178
So‘zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap
buyruq
gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi:
1. Buyruq, do‘q-po‘pisa. Masalan:
Taqsir, ... bitta surat chizib bering.
(P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga
ham ota, ham ustozlik qiladi, o‘g‘lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov.). – Sen
darsingga o‘tir, qizim, - buyruq qildi u YUlduzga, - sen Qunduz, Temirjonga
darrandayu parrandalaringni ko‘rsat. (J.Abdullaxonov.).
2. Iltimos, yalinish, istak. Masalan:
Oshiqmang, bo‘ladi. Faqat iltimos
qilamanki, bo‘tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq
solguvchilar paydo bo‘lib, biror ishkallikni o‘ylab topmasinlar. Institutimiz
rahnamolari bu maqsadga uncha ro‘yixushlik bermayotganlarini unutmang.
(J.Abdullaxonov).
3. Maslahat. Masalan:
Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo‘q, toylog‘im,-
deb qoldi professor, - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang.
(J.Abdullaxonov). Keling, institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan
bog‘lash imkoniga ega bo‘ling avval. (J.Abdullaxonov).
Buyruq gapning ko‘pgina ma’nolari ohang orqali anglashiladi.
Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: 1) buyruq
ohangi; 2) ko‘pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi; 3) gapga
buyruq jilvasini qo‘shadigan maxsus so‘zlar
(keling, kel, yaxshisi, iloji bo‘lsa va
boshqalar).
Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko‘ra farqlanadi:
1. Buyruq gapning kesimi ko‘p hollarda buyruq-istak maylidagi fe’l bilan
ifodalanadi. Masalan:
Och odamning ustidan kulmang.
Etishmasa ishga qurbati,
Xunukkina qizlarni siylang,
Go‘zal bo‘lar ular siyrati.
Birovlarning haqqin eganni
Dasturxonga yo‘lata ko‘rmang.
Rostni ko‘rib yolg‘ on deganning
Kosasini to‘lata ko‘rmang. (A.Oripov).
2. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan:
Iloji
bo‘lsa, uzoq kutdirib qo‘ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo‘lsa, marhamat
qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov).
3. Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l
bilan ifodalanishi mumkin. Masalan:
Professor haliginday takror qo‘l siltadi: -
Raddiyani uning o‘ziga yozdirasiz, bo‘tam. (J.Abdullaxonov).
4. Buyruq gapning kesimi vazifasida fe’ldan boshqa so‘zlar ham kelishi
mumkin. Masalan:
Uztoz Ali! Oldinga! (P.Q.). Bobur uning so‘nggi yillarda
o‘rgangan chavandozlik mashqlaridan ko‘rsatmoqchi ekanini sezdi. - Qani, qani,-
dedi maroq bilan. (P.Q.). Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan, bir imtihon
qilib ko‘ring. -Qani, qani! (P.Q.). Orqadan kimdir: «E, bas, bas!» deb qichqirdi.
(P.Q.).
Do'stlaringiz bilan baham: