Ona tili darslik



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   542
Bog'liq
ona tili

2. Sintaktik usulga ko‘ra ikki (ba’zan undan ortiq) so‘z asosi birikishi bilan 
yangi  so‘z  qo‘shma  fe’l  yasaladi.  Masalan:  Borlig‘imizni,  boyligimizni, 
qadriyatlarimizni  dunyoga  ayon  qilmoqdamiz  (I.Karimov).  Sustkashlik  oson  ishni 
mushkullashtiradi,  qiyin  ishni  esa,  chorasiz  bir  ahvolga  olib  keladi  (Tafakkur 
gulshani).  Bu  misollardagi  ayon  qilmoqdamiz,  olib  keladi  fe’llari  sintaktik  usul 
bilan yasalgan qo‘shma fe’llardir. 
Qo‘shma  fe’llarning  qismlari  qaysi  so‘z  turkumidan  tuzilishiga  ko‘ra  ikki 
turga  bo‘linadi:  1)  ot+fe’l  qolipidan  qo‘shma  fe’llar.  Bunday  fe’llarda  birinchi 
qism  fe’ldan  boshqa  so‘z  turkumlari  (ot,  sifat,  undov,  taqlid)dan  tuzilib,  ikkinchi 
qismi  fe’l  bo‘ladi:  javob  bermoq,  qo‘l  qo‘ymoq,  nazar  tashlamoq,  xursand 
bo‘lmoq,  xafa qilmoq,  oh urmoq,  yalt  etmoq  kabi. 2)  fe’l+fe’l qolipidan qo‘shma 
fe’llarning  har  ikala  qismi  fe’llardan  tuziladi:  olib  chiqmoq,  sotib  olmoq,  yutib 
olmoq, ola kelmoq kabi. Bunday qo‘shma fe’llarning birinchi qismi –b (-ib), -a (-y) 
qo‘shimchasi  bilan  yasalgan  ravishdosh  shaklida  keladi,  tuslovchi  qo‘shimchalar 
ikkinchi qismga qo‘shiladi. 
Fe’l+fe’l qolipidagi qo‘shma fe’llar kam miqdorni tashkil etadi. 
Qo‘shma  fe’llarning  har  bir  qismi  o‘z  leksik  ma’nosini  saqlagan  holda, 
birgalikda  bitta  murakkab  harakat  tushunchasini  anglatadi.  SHu  jihatdan  qo‘shma 
fe’llar  ko‘makchi  fe’lli  so‘z  qo‘shilmalaridan  (analitik  shakllardan)  farqlanadi, 
chunki bunday fe’llarda leksik ma’no uning birinchi qismi bilan ifodalanib (etakchi 
qism),  ikkinchi  qismi  esa  (ko‘makchi  fe’l)  unga  (etakchi  qism  ma’nosiga) 
qo‘shimcha  modal  ma’no  qo‘shadi:  aytib  ko‘r,  olib  tur,  ko‘rib  chiq  kabi 
qo‘shilmalarda  aytib,  olib,  ko‘rib  qismi  etakchi,  ko‘r,  tur,  chiq  qismlari  esa 
ko‘makchi fe’ldir. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish