58
gruntga qoqilganidan so’ng ularning tepa uchlari o’rnatmalarda xuddi shunga
o’xshab mahkamlanadi.
Qoziq-oyoqlarning
to’g’ri
loyihaviy
holatini
ta’minlash
uchun
yo’naltiruvchi konduktor, yordamchi metall karkasi vositasida qoqiladi.
Qoqilgan qoziq-oyoqlarning balandlik bo’yicha ortiqcha tepa qismlari olib
tashlanadi (beton perforatorlar bilan qo’poriladi, armatura esa avtogen bilan
shunday qirqiladiki, bunda qoziq-oyoq hamda armaturaning uchlarini beton
vositasida o’rnatmada mahkamlash imkoni bo’lsin). Loyihalar tomonidan
hisobiy oralig’i 5,5; 8,7 va 10,8 m bo’lgan oraliq qurilmalarni o’rnatish ko’zda
tutilgan. Bitta oratayanch ustida uzunliklari har xil bo’lgan oraliq qurilmalarni
o’rnatishda qurilish balandliklaridagi farq o’tkazuvchi fermaostilik (9)
tomonidan kompensatsiyalanadi (2.28,a,v-rasm). Estakada ko’priklarida kichik
og’irlikli (ko’pi bilan 10 t) elementlar xillarining kamligi, shuningdek turli
uzunlikdagi ko’priklarda qo’llaniladigan sxemalarning soddaligi tufayli
zavodda yasash uchun qulay, montaj qilishda murakkab emas hamda yaxshilab
ishlanganida foydalanishda ishonchlidir.
Ko’tarma balandligi 4...5 m dan ortiq bo’lganida ham oraliqlari 16 m gacha
bo’lgan qoziq-oyoqli ko’priklar taxminan xuddi shu sxema bo’yicha quriladi
(2.29,a-rasm). Ularning tayanchlarida qoziq-oyoqlarning soni ko’paytirilgan
bo’lib, balandlik oshib borgan sari vertikal qoziq-oyoqlarga ba’zan qiya qoziq-
oyoqlar qo’shiladi. 2.29,b-rasmda shunga o’xshash ko’prikning montaj qilingan
tayanchlari ko’rsatilgan. Bu yerda qoqilgan qoziq-oyoqlar rostvergining
o’rnatmasi mejen suvlari (past suv sathi) gorizonti yoki grunt yuzasi sathida
joylashtirilgandir
. Тayanch ustunlarining ushbu rostverk ustidagi past qismi
shunga o’xshash, yuqori muz ko’chishi sathigacha bir-birining ustiga
joylashtirilgan sidra sharparak teshiklarga ega bo’lgan o’rnatma-plitalarga tiqib
mahkamlangan. Plitalar bir vaqtning o’zida tayanchlarning ustunlarini mo’z
ko’chkisidan muhofazalaydi. Bu yerda ham oddiy oraliq qurilmalar qo’llaniladi,
biroq, qovurg’ali ikki bloklilari ishlatiladi. Ularni tayanchlarning elementlari
kabi zavodda tugallangan ko’rinishda yasaladi. Shunga o’xshash tayanchlar
tajriba tariqasida oralig’i 66 m gacha bo’lgan oraliq qurilmalar uchun bunyod
qilinadi (2.30-rasm). Bunday oraliqlar ko’pincha metall to’sin hamda
temirbeton ballast koritali oraliq qurilmalar yoki qatnovi pastdan bo’lgan
sharparak fermali butkul metall oraliq qurilmalar vositasida yopiladi.
Ballast koritali oraliq qurilmalar (2.31-rasm) butunlay metalldan qilingan
emas, chunki temirbeton koritasi oraliq qurilmalar tepa belbog’larining
tarkibiga ajralmas qism bo’lib kiritilgan, ularning kesimi asosiy qismini tashkil
etadi. Shuning uchun, korita va ballast evaziga doimiy yukning 10% ga
ortishiga qaramay, metallning sarfi anchagina qisqaradi (44 m li oraliq uchun
metall konstruksiyalarning og’irligi 141 t o’rniga 90 t, ya’ni bunday korita
mavjud bo’lmaganida va qatnov ko’ndalang bruslar uzra bo’lganidagiga
qaraganda 35% ga kamroqdir). Buning ustiga ballast koritasi ko’ndalang bruslar
59
uzra qo’yiladigan polotnodan farqli ularoq kapitalroqdir.
2.29-rasm. Oraliqlari 16 m gacha bo’lgan qoziq-oyoqli-estakada ko’prigi:
a – ko’prikning sxemasi;
b – ko’tarma balandligi 10
m dan yuqori bo’lganidagi
montajlangan tayanchlar
2.30-rasm. Oralig’i 66 m gacha bo’lgan
oraliq qurilmalar uchun yig’ma
tayanchlar
2.31-rasm. Ballast koritasiga ega bo’lgan 73
m li oraliq qurilma:
a – ko’ndalang qirqim;
b – plitani mahkamlash uchun tepa belbog’dagi tiramalar;
60
v - oraliq qurilmani bloklarga bo’lish
Amaldagi turkumiy loyihalar bo’yicha temirbetonli sidra yaxlit to’sinlar
oraliqlarning ortib borishi sayin sezilarli og’irlashishi tufayli 33 m gacha
oraliqlar bilan chegaralangandir. Тutash va konsol to’sinlarda birmuncha
yengillashishga erishiladi, biroq, ular temir yo’l ko’priklarda keng
qo’llanilmaydi. Тemir yo’l ostiga qo’yiladigan konstruksiyalarning ichida
sharparak fermalar, shuningdek arkli tizimlar yirik oraliqlarni qoplashga
hammadan ko’proq mos keladi. Ular uchun ham, boshqalari uchun ham yig’ma
konstruksiyalarning bir necha turi mavjud, oldindan zo’riqtirilgan temirbeton
keng ishlatiladiganlari shular jumlasidandir.
Oralig’i 55 m li fermali oraliq qurilma (2.32-rasm) tayyor elementlardan
yig’ilgan. Gau fermasidagidek, bu yerda siqilgan kashshak (raskos)lar
tugunlarning tagligiga tiralgan, cho’zilgan shokila(podveska)lar (Gau
fermasidagi tortgichlarning o’rniga) esa, xuddi belbog’larning elementlari kabi,
metall ustamalar va boltlar vositasida belbog’larga biriktirilgan. Ushbu fermada
temirbeton oraliq qurilmaning og’irligi katta bo’lganligi tufayli qaytarma
kashshaklar talab qilinmaydi. Fermalarning cho’zilgan elementlari – shokilalar,
pastki belbog’lar, shuningdek egilishga ishlaydigan ko’ndalang va bo’ylama
to’sinlar armaturasi betonlashgacha zo’riqtirib yasalgan. Siqilgan elementlar
(tepa belbog’lar, kashshaklar), shuningdek bog’lanishlar ham zavodda oddiy
temirbetondan yasalgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: