27
M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh
tovush bo‘lib, so‘zning boshida
(mehr, mo‘ylov, mulk), o‘rtasida
(omon, umr) va
oxirida
(tom, bodom, qadam) kela oladi.
P tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib,
so‘zning boshida
(pilla, po‘choq, parda), o‘rtasida
(opa, qipiq, to‘piq) va oxirida
(
cho‘p, top, sop) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxirida bu tovush
deyarli
uchramaydi.
F tovushi - lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, faqat
o‘zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning boshida
(faqir,
oftob, fabrika), o‘rtasida
(qofiya, iffat, kofe) va oxirida
(sarf, urf) kela oladi. Ba’zi
so‘zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi:
foyda > poyda, Farida > Parida.
Bunday o‘zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.
11-§. Til undoshlari
T tovushi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘zning
boshida
(to‘ti, tuxum), o‘rtasi
(katta, vatan) va oxirida
(savat, qavat, harakat) kela
oladi. O‘zbek milliy tilining o‘g‘uz lahjasiga mansub shevalarda
t ba’zan
d ga
o‘tadi:
tuz > duz, o‘t > o‘d kabi. Bu o‘tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o‘zlashtirigan so‘zlardagi qo‘sh
undoshlar tarkibidagi t tovushi talaffuzda ko‘pincha tushib qoladi:
g‘isht > g‘ish,
pastqam > pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o‘zgarish yozma nutqda aks
etmaydi.
D tovushi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘zning
boshida (devor, do‘kon, dala), o‘rtasida (shabada, sodda, to‘da) va oxirida (qasd,
hudud, gard ) kela oladi. So‘z oxirida kelgan
d tovushi talaffuzda hamma vaqt
jarangsizlashadi va
t tovushiga o‘tadi:
Asad>Asat, Samarqand>Samarqant,
Xo‘jand>Xo‘jant kabi. Bu tovush ham o‘zlashma so‘zlar tarkibidagi qo‘sh
undoshlar ichida kelganda tushib qolishi mumkin:
farzand>farzan, baland>balan.
N tovushi til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh
tovush bo‘lib, so‘zning boshida (nom, nima, nusxa), o‘rtasida (aniq, tiniq) va
oxirida (un, to‘n, son) kela oladi. Bu tovush ayrim so‘zlar tarkibida
b yoki m
tovushlaridan oldin kelganda, shu tovushlar ta’sirida talaffuzda (yozuvda aslicha
yoziladi) m tovushiga o‘tadi:
manba>mamba, tanbal>tambal, ko‘nmadi
>ko‘mmadi kabi.
S tovushi til oldi, sirg‘aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh tovush bo‘lib,
so‘zning boshida
(soat, semiz, sabr), o‘rtasida
( asar, mustaqil, osma) va oxirida
(tus, mos, tovus) kela oladi. Bu tovush o‘zbek tilidagi eng faol qo‘llanadigan
tovushlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: