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo‗mitasi tomonidan o‗tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va ekspertlar 
tomonidan berilgan takliflar bo‗lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq 
kodeksining 79 ta moddasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan edi. 
2008-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda 
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‗armalariga 
to‗lash, shuningdek, soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq munosabatlarni 
tartibga solish uchun xizmat qildi. Kodeks 64 ta bob, 392 moddadan iborat bo‗lib, u 
oʻsha davrda soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me‘yor va qoidalarni 
mujassamlashtirdi va to‗g‗ridan to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, 
yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari va 
qarorlarida bayon etilgan normalar to‗liq ifodasini topdi. 
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va 
manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati ortdi. Unga muvofiq, soliqqa tortish 
masalalarida bahsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‗lovchi foydasiga hal 
etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud bo‗lmagan) soliq 
to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya‘ni soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlaridagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar 
soliq to‗lovchi foydasiga talqin etiladi va bu Soliq kodeksining tamoyillarida alohida 
belgilab qo‗yildi. 
Soliq kodeksiga muvofiq, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlari soliq solishning 
majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‗g‗risidagi 
qonun hujjatlarining oshkoraligi va yuqorida ta‘kidlanganidek, soliq to‗lovchining 
haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarining qoidalari Kodeksda belgilangan ushbu prinsiplarga zid bo‗lishi mumkin 
emasligi belgilandi. 
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma‘murchiligi masalalariga 
bag‗ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o‗zgartirildi va 
kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo‗lishi uchun soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, jismoniy 


42 
shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta‘riflar berildi. 
Endilikda barcha soliq to‗lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to‗layotganliklari 
to‗g‗risida to‗liq va kengroq tasavvurga ega bo‗ladilar, bu esa, o‗z navbatida, soliq 
madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me‘yor va qoidalarni 
mujassamlashtirgan, to‗g‗ridan to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylantirilganligi bois, 
uning amalga kiritilishi munosabati bilan o‗z ahamiyatini yo‗qotgan bir qator qonun 
hujjatlari butunlay bekor qilindi. ―Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarni undirib olish to‗g‗risida‖gi, ―Davlat boji to‗g‗risida‖gi, ―Patta 
to‗lovi to‗g‗risida‖gi qonunlar shular jumlasidandir. 
Lekin keyingi yillarda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-
iyuldagi ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga 
qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning 
qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorijiy mamlakatlarning soliq 
qonunchiligi 
va ma‘muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‗or yutuqlarini 
implementatsiya qilish ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2018-yil 
13-fevralda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Soliq qonunchiligini tubdan 
takomillashtirish bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoyishi qabul 
qilindi. Farmoyishda Soliq ma‘muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy 
usullarini, soliqlarning to‗liq yig‗iluvchanligi va byudjetga o‗z vaqtida tushishi 
ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini 
yanada takomillashtirish, byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida 
bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-
aprelga qadar O‗zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi loyihasini, ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyulga qadar O‗zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta‘minlash 
belgilandi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririni 
ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi.
Natijada Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi ―Oʻzbekiston 
Respublikasining Soliq kodeksiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi 
OʻRQ–599-son Qonuni bilan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinib, 2020-yil 1-
yanvardan boshlab amalga kiritildi. Ushbu qonunning 4-moddasida metodologik 
nuqtayi nazardan muhim bo‗lgan quyidagi qoidalar belgilab berilgan: Oʻzbekiston 
Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan 
tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan 
imtiyozlar 2020-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi; 2020-yilning 1-yanvarigacha 
qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar 
amal qiladi. Yagona ijtimoiy to‗lov, yagona soliq to‗lovi va qat‘iy belgilangan soliq 
o‗rniga tegishlicha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qat‘iy 


43 
belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i kiritildi, 
ularning to‗lovchilariga qonun hujjatlarida ilgari belgilab qo‗yilgan imtiyozlar va 
alohida hisoblash tartibi tatbiq etiladigan bo‗ldi; 2020-yildan boshlab soliq stavkalari 
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yil uchun Davlat byudjeti to‗g‗risidagi Qonuni 
hamda Soliq kodeksining moddalarida belgilab qo‗yilgan qoidalar asosida o‗rnatiladi. 
Ushbu Soliq kodeksining qabul qilinishi soliqlarning uslubiy asoslarni hamda davlat 
moliyasini tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishda muhim asos bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal 
sur‘atlar bilan o‗sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta‘minlashga 
qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va 
fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni 
davom ettirishda huquqiy asos bo‗lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va soliq 
munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va mutanosib 
rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini yanada kuchaytirish, yurtimizda 
islohotlarni amalga oshirish uchun ilg‗or zamonaviy soliq solish tizimiga mos 
keladigan, byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror ravishda 
ta‘minlaydigan hamda iqtisodiy o‗sishga ta‘sirchan omil bo‗ladigan samarali soliq 
tizimi barpo etilishini ta‘minlaydi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish