Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar
Atmosfera havosi 2 usul bilan ifloslanishi mumkin:
1. Tabiiy (biologik) usulda.
2. Sun’iy (antropogen) usulda.
Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog’ingarchiliklar, tabiiy
ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari,
atmosfera havosi tarkibigiga o’simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO
2
,
NO
2
, SO
2
), uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar),
koinotdagi gazlar va chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo’shiladi. Atmosfera
havosining bunday ifloslanishiga tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, yiliga koinotdan 1 mlrd t dan ortiq turli xil gaz va
chang zarrachalari atmosfera havosiga kelib qo’shiladi. Bundan tashqari, Er yuzida 500
dan ziyodroq doimiy otilib turuvchi vulqonlar mavjud bo’lib, ularning har biridan yiliga
75 mln t gacha turli xil iflosliklar va changlar atmosfera havosiga qo’shilib turadi. YOki
Orol dengizi sohillarining chekinishi tufayli vujudga kelgan 3,5 mln gektardan ziyodroq
dengiz tubining tuzli maydonidan yiliga 100 mln t dan ortiq chang va tuz zarrachalari
atmoefera havosiga qo’shilmoqda. Bularning barchasi tabiiy holda vujudga keladi.
Ammo shu erda bir narsani yodda saqlash kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi tabiiy
changlarniig ma’lum bir miqdori Erda sodir bo’ladigan barcha fizikaviy, kimyoviy va
biologik jarayonlarning kechishi uchun katta ahamiyatga ega. Atmosfera havosi
42
tarkibidagi changlar suv bug’lari uchun kondensasiya yadrosi hisoblanadi va
yog’ing’archiliklarni vujudga keltirib turadi. Ular Quyosh nurlarini yutib, tirik
organizmlarni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi, SHuning uchun, atmosfera havosi
tarkibidagi changlar ma’lum darajada uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi va
atmosferada kechadigan barcha hodisa va jarayonlarni tartibga solib turadi.
Atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbalari quyidagilardan iborat:
1. Sanoat korxonalari.
2. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari.
3. Avtotransport vositalari.
4. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari.
5. Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari.
Atmosfera havosining sun’iy (antropogen) usulda ifloslanishi inson faoliyati bilan
chambarchas bog’liqdir. Sanoat korxonalari, qurilish, energetika tarmoqlari, qishloq
xo’jaligi, konchilik va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalaridan chiqadigan zararli
gazlar, bug’lar, changlar, bakteriya va mikroblar atmosfera havosini sun’iy
ifloslantiradi.
Atmosfera havosiga chiqariladigan iflos moddalarning asosiy qismini zaharli
gazlar (SO
2
, SO
2
, NO
2
), uglevodorodlar, chang, qurum, metal birikmalari tashkil yetadi.
Ular ko’pincha organik moddalar va yoqilg’ilarni yondirish paytida vujudga keladi.
Har yili atmosfera havosiga 200 mln t chang, 210 mln t SO
2
, 300 mln t
qo’rg’oshin birikmalari va qurum, 700 mln t SO
2
chiqariladi. Qurum tarkibida 1,5-2,0%
benzoprin va dioksin kabi kanserogen moddalar mavjud bo’lib, ular nafas olish yo’llari
orqali inson organizmiga kirib, rak kasalligini keltirib chiqaradi.
Yoqilg’i (ko’mir yoki mazut) bilan ishlaydigan bitta elektr stansiyasi atmosfera
havosiga sutkasiga o’rtacha 1,2 t SO
2
, 1,5 t NO
2
, 3-4 t SO
2
va 10 t dan ziyodroq kul,
chang va qurum chiqaradi. Toshkent GRES i 60% tabiiy gaz va 40% suyuq yoqilg’i
bilan ishlab, sutkasida 154 ming m
2
oltingugurt va 200 ming m
2
azot oksidini havoga
chiqarmoqda. Toshkentdagi ―Kompressor‖ zavodi soatiga 400 ming m
3
turli xil gazlarni
atmosfera havosiga chiqaradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Fransiyaning birgina
―Elektisitel` Frans‖ issiqlik elektr stansiyasida bir oyda 51 ming t ko’mir yoqiladi.
Natijada kuniga stansiya dudburonlaridan 33 t sul`fit angidrid gazi va 250 t kul va
qurum havoga chiqadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, texnologik jarayonlarning uzluksiz kechishi
uchun kislorodning roli nihoyatda kattadir. Masalan, 1 t cho’yan olish uchun 150 m
2
, 1 t
po’lat olish uchun 35-70 m
2
va 1t asetilen olish uchun esa 3600 m
2
kislorod sarflanadi.
Atmosfera ifloslanishida tog’-kon sanoati, maishiy-kommunal xo’jaligi va
qishloq xo’jaligi tarmoqlarining ulushlari ham nihoyatda kattadir. Masalan, Toshkent
shahridan bir sugkada 20 mln m
3
ishlangan, iflos va tarkibida 4% SO
2
bo’lgan gazlar
atmosfera havosiga chiqariladi.
CHorvachilik korxonalari atmosfera havosini changlar, gazlar (NN
3
, SO
2
, SO
2
,
SN
4
), uglevodorodlar va xususan, yuqumlik kasalliklarni tarqatuvchi mikroblar va
bakteriyalar bilan ifloslantiradi. Masalan, 100 ming bosh qora molga mo’ljallangan
ferma atmosfera havosiga 1 sutkada 50-200 kg NH
2
, 10-15 kg gacha oltingugurtli
vodorod (N
2
S), 0,3-2,0 t gacha chang va 1,5 mln gacha turli bakteriyalar chiqaradi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, sanoati taraqqiy etgan, transnort va energetika
43
tarmoqlari rivojlangan, qishloq xo’jaligi kimyolashtirilgan va zamonaviy mashinalar
bilan ta’minlangan, aholining ko’payishi va urbanizasiya jarayoni ko’chayotgan bizning
asrimizda atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik
qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |