221
tabaqalashtirilgan bazaviy tarif stavkasi asosida aniqlanadi. O‗quvchilar soniga ko‗ra
esa maktablar to‗rtta guruhga ajratilgan.
Ta‟lim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq to„lash
xususiyatlari.
Maktab o‗quv-yordamchi va ma‘muriy-xo‗jalik
xodimlari ish haqlari
shtatlar jadvali va lavozim okladlari sxemasi asosida aniqlanadi. Umumta‘lim
maktablari rahbar xodimlari, ma‘muriy-xo‗jalik, o‗quv-yordamchi va boshqa
xodimlar shtati umumta‘lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan va amalda bo‗lgan
namunaviy shtatlar asosida shakllantiriladi. Mazkur
namunaviy shtatlarda direktor,
direktor o‗rinbosarlari, xo‗jalik mudiri, ish yurituvchi, katta yetakchi,
kutubxona
mudiri, kutubxonachi kabi lavozimlar bo‗yicha maktablardagi sinflar sonidan kelib
chiquvchi shtat me‘yorlari keltirilgan. Ayrim lavozimlar soni (masalan, harbiy
rahbar,
laborant, to‗garak rahbari va sh.k.) sinflar soniga ko‗ra, ayrimlari – o‗t
yoquvchi, isituvchi, ko‗cha supuruvchi, qorovul, farrosh kabilar –
maktab binolari,
inshootlarning texnik xarakteristikalari, isitish tizimi va tozalanadigan maydonning
o‗lchamlariga ko‗ra,
bir guruh lavozimlar, masalan, injener-dasturchi – maktabda
jihozlangan kompyuter xonalari(sinflari)ning mavjudligiga ko‗ra o‗rnatiladi.
Umumta‟lim maktablarining o„rnak ko„rsatgan xodimlarini rag„batlantirish-
ningDirektor jamg„armasi mablag„larini rejalashtirish.
Bu kod bo‗yicha umumta‘lim
maktablarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor
jamg‗armasi mablag‗lari rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi. Mazkur Jamg‗arma
to‗g‗risidagi Nizom O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-
dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan bo‗lib,
unga muvofiq, Direktor
jamg‗armasi mablag‗lari ―umumtalim muassasalarining o‗quv-tarbiya jarayoniga
katta shaxsiy hissa qo‗shayotgan, o‗z kasbiga
sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori
kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli o‗qituvchilarni rag‗batlantirish, shuning-
dek, umumta‘lim muassasalari xodimlariga bir martalik mukofotlar to‗lash va
moddiy yordam ko‗rsatishga (favqulodda hollarda) yo‗naltiriladi.‖
Direktor jamg‗armasi mablag‗lari har bir umumta‘lim muassasasining
xarajatlar smetasida nazarda tutiladi, ular byudjet tasnifining 41 10 000 - ―Ish haqi‖
kodi tarkibiga 41 11 210 - ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan
xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi mablag‗lari‖ kodi bo‗yicha
kiritiladi. Mazkur kod bo‗yicha xarajatlar maktab bo‗yicha hisoblangan mehnat haqi
fondining 15 foizi doirasida rejalashtiriladi. Lekin har bir byudjet yili uchun Direktor
jamg‗armasining foizlarda aniqlangan aniq miqdori
Moliya vazirligi tomonidan
davlat byudjeti parametrlarini ishlab chiqish chog‗ida byudjet tasnifining 7 090 000 -
―Ta‘lim‖ 200 tegishli paragraflari bo‗yicha mehnatga haq to‗lashga mo‗ljallangan
byudjet xarajatlari hajmidan kelib chiqqan holda o‗rnatiladi va respublikaning barcha
umumta‘lim maktablari uchun yagona bo‗lib hisoblanadi.
IV guruh ―Boshqa xarajatlar‖ barcha byudjet tashkilotlari uchun o‗rnatilgan
tartiblarda amalga oshiriladi.