177
1. Darak gap
Borliqdagi hodisalar haqida tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar qiluvchi gap
darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko‘p
qo‘llanadi.
Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo‘ladi. Darak gap
darak ohangi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko‘tariladi,
ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan:
Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko‘kda,
daraxtlar ustida g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi
hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi. (O.).
Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe’l bilan yoki
fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.
Darak gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: