Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug‘iladi. “Fitrat” Abduraufning
adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z tug‘ma tabiat, tug‘ma iste’dod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi
o‘zbek, onasi tojik bo‘lgan. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug‘ullangan, dindor, o‘qimishli shaxs
bo‘lib, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko‘rgan.
Fitratning onasi Mustafbibi nozikta’b, savodli ayol bo‘lib, farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan asosan
u shug‘ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand — ukasi Abdurahmon va singlisi
Madbuba bo‘lgan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo‘lib yetishishlarini
uchun harakat
qilgan. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur
o‘rganadi.
Buxoroda jadidlar “Yosh buxoroliklar” nomi bilan ish olib bordi.
Fitrat mana shu harakatning rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini boshlarida
(birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908 yilda tuzilgan) yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy
hamda kambag‘allarning bolalarini o‘qitdilar.
Jadidlar
Orenburg, Qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari
orqali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor beradilar. Shu maqsadda 1909 yil 18 iyunda Buxoro yoshlari
“Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) nomli hayriya jamiyati tuzadilar. S.Ayniyning yozishicha “...
jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o‘quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Ikmoli tahsil
uchun Usmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li (1878—1968), uning birodari Atom Xo‘ja (1894—1938), Mazxar
Maxzum Burxon Maxzum o‘g‘li, Abdurauf Fitrat, Muqimbek Istambulga safar qildilar. Fitrat mazkur
talabalarning eng iste’dodlisi va eng fozili edi”.
Shunday qilib Fitrat 1909 yili 25 yoshida “Jamiyati hayriya”ning ko‘magida Turkiyaga o‘qishga
ketadi.
Fitrat 1916 yili “Oila” nomli falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tilida yozilib, S.Ayniyning
aytishicha Mirza Abdulvohidning xarajatlari hisobidan nashr etiladi. Asarda oilaviy
hayotning islohotidan
bahs yuritilib, adib najot yo‘llarini axtaradi.
1917 yili esa Bokudagi maorifchi do‘stlari yordamida o‘zining ibtidoiy maktablarning so‘nggi
sinflari uchun mo‘ljallab yozilgan, o‘zbek tilidagi “O‘quv” nomli kitobini nashr ettiradi. Bu kitob o‘sha
yillarda Buxorodagina emas, Samarqand, Toshkentda ham M.Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov
o‘quv kitoblari singari yangi usul maktablari uchun juda kerakli tarbiya kitobi bo‘lib qolgan edi.
1922—1923 yillarda Fitrat Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o‘zbek,
tojik va boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o‘quvchilarga metodik qo‘llanmalar
tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar maktablarini ko‘paytirishga, xotin-qizlarni
ma’rifatga tortishga alohida e’tibor berdi.
Fitrat 1923—1924 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi.
Leningrad Davlat dorilfununi 1924 yili Fitratga o‘zbek va tojik mumtoz
adabiyotlari namoyandalari
to‘g‘risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvonini beradi. Fitrat O‘rta osiyoning birinchi professori
bo‘lib tarixga kiradi. U “O‘zbek adabiyotidan namunalar” kitobida o‘nlab mumtoz adabiyotimiz vakillari
haqida ma’lumot beradi.
1925 yildan Fitrat turli madaniy-oqartuv, maorif va ilmiy-tadqiqot institutlarida ishlaydi.
O‘zbekistonda birinchi tashkil bo‘lgan Samarqand Pedakademiyasida, Fanlar komiteti qoshidagi Til va
adabiyot institutida, keyinchalik Toshkent Davlat pedagogika institutlarida sharq adabiyoti va tili,
tarixidan
yuksak saviyada dars beradi.
Professor Fitrat o‘sha yillardayoq dunyoga mashhur bo‘lgan olimlar akademik A.Samoylovich,
S.Malov, Ye.E.Bertelslar bilan hamkorlikda o‘zbek, tojik va boshqa millat sharqshunos, adabiyotshunos,
turkolog olim, muallimlar tayyorlash ishiga ham yaqindan yordam beradi. Bu sohada Fitrat to 1937 yil
qatag‘onga uchragunga qadar Yahyo G‘ulomov, Ibrohim Mo‘minov, Oybek, Xodi Zarifov, Izzat Sulton,
Homil Yoqubov, Rahim Hoshim kabi markaziy Osiyoning bo‘lg‘usi taniqli olimlariga bevosita yoki
bilvosita murabbiylik ham qilgan edi,
1934 yil O‘zbekiston Fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlariga
aylangan ilmiy muassasalarda o‘sha davrda taniqli
olimlardan Otajon Hoshim, G‘ozi Yunusov va
boshqalar bilan birga yosh adabiyotshunos hamda tilshunos olimlarga o‘zbek adabiyoti tarixi va fors tilidan
dars beradi. Sharq adabiyoti, tili, tarixining katta bilimdoni sifatida shuhrat topadi va shogirdlari qalbida
o‘chmas iz qoldiradi.
Yirik olim Fitratning o‘zbek va sharq adabiyoti tarixi xususida yozgan asarlari 20—30 yillardagi
Sharq adabiyotining bilimdonlari Ye.Bertels, I.Krachkovskiy, L.Klimovichlarning asarlari bilan yonma-
yon turadi. Fitrat hatto ularga ko‘rsatmalar bergan. Fitrat ularga ayrim qo‘lyozmalarning matnlarini
yetkazib bergan, o‘sha asarlarning o‘rganilish darajasini ko‘rsatib, tushuntirgan.
Mana shularning hammasi
uning xassos shoir, iste’dodli adib, dramaturg, publisist, chuqur ilmiy-tarixiy tadqiqotlar yozgan
adabiyotshunos olim, bir necha darsliklar muallifi, ulkan tarixchi ekanligini ko‘rsatib turibdi. Lekin 1937
yilga kelib Fitrat Fayzulla Xo‘jaev, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Cho‘lpon,
Elbek kabilar bilan birga
qatag‘on qurboni bo‘ldi. Ular “xalq dushmani” deb qoralanib, ularga “panturkizm” tamg‘asi bosildi.
Sud Fitratni 1938 yil 5 oktyabrda otishga hukm qiladi. Bu hukm bir kun oldin ijro etiladi.
Abdurauf Fitrat yirik davlat arbobi, taniqli tilshunos va adabiyotshunos olim, faylasuf, shoir,
dramaturg, publisist, geograf, matematik, tabobat va diniy ilmlar bilimdoni bo‘lishi bilan birga
O‘zbekistonda maktab va ta’lim-tarbiya rivojiga katta hissa qo‘shgan yetuk ma’rifatparvar
va mohir
islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: