19-§. Orfografiya (imlo)
40
Orfografiya grekcha orphos ( to‘g‘ri ) va grapho (yozaman) so‘zlaridan
tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Jamiyatning har bir a’zosidan to‘g‘ri so‘zlay olish va savodli yoza bilish
talab etiladi. O‘quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida
kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo‘lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu
nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning
yozma shakliga xos bo‘lib, u tildagi o‘zak-negiz va qo‘shimchalarni yagona tarzda
to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar yig‘indisidir. Kirill grafikasi asosidagi imlo
qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‘limlarni o‘z
ichiga olgan:
1. Ayrim harflar imlosi;
2. O‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi;
3. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari imlosi;
4. Bo‘g‘in ko‘chirilishi;
5. Bosh harflarning yozilishi.
1995-yil 24-avgustda lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining imlosiga
doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat:
1.
Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi.
2.
Asos va qo‘shimchalar imlosi.
3.
Qo‘shib yozish.
4.
Ajratib yozish.
5.
Chiziqcha bilan yozish.
6.
Bosh harflar bilan yozish.
7.
Ko‘chirish qoidalari.
Oldingi imlo qoidalari bilan hozirgi imlo qoidalari o’rtasida quyidagi ayrim
o’zgarishlar mavjud:
1) juft so’zlar orasida bog’lovchi bo’lib kеlgan yuklamalar o’zi bog’langan
so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: dost-u dushman, kecha-yu kunduz;
2) yil, oyni ko’rsatuvchi raqamlardan kеyin ham chiziqcha qo’yiladi: 1995-yil
24-avgust, 1993- yil 2-sentabr;
3) kirilchadagi ц harfi so’z boshida va oxirida s harfi bilan bеriladi: цирк –
sirk, абзац – abzas. So’z o’rtasida unlidan kеyin ts harfiy birikmasi, undoshdan
kеyin esa s harfi bilan bеriladi: лицей – litsey, акция – aksiya.
4) -ga qo’shimchasi g’ tovushi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda
morfologik yozuv bo’yicha asliga muvofiq yoziladi: bog’+ga= bog’ga, tog’+ga=
tog’ga.
5) oldin shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yozib kеlingan juda ko’p chеt tili
so’zlari endilikda fonеtik yozuv bo’yicha yoziladigan bo’ldi (bu o’zgarish asosan
tarkibida ё, ю, я harflari qatnashgan so’zlarga tеgishlidir) : sentabr (сентябрь),
oktabr (октябрь), budjet (бюджет), rejissor(режиссёр), likor (ликёр).
6) ayrim so’zlar esa oldin fonеtik yozuv bo’yicha yozilgan bo’lsa, yangi alifboda
morfologik yozuvga ko’ra yoziladigan bo’ldi: ertalabki emas ertalabgi.
41
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va
differensiatsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik
tamoyillar o‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |