Ona tili darslik


 -§.    To‘liqsiz fe’llar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   542
Bog'liq
ona tili

11 -§.    To‘liqsiz fe’llar 
 
Mustaqil  holda  ish-harakat  ma’nosini  ifodalamay,  turli  fe’l  shakllaridan 
so‘ng  (keng  ma’noda  ot  bilan)  qo‘llanib,  faqat  grammatik  modal  ma’no 
ifodalaydigan  fe’llar  to‘liqsiz  fe’llar  deyiladi.  To‘liqsiz  fe’llarga  edi  (-di),  ekan  (-
kan),  emish  (-mish)  kabi  fe’l  shakllari  kiradi.  YOzar  edi  –  yozardi,  yozar  ekan  – 
yozarkan,  yozar  emish  –  yozarmish  kabi.  Bu  fe’llar  aslida  bir  e  (arxaik  er)  fe’l 
negizining turli shakllari bo‘lib, ular hozir ayrim-ayrim so‘z sifatida tushuniladi. 
To‘liqsiz  fe’l  sifatdosh,  ravishdosh  va  harakat  nomi  bilan  birikib,  fe’l 
zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To‘liqsiz fe’llar 
edi, ekan, emish turlicha modal ma’nolar ifodalaydi: 
1)  edi  to‘liqsiz  fe’li  qatnashgan  fe’l  shaklida  ta’kidlash,  eslatish,  hikoya, 
davomiylik,  takror  kabi  ma’nolarni  bildiradi:  Bo‘shagan  erlarning  bag‘  rini 
pluglarning o‘tkir tig‘lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). SHu kuni endi ko‘chaga 
chiqib  edi...  (M.Ismoiliy).  Ular  bir  partada  o‘tirishar,  birga  dars  tayyorlashar, 
maktabni  bitirgandan  keyin  qaerga  o‘qishga  borish  haqida  maslahatlashar,  xayol 
surishar edi (S.Zunnunova). 
2)  ekan  to‘liqsiz  fe’l  qatnashgan  shakllarda  o‘tmishda  yuz  bergan  voqea-
hodisaning so‘zlovchiga keyinchalik ma’lum bo‘lganligi va uning davomi ekanligi 
anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap o‘tmagan ekan (A.Qahhor). 
3)  emish  to‘liqsiz  fe’li  esa  noaniqlik,  gumon,  eshitilganlik  ma’nolarini 
bildiradi:  O‘zgarmagan,  ammo  negadir  ikkovining  ham  bo‘yi  juda  uzun  bo‘lib 
ketgan emish (S.Ahmad). 
To‘liqsiz fe’llar boshqa so‘z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot 
kesim  tarkibida  kelib,  bog‘lama  vazifasini  bajarib,  tuslovchi  affikslarni  oladi:  Uy 
kichkina, lekin yorug‘  va toza edi (O.) 
Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi. 
Bunday  shakl  orqali  harakatning  davomliligi,  takrorlanib  turishi,  tugallanganlik, 
harakatning  voqe  bo‘lishiga  turlicha  munosabat  (befarqlik)  kabi  modal  ma’nolar 
anglashiladi:  ayta-ayta,  borib-borib,  aytsa-aytar,  uchadi-ketadi,  kelsa-kelibdi, 
ishlasa-ishlasin kabi. 
 
 
Fe’l tahlili namunasi 
1. So‘rog‘i.  
2. Bo‘lishli yoki 
bo‘lishsizligi.  
3. O‘timli yoki 
o‘timsizligi.  
4. Nisbati.  
5. SHaxs-soni   
8. To‘liq yoki to‘liqsizligi. 
9.  Etakchi,  ko‘makchi 
fe’llar aniqlanadi. 
10. Vazifadosh 
(xoslangan) shakllari.  
11. Tuzilish turi.  
12. Tub yoki yasamaligi.  


 
 
144 
6. Zamon turi.  
7. Mayl turi.  
13. Gapdagi sintaktik 
vazifasi 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish