Ona tili darslik



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   542
Bog'liq
ona tili

 
 
 
 
 
4-§.   Ajratilgan izohlovchilar 
 
Izohlovchilar ko‘pincha ajratilgan bo‘ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin 
kelib, maxsus ohang bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Siz, Sunnatillo, o‘zingiz juda 
aqlli,  o‘zi  uzoqni  ko‘radigan  odamsiz.  (S.Soliev).  Ko‘rimsizgina  jangchi  –  Ali 
tajang  ...  kelib  o‘zbekcha  cho‘kkaydi.  (Oybek).  Minbarni  institutni  oldinroq 
bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov).  
 
5-§.   Ajratilgan hollar 
 
Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo‘ladi: 
I. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar. 
II. Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan hollar. 
Oborot shaklidagi ajratilgan hollar o‘z navbatida uchga bo‘linadi: 
1. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 
2. O‘xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 
3. Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 
Ravishdosh  oboroti  shaklidagi  ajratilgan  hollar.  Ravishdosh  o‘ziga  oid 
so‘zlar bilan kengayib keladi va bunday qurilma ravishdosh oboroti deb yuritiladi. 
Ravishdosh  oboroti,  odatda,  ajratilgan  bo‘ladi.  Masalan:  Odamlar,  qondan 


 
 
215 
to‘kilgan  yong‘  oqday  gurr  etib,  hamma  vagonlardan  baravariga  perronga 
yopirilishdi. (T.Po‘lat). 
Ravishdosh  oboroti  shaklidagi  ajratilgan  hollar  ish-harakatning  bajarilish 
holatini,  paytini,  shartini,  sababini  va  shu  kabi  ma’nolarni  ifoda  etadi.  Masalan: 
Bola, olmani eb bo‘lgach, hola cho‘pni qo‘liga oldi. (A.Muxtor). 
O‘xshatish  oboroti  shaklidagi  ajratilgan  hollar.  –day,  -dek  qo‘shimchasini 
olib kelgan so‘zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan: Bu zavoda, hamma 
zavodlardagidek, oshxonada ilg‘ orlar stoli alohida. (A.Qahhor). 
Ko‘makchili  qurilma  oboroti  shaklidagi  ajratilgan  hollar.  Ko‘makchili 
qurilma  shaklidagi  hollar  kesimdan  uzoqda  kelib,  o‘zlariga  oid  so‘zlar  bilan 
kengayib, gapning boshqa bo‘laklaridan ajratilishi mumkin. Bunda qurilma qarshi, 
singari, kabi, tufayli, yarasha, holda kabi ko‘makchilar bilan shakllanadi. Masalan: 
Nozik, oppoq bilagini daraxtga cho‘zgan holda, qorayib pishgan shotutdan og‘ziga 
tashlar ekan, tebrandi. (H.G‘ulom). 
Ko‘makchili  qurilma  oboroti  shaklidagi  ajratilgan  hollar  turli  holatni, 
o‘xshatishni ifodalaydi. 
Oddiy  gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan hollar  o‘zidan oldin kelgan  holning 
ma’nosini  izohlaydi.  Uning  so‘rog‘i,  vazifasi  izohlanayotgan  holning  so‘rog‘i  va 
vazifasiga teng bo‘ladi. Bunda ko‘pincha payt va o‘rin hollari ajratiladi. 
Ajratilgan  o‘rin  holi:  Qishloqdan  bir  qir  narida  -  behisob  qizg‘aldoqlar 
dalani  qizartirib,  xiyol  chayqalib  turgan  joyda  -  hulkar  o‘t  o‘rardi.  (P.Qodirov). 
Oyko‘l  qishlog‘ining  o‘rtasida,  buloq  bo‘yida,  usta  Qambar  bilan  Norboy  ota 
shunaqa ustundan uchtasini tiklashgan. (P.Qodirov).  
Ajratilgan  payt  holi:  Ertaga,  yigit,  seni  kuzatganim  zahoti,    orqamga 
qaytaman. (P.Markov). 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish