Ona tili darslik


GAP  1-§.  Gap va uning belgilari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   542
Bog'liq
ona tili

GAP 
1-§.  Gap va uning belgilari   
 
Sintaksisda  o‘rganiladigan  asosiy  sintaktik  birlik  gap  hisoblanadi.  Gap  – 
kishilar nutqining eng kichik birligi bo‘lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, 
mazmun  va  ohang  jihatdan  nisbiy  tugallikka  ega  bo‘lgan  so‘zlar  bog‘lamasi  yoki 
yakka  so‘zdir.  Aloqa  birligi  bo‘lmish  gap  fikrni  ifodalash  va shakllantirish  birligi 
hamdir.  Shunga  ko‘ra  gap  kommunikativ  (aloqa  qilish)  va  kognitiv  (fikr 
ifodalash)  vazifalarni  bajaradigan  nutq  birligi  sanaladi.  Gapning  mazkur 
xususiyatlari uni so‘zdan va so‘z birikmasidan farqlaydi. 
Gapning quyidagi asosiy belgilari  mavjud: 
1.  Gapning  ko‘pgina  turlari  mantiqiy  hukm  bilan  chambarchas  bog‘liq. 
Hukmda  esa  biror  narsa  haqida  nimadir  tasdiqlanadi  yoki  inkor  etiladi  va  aynan 
ana shunda predikativlik o‘z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan 
biri  predikativlikdir.  Predikativlik  gap  mazmunining  obyektiv  borliqqa  bo‘lgan 


 
 
176 
munosabatini  ifodalaydi.  Predikativlik  ifodalovchi  grammatik  vositalar  mavjud 
bo‘lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir. 
Predikativlik,  odatda,  so‘zlarning  predikativ  aloqaga  kirishuvi  bilan,  ya’ni 
ega-kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand. 
Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo‘lak bilan ham ifodalanishi mumkin. 
Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik. 
2.  Gapda  bayon  qilinayotgan  fikrga  so‘zlovchining  munosabati  ham 
ifodalanadi.  Bunday  munosabat  modallik  deb  yuritiladi.  Anglashiladiki,  gapning 
asosiy  belgilaridan  biri  modallik  hisoblanadi.  Modallik  (tasdiq,  inkor,  gumon, 
shubha kabilar) mayl kategoriyasi, modal so‘zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali 
ifolanadi. 
3.  Gap  ohang  (ohang)  jihatdan  tugallikka  ega  bo‘ladi.  Ohang  ham 
predikativlik,  modallik  belgilari  singari  gapni  so‘z  birikmasidan  chegaralashga  
xizmat  qiladi.  Ohang,  birinchidan,  so‘zlar  bog‘lanmasi  yoki  yakka  so‘z  gapni 
shakllantirganini  ko‘rsatsa,  ikkinchidan,  gapning  tugallanganligini  ifodalab,  uni 
boshqa  gapdan  ajratib  turadi.  Ohangning  xabar,  so‘roq,  buyruq  va  boshqa  turlari 
farqlanadi. 
4.  Gap  mazmun  jihatdan  ham  nisbiy  tugal  bo‘ladi.  Uning  tugal  fikrni 
ifodalashi ma’lum sharoit bilan bog‘liqdir. 
Shunday  qilib,  predikativlik  (gap  mazmunining  borliqqa  munosabati), 
modallik  (so‘zlovchining  aytilayotgan  fikrga  munosabati),  ohang  jihatdan  
shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari 
sanaladi. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish