Ona tili darslik


-§.  Gapning his-hayajon ifodalash-ifodalamasligiga ko‘ra turlari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   542
Bog'liq
ona tili

4-§.  Gapning his-hayajon ifodalash-ifodalamasligiga ko‘ra turlari 
 


 
 
179 
Gaplar emotsionallikka ko‘ra ikki xil bo‘ladi:                    
1) his-hayajonsiz gaplar, 2) his-hayzjon  yoki undov gaplar. 
Xabar-darak,  so‘roq,  buyurish  ohangsiga  ega  bo‘lgan  gaplar  emotsional 
bo‘lmagan  gaplardir.  Yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  gaplarning  barchasi,  ya’ni  darak 
gap, so‘roq gap va buyruq gaplar emotsional bo‘lmagan gaplarni tashkil qiladi. 
His-hayzjon    gaplar,  yoki  undov  gaplar  kuchli  his-hayajon  bilan  ifoda 
qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon ohangi, ohangi bilan talaffuz 
etiladi. 
Darak,  so‘roq,  buyruq  gaplar  his-hayajon  bilan  aytilsa,  undov  gapga 
aylanadi.  Shunga  ko‘ra  undov  gaplarning  darak-undovgap,  so‘roq-undov  gap, 
buyruq-undov gap turlari yuzaga keladi. 
Darak-undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, o‘rtoq! (O‘.H.) 
So‘roq-undov gap: Bu gaplardan so‘ng menga ko‘ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.). 
Buyruq-undov  gap:  Yo‘qolgan  pichoqning  sopi  oltin  bo‘lavermasin!-  dedi 
Davlatbekov. (P.Q.). 
Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi:  
1)  turli  his-tuyg‘ularni:  shodlik,  quvonch,  taajjub,  afsuslanish,  hayratlanish, 
g‘azab  va  shu  kabilarni  bildiruvchi  ohang  yordamida.  Masalan:  Odamlar  bilan... 
yashash,  ishlash,  do‘stlashish,  yordamlashish  va  yordam  olish  naqadar  yaxshi! 
(CH.Aytmatov).  Aya,  ayajon,  shu  ham  gapmi!  (A.Q.).  Ayam  bilan  xollam  yo‘lga 
nima  pishirsak  ekan  deb  maslahat  qilib  o‘tirishibdi!  (A.Q.).  Yillar,  yillar  o‘tdi! 
(A.Q.). Kecha g‘ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); 
2)  undov  so‘zlar  yordamida.  Masalan:  E,  u  gaplar  o‘tdi-ketdi-da!  (P.Q.). 
Obbo,  noshudlar-ey!-  dedi  Ortiq  qo‘ziga  achinib.  (P.Q.).  Ha,  barakalla!-  dedi 
keksa ishchi. (A.Q.). O‘h-o‘h-o‘h! CHuchvarak-ku... Hay-hay, og‘izda erib ketadi-
ya!.. (A.Q.); 
3)  yuklamalar  yordamida.    Masalan:  Nahot,  Mavloningiz jiyanining to‘yiga 
kelmasa!  (A.Q.).  ...  birpas  tinch  qo‘ymaydi-ya!-  deb  bolalarini  koyidi.  (P.Q.). 
Boyaqishlar selda qoldi-yov!-  deb Suyunboy aka qoyatoshning  kamaridan  chiqdi. 
(P.Q.). 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish