2.2. Rim imperiyasidagi arxiv-kutubxonalar: Papirus, Konstantinopol va
Selsus arxiv-kutubxonlalari faoliyati
Apenin yarim oroli Yevropaning subtropik mintaqasiga kiradi. Iqlimi iliq,
yozi uzoq, issiq va quruq; O’rta dengiz bo’yiga xos doim yashil o’simliklar o’sadi.
Tekislik va tog’ oldi qismlarini madaniy landshaft tashkil etadi. Apennin yarim
orolida Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joylashgan.
109
Apennin yarim oroli Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqchlar mamlakati”) deb
dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli
janubi aytilgan. Apennin yarim oroli O’rtayer dengizining eng markazida
joylashgan bo’lib, qadimda qulay va iqlimi juda ham mo’tadil sharoitlarga ega
bo’lgan. Mil. avv I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim
zonasida bo’lib, Apennin yarim orolining qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq
edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lib, dengizchilik va
savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi,
faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning
unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lgan.
Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan:
108
Thompson J.W. Ancient Libraries. –California: “University of California Press”, 1940. –P. 55
109
https://uz.wikipedia.org/wiki/Apenninyarimoroli
61
1. Shimoliy (Liguriya, Alporti Galliyasi va Venetsiya);
2. O’rta (Etruriya, Latsiya, Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy);
3. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Brutiya).
Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelian tumanida Adriatika
dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismimarkaziy va janubiy
qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta Yevropa iqlimiga yaqinroq.
Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala
boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan
Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Mil. avv V asrda Po
vodiysiga gallar ko’chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib chiqara boshlaydilar va
bu ishni a’lo darajada uddalaydilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizalp galliyasi”
deb nom olgan.
Markaziy Italiyaning g’arbiy qismi madaniyat tarixida muhim rol o’ynadi. Bu
yerda etrusk (hozirgi Florensiya), lotin markazi Rim, Kampaniya (kapuya va
Neapol bilan) kabi uch tekislik yotadi. Bu yerda kemachilik uchun qirg’oqlari
qulay tabiiy portlar bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi.
Lotin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin,
sharqdan Alban, janubdan Volsk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida
lotin xalqlarining yuksalishiga sabab bo’ladi.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni
sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq
finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala)
shaharlariga asos soldilar.
Rimda ham tarixda yorqin iz qoldirgan ilm dargohlari, kutubxonalar talaygina
bop’lgan va Rimdagi kutubxonalarning boshqa mamlakatlardagi kutubxonalardan
umumiy jihatdan yana ikkita tomoni ham ajratib turgan, ya’ni kutubxonalarning
har birida ovoz chiqarib o’qish mumkin bo’lgan alohida xonasi bo’lgan hamda
kutubxonadagi har bitta kitobning, qo’lyozmaning lotin va yunon yozuvlaridagi
nusxalari mavjud bo’lgan. Buni Yuliy Sezar kelajak avlodni yanada intellektual
62
salohiyatini oshirish uchun joriy qilingan edi va Rimdagi har bir katta-kichik
kutubxonada bu farmonga amal qilinar edi.
110
Qadimgi Rim madaniyati. Rim huquqi antik sivilizatsiyaning eng katta
yutuqlaridan biri bo’lib, asrdan asrga yuridik tafakkurning klassik namunasi bo’ldi.
Rim huquqining manbalari odatdagi huquq, senat qabul qiladigan qonunlar,
magistratlarning ediktlari va yuristlarning faoliyati tashkil qilar edi. Rim tarixida
huquqiy normalarni kodifikatsiya qilish natijasida XII qonunlar jadvalini yaratilishi
bo’ldi.
Selsus Kutubxonasi Rim imperiyasi davrida qurilgan bo’lib, u Kichik
Osiyodagi Efesda, keyinchalik Onado’li deb atalgan, hozirgi kunda esa
Turkiyadagi Saljuq deb nomlanadigan qismida joylashgan. Efes asli qadimgi
Gretsiyaga tegishli bo’lgan. Efes antik shahri Izmirning janubida Menderes
daryosining dengizga tutashgan chorraxada joylashgan port shahridir. Efes shahri
Anadoluning Egey sohilidagi g’arbiy sohillarni o’z ichiga olgan Ioniyaning eng
ko’rkamli shaharlaridan biridir. Efes antik shahrida joylashgan yuzlab tarixiy
asarlar dunyo turizmi uchun katta ahamiyat kasb etadi. 1994-yili YUNESKO
tomonidan “Dunyo o’tkinchi” madaniy meros ro’yxatiga olindi Efes, 2015-yili
dunyo meros ro’yxatiga to’liq qabul qilindi.
111
Bu Rim Senatori, Efes shahrining
valine’mati, o’z zamonasining mashhur kishisi Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus
sharafiga taxminan milodiy 114-117-yillarda Selsusning o’g’li Gay Yuliy Priskilla
(milodiy 110-yildan konsul bo’lgan) tomonidan barpo ettirilgan. Kutubxonaning
qurib tugatilishiga oid turli xil manbalar bor, ba’zi manbaalarda kutubxona
qurilishi 114-yilda boshlanib 120-yilda o’z nixoyasiga yetgan
112
deyilsa, yana bir
boshqa ma’lumotda bino 110-yilda qurilishi boshlanib 135-yili tugatilgan
113
deyiladi, boshqa birida esa, inshoot qurilishi 125-yili tugatildi
114
deb ma’lumotlar
qoldirilgan. Bilim dargohi antik davr binolari ichida “Rim imperiyasining eng
110
Carole Raddato The Celsus Library: 20,000 Scrolls Lost to History but Its Striking Architecture Remains. –
Michigan: “University of Michigan Press”, 2016. –P. 65
111
www.trt.net.tr/uzbek/dasturlar/turkiyaning–madaniy–xazinalari
112
Mark Cartwright. Celsus Library. –Oxford: ”Library”, 2017. –P. 107
113
Nicols, John. Ephesus Library. –London: ”Planet”, 2017. –P. 5–8
114
Clive Foss. Ephesus After Antiquity: A Late Antique, Byzantine, and Turkish City. –Cambridge: “Cambridge
University Press”, 1979. –P. 134
63
chuqur taassurot qoldiradigan inshootlardan biri” edi. Selsus dastlab ochilgan
paytda 12.000 o’rog’liq hujjati, kitobi bilan faoliyatini boshlagan,
115
lekin qazish
ishlari natijasida 20.000 hujjatlar topilgan
116
yer ostida esa Selsus uchun maxsus
marmarlar bilan bezatilgan sarkofag joylashgan bo’lib, tabiiyki, u yerda Tiberius
Yuliy Selsus Polemaenusning mayyiti qo’yilgandi. 1904-yilda uning qabri ochildi,
sarkofag 2 qavat bo’lib, jasad 2-qavatidaligi va tobut qo’rg’oshindan ekanligi
ma’lum bo’ladi. Selsusning qabri kutubxonaning g’arbiy tomonidagi devor tagida
joylashgan. Ushbu yodgorlikning atrofi 1970-1980 yillarda qayta ta’mirlangan.
117
Selsus kutubxonasi antik davrdagi kutubxonalar ichida Aleksandriya va
Pergam kutubxonalaridan keyingi eng mashhur uchinchi katta kutubxona
hisoblanardi. Ammo Kutubxona mashhur uchinchi kutubxona bo’lsa-da, u yerning
boshqaruv tizimi haqida hozirga qadar deyarli hech qanday ma’lumotlar
topilmagan.
118
Kutubxona milodiy 262-yili kuchli zilzila oqibatida vayron bo’ladi (yana bir
boshqa ma’lumotlarga qaraganda, bir general shaharga hujum qilgan paytida
kutubxonani yoqib yuborgan). Keyin qayta tiklanadi va ammo X-XI asrlardagi
ketma ket 11-12 ballik zilzilalar oqibatida kutubxona butkul vayronaga aylanadi.
1970-1978-yillardagi arxeologik qazish ishlarigacha kutubxona vayronalar ostida
jimgina mudraydi.
Selsus kutubxonasida buyuk Aleksandr kutubxonasidan keltirilgan Aristotel
asarlarini, Eripides, Ayeschulus va Sofokllarning asarlarining nusxalaridan
ko’chirilgan kitoblar mavjud bo’lgan.
119
Selsus kutubxonasi tarixi. Selsus kutubxonasi dastlab bino milodiy 92-yili
Rim konsuli tomonidan bir mashhur va badavlat zodagonga jamoat binosi sifatida
qurib berishni topshiradi va u milodiy 105-107-yillr oralig’ida qurishni boshlab
yuboradi lekin oradan ko’p o’tmay zodagon vafot etadi va qurilish chala qoladi.
Zodagonning kelib chiqishi haqida gap ketganda, manbalarda u sof yunon bo’lgani
115
Mark Cartwright. Celsus Library. –Milan: “Routledge”, 2012. –P. 2–10
116
Swain, Simon . Dio Chrysostom: politics, letters, and philosophy. –London: “Oxford University Press”, 2002. –
P. 57
117
Richard Wallace, Wynne William. The three worlds of Paul of Tarsus. –New Zeland: “Routledge”, 1999. –P. 106
118
Nicols, John. Vespasian and the partes Flavianae. –Florence: “Steiner”, 1978. –P. 109
119
Too, Yun Lee. The idea of the library in the ancient world. –Oxford: ”Oxford University Press”, 2010. –P. 213
64
va Sardis shahridan ekanligi aytiladi. Uning vafotidan so’ng yuqorida
aytganimizdek, Tiberiusning o’g’li qurilishni nixoyasiga yetkazadi.
120
Kutubxona
Rim imperiyasiga qarashli bo’lgan. Rimda ko’plab hashamatli kutubxonalar
bo’lgan, Selsus ham ulardan biri edi lekin ulardan katta bir farqi, Selsus
kutubxonasi hamma uchun ochiq bo’lib, har qanday bilim olishga qiziqqan kishilar
foydalanishi mumkin bo’lgan, darhaqiqat, Rimdagi hashamdor kutubxonalar-
Gerkulanum yoki Geraklum Villasi (Papirus villasi kutubxonasi) kutubxonasidan
zodagonlar, ularning qarindosh-urug’lari, yaqinlari foydalana olishgan, xolos.
Balki, shu uchun ham ko’plab qismlari yo’qolib ketgan bo’lsa ham Selsusning
nomi abadiy qolgandir.
121
Kutubxona 262-yili zilzilada vayron bo’lganidan so’ng, (boshqa bir
ma’lumotga qaraganda, Efesga gotlar bosqin qiladilar va shaharga qo’shib
kutubxonani ham yondirib yuboradilar)
122
400-yili kutubxonaning old qismi juda
ham chiroyli qilib landshaftlar bilan bezatildi, yana bitta favvora ham qo’shib
xuddi avvalgi ko’rinishda tiklanadi.
123
Qazishmalar jarayonida favvora devori
Markus Aureliusning Parfiyaliklar ustidan qilgan g’alabasi tasvirlanganligi
aniqlandi. Ularning aksariyati hozir Venada namoyish etiladi, lekin bir necha
original qismlari Saljuqda Efes muzeyida ham saqlanadi.
124
Keyin yana X-XI
asrdagi halokat va... kutubxona mangu jim bo’lib qoladi, X asrda yana qayta zilzila
bo’ladi va binoning oldingi qismi batamom tushib ketadi,
125
toki 1970-1978-
yillarda nemis arxeologi Volker Maykl Strokka boshchilik qilib topmagunicha. U
arxeologik qazish ishlarini 1903-1904-yillarda Avstriya arxeologlari tomonidan
ko’p izlanishlar olib borishgan bo’lsa-da, hech bir natijaga erisha olmagan, bir
bo’lak topilgan parchani tarjima qilaolishmaganidan so’ng arxivga o’rganilmagan,
o’rganilishi ham dargumon bir fayl tarzida olib qo’yilgan, shu bilab birga,
120
Giacosa, Giorgio. Women of the Caesars: Their Lives and Portraits on Coins. –Milan: ”Edizioni Arte e Moneta”,
1977. –P. 164
121
Clifford Ando. Imperial Ideology and Provincial Loyalty in the Roman Empire.– California: “University of
California Press”, 2000. –P. 330
122
Clive Foss. Ephesus After Antiquity: A Late Antique, Byzantine, and Turkish City. –Cambridge: “Cambridge
University Press”, 1979. –P. 115
123
Lambert, Royston. Beloved and God: The Story of Hadrian and Antinous. –New York: “Viking”, 1984. –P. 10
124
Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –Spain: “Routledge”, 2013. –P. 10
125
Nicols, John. Ephesus Library. –London:”Planet”, 2017. –P. 15
65
kutubxona Avstriya Arxeologiya Instituti ko’magida qayta tiklangan va 1910-yilda
haykallarning asl nusxasi Venadagi Efes muzeyida ko’chirilgan
126
hamda Avstriya
arxeologlari tushuna olmaganlaridan bir qator elementlarini Vena va Istanbulning
boshqa muzeylariga berib yuborgan topilmalar asosida olim izlanishlar olib boradi.
Ko’plab qidiruvlar natijasida arxeolog bu yozuv parchasi va jamiiyki topilmalar
qaysidir bilim dargohiga tegishli ekanligini va kutubxona Rim me’morlari o’z
uslublarida qurgan binoligini, uni joylashgan o’rnini hamda bir necha bor qayta-
qayta halokatga uchraganini, kutubxona loyihasini esa Vitruviy tomonidan ishlab
chiqilganini, uning tavsiyasiga ko’ra, bino Quyosh chiqadigan tomonga qarab
qurilganligini aniqlaydi va eng so’ngida bu kutubxona Selsus kutubxonasi
ekanligini “kashf qiladi”.
Selsus kutubxonasining arxitekturasi. Selsus kutubxonasi Vitruviy (taxminan
milodiy 117-135-yillarda yashagan), Rimning eng mashhur arxitektori edi lekin u
haqida deyarli hech qanday ma’lumot qolmagan, u o’zidan faqatgina
chizmalarinigina, loyihalarinigina va “Arxitektura to’g’risida”gi kitobi qolgan,
xolos. Vitruviy kutubxonani saroy shaklida, juda ham hashamatli qurishni
rejalashtirgan va binoning old qismi ulkan bog’ bo’lishini loyihasining eng birinchi
vazifasi qilib oladi va qaysarlik qilib bo’lsa-da niyatiga yetadi. Kutubxonaga kirish
qismi 10.92m eniga, bo’yiga 16.72m bo’lib, marmar bilan to’liq qoplangan.
127
Undan tashqari, binoga kirib kelganingizda birinchi ko’zga tashlanadigan qismi
ikki tomondagi katta-katta derazalar bo’lib, bu ham inshootning o’ziga xos bir
jihati edi. Yana eng muhimi, Selsus kutubxonasiga kiraverishda katta-katta harflar
bilan ham yunon, ham lotin tillarida “Selsus ulkan kutubxonasi” deb bitilgan yozuv
topilgani edi.
128
Ustunlarni bezatishda Korinf uslubidan foydalaniladi, Binoning
oldingi qismidagi ustunlar quyidagilariga qaraganda kattaroq qilib qurilgan.
129
O’ng tomonida ramkali o’rtacha kattalikdagi derazalar o’rnatilgan bo’lsa, chap
126
www.ephesus.us/ephesus/celsuslibrary.htm
127
Levick, Barbara. Faustina I and II: Imperial Women of the Golden Age. London: –Oxford: “Oxford University
Press”, 2014. –P. 3–8
128
Makowiecka, Elżbieta. The Origin and Evolution of Architectural Form of Roman Library. Spain: “Wydaw–a
UW”, 1978. –P. 62
129
Carole Raddato The Celsus Library: 20,000 Scrolls Lost to History but Its Striking Architecture Remains. –
Michigan: “University of Michigan Press”, 2016. –P. 66
66
tomondagi oynalar rombik usulda qo’yiladi. Vitruviy ishiga shu qadar mas’uliyat
bilan yondashdiki, kutubxonaning devorlarini ham oddiy qilmasdan ularni ezgu
amallar va ilm homiylari bo’lgan ilohalar timsolidagi haykallar bilan bezaydi. Aniq
topib o’rganilgan va hozirda Venadagi Efes muzeyida saqlanayotgan 4 ta iloha
haykali
130
bo’lib, ular Donolik ilohasi (Sofiya), bilim ilohasi (Epistem), saxovat
ilohasining (Ariyet) haykallari shular jumlasidandir. Ayrim manbalarning xabar
berishicha, maqbara atrofida Medusa, Nike va Eros haykallari bilan bezatilgan,
lekin ko’plab izlanishlar qilingan bo’lsa-da haykallarning qoldiqlari ham
topilmadi.
131
Kutubxona topilgan vaqtda bino uch qism deb hisoblanardi biroq
Virtuviyning bino qurilishiga doir loyihasi topilishi bilan bu qarash puchga chiqdi,
loyihani topilishi yana o’sha nemis arxeolog olimi Volker Maykl Strokka nomi
bilan bog’liq, u 1980-yildan keyin ham bu kutubxonaga doir ma’lumotlarni
qidiraveradi va oxiri kutubxona qurilishiga doir chizmalarni rejasini topishga
muvaffaq bo’ladi. Loyihada kutubxona ikki qism bo’lib, uning orqa qismida teatr
sahnalashtirish uchun maydon qurilganligi ko’rsatilgan edi, shuning uchun binoni
uch qism deb xulosa qilishgan. Kutubxonaga kirish eshigi ikkita bo’lgan, ikkita
eshik ham bir joyga-Selsusdagi yagona maqbara Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus
maqbarasiga olib borgan. Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus hoki 2.5 metr pastga
ko’milgan va usti oq marmar bilan bezatilgan. Bu bilan Yuliy Selsus
Polemaenusning o’g’li Gay otasini naqadar yaxshi inson bo’lganini, hammaga
doim yordam berganligini va xalq dardi bilan yashaganini aytmoqchi bo’lgan,
132
va
kimki, kutubxonga kirar ekan, Tiberius Yuliy Selsus Polemaenusni yod etib keyin
u yerga kirsin, degani ham edi, bu tom ma’noda otaga o’g’li tomonidan naqadar
katta hurmat ko’rsatilganining isboti edi. Undab tashqari, antik davrda faqatgina
xalq tomonidan sof, pok deya baho berilgan hurmatli kishilarnigina jasadlari
jamoat binolari ichida dafn etilar va doimiy ziyoratgohlardan biriga aylanardi,
Selsus kutubxonasidagi Tiberius Yuliy Polemaeanus ham shunday kishilar qatorida
130
Hanfmann, George Maxim Anossov. The Celsus Library in Ephesus. –Michigan: “University of Michigan
Press”, 1980. –P. 65
131
www.walterus.net/Turkey/history/ephesus/celsuslibrary.htm
132
https://ephesusbreeze.com/ephesus/celsus–library
67
edi.
133
Tiberius Yuliy Selsus Polenaeanus ham shundaylardan edi. O’sha davrda
yashagan Agrippa yozadi: “Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus Rim imperiyasidagi
Efes shahrining 5 ta buyuk zotlaridan biri edi va shuning uchun uning mayyiti ham
biz bilan toabad qoladi”.
134
Kutubxonaning har bir xonasi 17x11m o’lchamda
bo’lgan. Haykallar nafaqat tashqi devorlarda, balki har bir xonada ham bo’gan,
faqat har bitta xonaga bittadan haykal qo’yilgan, masalan, o’qish xonasiga haqiqat
ilohasining (Afina) haykali qo’yilgan bo’lsa, yana bir ma’ruza xonasiga Selsusning
uzoqlarga ko’z tikib xayolga tolgan holatidagi byusti o’rnatilgan edi va shuni ham
aytish kerakki, O’qish xonalari, asosan, sharqqa qaragan holda bino qilingan.
135
Kitoblar shkaflar va javonlarda saqlangan. Namlikdan, kitoblar zararlanishidan
saqlash uchun, ayniqsa, o’rog’liq qo’lyozmalarni, javonlarni chuqurchalarga
jolashtirgandilar, chuqurchalarni tokcha deyishimiz mumkin lekin undan
ozmuncha farq qilgan, ya’ni tokchalar mumlab chiqilgan va devorning ancha ichki
qismida joylashgan, albatta bularning bari kitoblarni asrab-avaylash maqsadida edi,
undan tashqari, kutubxonada bir xonacha bo’lganki, unda 25.000 kumush tanga
saqlangan, u yerdagi xatdan ma’lum bo’lishicha, Tiberus o’g’liga ana shu
tangalarni meros qilib qoldirgan. Yuliy Aquila Gay ham boyligining 8% ni
kutubxonasidagi kitoblarning yoniga yana ko’p kitoblar keltirish uchun
sarflaydi.
136
U xonani hech kim hech qachon ochmagan, hattoki, Gay Yuliy
Priskillaning o’zi ham. Ikkinchi binoga tashqariga chiqish shart bo’lmagan, ikkita
binoni uzun zal ajratib turgan, ikkinchi va uchinchi qavatlarga esa zinalar orqali
ko’tarilgan. Shift tekis bo’lgan va ko’proq yorug’lik yetkazib berishligi uchun har
bir xonaga ulkan qandillar o’rnatilgan. Bino imperator Adrian davrida mashhur
bo’lgan uslubda qurilgan bo’lib, asosan, qurilish materialining bezagi sifatida
marmardan keng foydalanilgan, shu bilan birga,
137
g’isht, beton, ohak, shag’aldan
ham keng foydalanilgan.
133
Anthony Kaldellis. Hellenism in Byzantium: The Transformations of Greek Identity and the Reception of the
Classical Tradition. –Cambridgeshire: ”Cambridge Univesity Press”, 2008. –P. 38
134
Marín Valdés. Plutarco y el arte de la Atenas hegemónica. –Oviedo: ”Universidad de Oviedo”, 2008. –P. 76
135
Spawforth S. Greece and the Augustan Cultural Revolution. –Cambridgeshire: “Cambridge University Press”,
2011. –P. 262
136
Donald G. Kyle, Sport and Spectacle in the Ancient World. –London “Wiley Blackwell”, 2015. –P. 321
137
Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –Spain: “Routledge”, 2013. –P. 7
68
Selsus kutubxonasi qayta tiklangandan so’ng haykallar ham xuddi o’sha
tartibda, ko’rinishda o’rnatildi lekin ular asli emas, haykallarning haqiqiy nusxasi
hozirgi kunda Venadagi Efes muzeyida saqlanadi. Kutubxonada tomosha qilish
uchun keluvchi sayyohlarning keti uzilmaydi lekin har yerda ham tartib bo’lgani
kabi bu madaniyat yodgorligida ham ertalab soat 8:00 dan kechqurun 19:00 qadar
sayr qilish mumkin, shu bilan birga bu yerga kirish uchun chipta sotib olish lozim
bo’ladi. Aytish mumkinki, hozirga qadar hech qachon chiptalar sotilmasdan qolib
ketmagan.
138
Selsus kutubxonasining qadri haqida so’z borganda shularni ytish joiz,
kutubxona binosining old tomoni 2001-2005-yillarda joriy qilingan Turk pul
birligining 20 million lirasini orqa tomoniga va 2005-2009-yilda qaytadan joriy
qilingan yangi 20 million liraning old qismida Selsus kutubxonasining old
sahnasining surati tushirilgan.
139
Selsus kutubxonasi deganda o’g’ilning otaga bo’lgan hurmatining yorqin
ifodasi ko’zga tashlanadi, qullarning qiynagan zodagonlar haqida tarixda juda ko’p
o’qiganmiz biroq Selsus siymosi bizga o’sha zamonda ham yaxshi odamlar
bo’lganligini isbotlab beradi. Antik dunyoda ko’plab kutubxonalar bo’lgan lekin
ularning aksar qismidan faqatgina zodagonlar, qirol oilasiga mansublar
foydalanishgan ammo Selsus kutubxonasiga oddiy xalq ham kiraolgan, balk, shu
sabab ham kutubxona haqida hech bir yerda hech qachon salbiy fikr aytilmagandir!
Konstantinopol–Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324–330 yillarda Konstantin I
asos solgan va imperator sharafiga “Konstantinopol”–“Konstantin shahri” deb nom
qoʻyilgan. 330 yilda Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa
Konstantinopolga koʻchiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan koʻchirib
kelinishi Konstantinopolning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yoʻllarining
kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va
madaniy aloqalarni bogʻlovchi markazga aylandi. IV salib yurishi davri (1202–
1204)da salibchilar tomonidan talandi. 1204–1261-yillarda Lotin imperiyasi
138
Anthony Kaldellis. Hellenism in Byzantium: The Transformations of Greek Identity and the Reception of the
Classical Tradition. –Cambridgeshire:” Cambridge Univesity Press”, 2008. –P. 39
139
https://en.wikipedia.org/wiki/LibraryofCelsus
69
poytaxti etib belgilandi. Vizantiya poytaxti vayronalar natijasida Konstantinopol
shahridan Nikeya shahriga 1222-yili imperator Jon III Do’kas Vatatzes yoki Dukas
Vatatzes ko’chirtiriladi. 1261-yilda normannlardan Konstantinopolni imperator
Maykl VIII Palalogos tortib olib qayta qo’lga kiritganidan so’ng Konstantinopol
poytaxt shahar deb qayta belgilanadi, shu bilan birga, Konstantinopol imperial
kutubxonasi ham Buyuk Konstantinopol saroyiga ko’chiriladi.
140
1453-yil 29-may
kunida uni Usmonli turklar imperiyasi egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirdilar.
Konstantinopol keyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923-yilgacha Turkiya poytaxti
boʻlgan.
Konstantinopol Imperial kutubxonasi. Vizantiya imperiyasi poytaxti
Konstantinopolda qadimiy dunyoning ulkan kutubxonalari qatorida eng
oxirgilaridan Konstantinopol imperial kutubxonasi bo’lgan. Kutubxona matnlari
asosan, yahudiy-nasroniy oyatlari bilan to’ldirigan kutubxona hisoblanadi.
141
Buyuk
Aleksandriya
kutubxonasining
va
boshqa
qadim
dunyodagi
kutubxonalarining vayron bo’lganidan 1000 yillar o’tib ham yunonlar va
rimlilkarning olim-u fuzalolarining yozgan asarlari saqlanib qolgandi va ularni
yig’ib bir joyga jamlashni Buyuk Konstantinopol amalga oshirdi. 1204-yildagi
Salib yurishlari, jumladan, boshqa urushlar, yovvoyi xalqlarning dam-badam
Rimga hujumlari, tasodifiy yong’inlar natijasida kutubxonaning ko’pgina
kitoblariga ziyon yetdi lekin eng oxirgi zarbani 1453-yil 29-may kuni Usmonli
turklar imperiyasi Konstantinopol shahrini zabt etgan kuni sodir bo’ldi, ya’ni bu
qadimiy kutubxonaning umri poyoniga yetdi. Ana shu kunga qadar kutubxona
ko’plab ziyon ko’rgan bo’lsa-da, o’z faoliyatini juda chiroyli davom ettirib kelardi.
Kutubxona Konstantinus II (337-361) tomonidan tashkil etilgan bo’lib, uning o’zi
kutubxona qurilishiga doir loyihani ishlab chiqqan va xattotlarga yunon
adabiyotlaridan nusxa ko’chirishni eng birinchi vazifa qilib qo’ygandi.
Kutubxona Konstantin II tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, undan keyingi
imperatorlar ham kutubxonani rivojlantirishni o’zlariga ham qarz, ham farz deb
140
Donald Queller. The Fourth Crusade. –London: ”Library”, 2000. –P. 19
141
Wilson, Nigel G. The Libraries of the Byzantine World. –Michigan: “Michigan University press”, 2003. –P. 200
70
bildilar, xususan, imperator Yulian (361-363) Zosimusga kutubxonaga kichik
bo’lsa ham homiylik qilishni buyruq qiladi va natijada kutubxona anchagina
kengaydi.
Imperator Valens esa, 372-yili 7ta o’z ishining mohir ustasi bo’lgan
xattotlarni keltiradi.
142
Xattotlarning to’rttasi yunon va uchtasi lotin tilini
mukammal bilgan xattotlarbo’lgan. Ular yunon adabiyotlarini ko’chirishdi va
hozirgi kunda bizga ma’lum aksariyat yunon klassik adabiyotlari vizantiya
nusxasida Konstantinopol kutubxonasidan ko’chirilgan nusxalar hisoblanadi.
143
Konstantinopol Imperial kutubxonasi tarixi. Konstantinopol kutubxonasining
ochilish marosimi ham o’tkazilgan bo’lib, bu haqida Zemestius o’z estaliklarida
yozib qoldirgan va bu qisqagina yozuv kutubxonaning eng bitinchi matni sifatida
e’tirof etiladi, unda “Buyuk Konstantin muqaddas kutubxonaning ochilgan kuni
keldi va tantanovor nutq qildi. U ellinistik adabiyotlarni qayta tiklanishini va bunda
xattotlarga va shaxsan menga omad tilab tabrikladi”, deyiladi.
144
Darhaqiqat,
Qadimgi Yunonistonda yozilgan kalima ham, eng ko’p adabiyotlar ham papirusga
bitilgandi, lekin vaqtlar o’tgani sayin papirus o’z xususiyatini yo’qota boradi, buni
bilgan Buyuk Konstantin IV asr davomida papirusga yozilgan qo’lyozmalarni
pergament qog’ozlarga ko’chirib, ularni saqlab qolishga urindi va u birinchi
navbatda, muqaddas kitoblarga o’z e’tiborini qaratdi. Konstantinning vorisi
Konstantin II otasining shunday ulug’ ishini davom ettirdi. Bu jarayon
Konstantinopol Imperial kutubxonasidagi birinchi chin ma’nodagi mustaqil ish
bo’ldi. Taxminlarga ko’ra, kutubxonada 100.000 jild matn bo’lgan ekan. Bir qator
olimlar esa kutubxonada 100.000 hajmdagi kitoblar bo’lganligini inkor etib,
sababini quyidagicha izohlashadi: qadimgi zamonda kitoblarni yozish, ularni
saqlovni ta’minlash va eng muhimi, matnlar yoziladigan xom-ashyoni u qadar ko’p
bo’lmaganligini izohlab, kinoya tarzida, axir, u Aleksandr kutubxonasi emas-ku!”
142
Steven Runciman. Byzantine Civilisation. –London: “Library of Congress”, 1967. –P. 82
143
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 4–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2000. –Б. 499
144
Harris, Michael H. History of Libraries of the Western World. Sweden:”Scarecrow Press”, 1999. –P. 159
71
deyishadi.
145
Zemistios ismli shaxs boshchiligida kutubxonaning gullab-yashnashi
uchun bir guruh xattotlar fidokorona mehnat qilishdi.
Agaton Konstantinopol Imperial kutubxonasining ilk kitobxoni edi. Keyin esa
kutubxonachisi ham bo’ldi. 680-yilda qiroatxona-o’quv zalida ishladi, keyinroq,
toki monofelit-bid’atchi degan tamg’a bosilgunga qadar, Oltinchi Boshqaruv
Kengashida axborotchi-muxbir vazifasida ishladi. U beshta patriarxiyaga o’zi
yozgan hujjatlarning nusxalarini yubordi. Shular orasida, 712-yilda hali yunonlar
mavjud va ular Filipsus Bardanes atrofida, monotelizm dini bilan birlashadilar,
degan yozuv ham bor edi. Konstantinopol Imperial kutubxonasi tarkibida
papirusga
yozilgan
matnlarni
pergament
qog’ozlarga
ko’chirish
ishi
kutubxonaning eng e’tiborli va eng asosiy, shu bilan birga juda ham katta vaqt
sarflangan ishlari ro’yxati sirasiga kiradi. Lotin yozuvi bilan shug’ullanadigan
xattotlar ellinistik davrdagi Gomer asarlariga o’zgacha mehr bilan yondashdilar va
har bir so’zini, harfini ham o’zgartirmay, buzmay ko’chirishga intildilar. Ikkinchi
o’rinda Sofoklning asarlariga e’tibor berishdi. Bu asarlar Konstantinopol
kutubxonasidagi eng noyob durdonalar sanalganligi uchun kitoblarni asrab-
avaylash Zemistiosga maxsus vazifa sifatida topshirilgandi. Qolgan yunon
faylasuflarining ham qo’lyozmalari e’tibor bilan saqlangan biroq qazish ishlari
natijasiga ular Konstantinopoldan emas, Gerkulenuem shaxsiy kutubxonasi
qoldiqlari orasidan topildi. Yana Konstantinopol kutubxonasining eng e’tiborga
molik tomoni, papirusdagi matnlar hech bir tilga tarjima qilinmasdan o’sha holida
yozilgani edi.
Kutubxona bunyod bo’lganidan boshlab ko’plab talofatlar ko’rdi, masalan,
473-yildagi tasodifiy yong’inda 120.000 hajmdagi qo’lyozma matnning varoqlari
kuli ko’kka sovurildi. Yong’indan so’ng ayrim o’ta darajada muhim bo’lgan
asarlar qayta tiklandi. Chindan ham Zemistios va Konstantiusning urinishlari beiz
ketmadi, kitoblardan juda ko’plab kishilar bahramand bo’lishdi, shu bilan birga,
ularning sa’y-harkatlari, kutubxona har gal qanday talofat ko’rmasin qaytadan yana
145
Fritz Krischen. Die Landmauer von Konstantinopel . –Berlin: ”De Gruyter”, 1938. –S. 105
72
uni imkon qadar tiklaganlari oqibatida yunon-rim klassik adabiyotlarining
ko’pgina qismlari bizga qadar bus-butun yetib kelgan.
1204-yil 12-aprel kuni IV Salib yurishida normanlar Konstantinopol shahrini
vayron etishganida kutubxona ham anchagina ziyon ko’rdi. Ayrim manbaalarga
qaraganda,
Salib
yurishlaridan
keyin
Salibchilar
kutubxonaning
ba’zi
qo’lyozmalarini boshqa mamlakat qiziquvchlariga pullab yuborgan bo’lishlari ham
mumkin.
146
Donald Quellerning qazish ishlari natijasida aniqlagan ma’lumotlariga
qaraganda, kutubxona qo’lyozmalari Salib yurishlaridan avvaloq yong’inda
qolgan, omon qolgan kitob, matn va qo’lyozmalar esa, Salibchilar tomonidan yo’q
qilingan bo’lishi kerak, degan xulosani beradi. Ushbu ayanchli bosqinchilik
yurishlaridan so’ng kutubxonani tiklashga hech qanday harakat bo’lmaganligini
ham Donald Queller o’z ocherkida berib o’tadi. Professor Kerlayl Usmonli turklar
imperiyasining bosqinidan keyin omon qolgan matnlarni Seraglioga 1800-yilda
yuboradi, ammo ular nechundir bu nodir qo’lyozmalarga u qadar e’tibor
qilmaydilar. Faqat 1840-yilga kelganda Arximedning vizantiya qo’lyozmalari
o’rganila boshlandi va 1915-yilga kelganda tarjima qilib chop ettiriladi. 1998-yilda
qaytadan tahrir qilinib nashr ettirildi.
147
Konstantinopol
saroy
kutubxonasi
o’zini
buyuk
Aleksandriya
kutubxonasining vorisi deb hisoblagan va shu vajdan o’zini har qachon g’urur
bilan tutishga o’rgangan, balki shu sabab, boshiga juda ko’plab fojealar tushsa ham
qayta-qayta o’zini tiklab olishga intilgan va doim buni uddasidan chiqqandir, toki
Usmonli turklar imperiyasi qaqshatqich zarbani bermaguncha va ammo shunday
bo’lgan taqdirda ham biz avlodlarga arxiv-kutubxonaning 70-80% kitoblari,
hujjatlari yetib kelgandir. Bu kutubxonaning o’ziga xos bo’lgan jihati hisoblanadi
va biz unga “matonatli kutubxona” degan sharafli unvon bergan bo’lardik.
Papirus villasi Rim imperiyasidagi eng hashamatli uylardan biri bo’lgan.
Ushbu hashamatli uydagi nodir buyumlarni olimlar juda katta miqdorda bo’lgan
deb e’tirof etadilar. Noyob buyumlar orasida bronzadan va marmardan bo’lgan
146
Friedrich Schrader. Konstantinopel in Vergangenheit und Gegenwart. –Deutschland: „Mohr Siebeck”, 1917. –S.
15
147
wikipedia.org/wiki/Imperial Library of Constantinople
73
haykaltaroshlik namunalari, ajoyib freskalar, jumladan, ko’plab noyob asarlar
jamlanmasi ham bo’lgani taxmin qilinadi.
Kutubxona qadimgi Erkolano, hozirgi janubiy Italiyadagi hududda
joylashgan. Bu yerdan Vezuviy vulqoni joyi shundoq ko’rinib turgan lekin bu
yerdan dengizni ko’rishni sira ham iloji bo’lmagan, bunga yana o’sha Vezuviy
vulqoni sabab edi. Villa Yuliy Sezarning qaynotasi Lusius Kalpurnius Piso
Kaesoninusga tegishli bo’lgan bo’lishi kerak, degan taxminlar ham bor.
Gerkulenuem milodiy 79-yildagi Vezuviydagi portlashdan so’ng 30m kul
ostida qoladi. 1750-1760-yillardagi Burbon qirollik oilasidan bo’lgan Karl Veber
tomonidan tasodifiy qazish ishlari olib borilgunicha kutubxona kul ostida qoladi.
Qazish ishlari nixoyasiga yetgandagina bu joy, u yerdagi topilmalarning bari antik
davrga tegishli ekanligi aniqlanadi, shuningdek, eng muhimi, bu yerda shaxsiy shu
bilan birga anchagina salmoqli qo’lyozma, kitoblar, bir so’z bilan aytganda,
kutubxona bo’lganligi “kashf etiladi”. Buyumlar orasida, bu hashamatli dargohdan
1.800 papirusga yozilgan qo’yozmalar eng noyob va eng ajoyib topilma
hisoblanadi, biroq aksar topilmalar vulqon natijasidagi karbonad angidrid gazidan
anchagina zararlanganligidan anchayin achinarli ahvolda edi, hamda barcha
narsalar qop-qora rangda qazib olingan, ularni qora kuyalardan tozalashga ham
obdon vaqt sarflangan va qazish ishlari so’nggida Villaga Veber tomonidan
“Gerkulenuem papiruslari” degan shartli nom qo’yilgan. Topilmalar Neapol Milliy
Arxeologiya muzeyiga topshirilgan va hozirda u yerga aynan ana shu papiruslarni
ko’rish uchun ko’plab qiziquvchilar kelishadi.
Papirus villasi tavsifi. Villa Neapol ko’rfazida joylashgan bo’lib, unga eng
yaqin uy 100m uzoqlikda joylashgan bo’lib, ko’rfazdan 250m uzoqlikda bunyod
qilingan edi. Villa to’la bog’ bilan atrofi o’ralgan bo’lib, o’rtasida usti yopiq
shiyponi bor edi, villa pastrog’ida mazali uzumzor, undan u yog’i katta o’rmonga
ulanib ketgan. So’nggi tadqiqot natijalariga ko’ra, antik davrdagi uylar, asosan,
ko’rfaz yaqinidagi uylar dengiz sathidan 16m balandlikda qurilgan, villa ham
xuddi shu yo’sinda bunyod qilingan bo’lib, asosiy yashash qavati shunday
balandlikda qurilgan edi.
74
Villaning qurilish rejasi puxta ishlab chiqilgan bo’lib, Pompey atrofida bu
kabi mukammal sxemali inshoot ko’rmaganligini o’z esdaligida qayd etib o’tgan.
Kirish zali atrium uslubida-qadimiy Rim uylarida ochiq-yopiq kirish zali
qurish an’ana tusiga kirgan edi. Bu haqida rim arxitektori Vitruviyning arxitektura
haqidagi asarida batafsil ma’lumotlar berilgan. Villada basseyn-hovuz bo’lib,
uning atrofi 10ta ustun bilan o’ralgan, shu bilan birga, har bir ustunning o’z tomi
bor edi. Bu tomlar muhofaza maqsadida o’rnatilgandi.
Villa tashqarisida aholining dam olishi, uchun kichik bir, oddiygina usti yopiq
shiyponcha ham qilingan bo’lib, u yerda ham bir noma’lum byust o’rnatilgan edi.
Shiyponchaning o’ng yonida kichik bir hovuzcha bo’lgani qazish ishlari va bino
loyihasidagi chizmalardan aniq bo’ldi.
Villadagi kutubxona binoning o’ng qanotida joylashgan bo’lib, uning binosi
villadan alohida holda qurilgan edi. Xonadagi kitoblar oddiygina javonlarga
joylangan va asosan, hozirda biz foydalanadigan kutubxonalarmizga juda ham
o’xshash bo’lgan. Lekin papiruslar yo’g’och qutilar ichida saqlangan.
Kutubxonada marmar va bronzadan bo’lgan haykalchalar ham bo’lgan bo’lib, ular
kutubxonaning fayziga fayz qo’shgan deyish mumkin. Xona harorati me’yorda
ushlab turilishi uchun xona derazalari maxsus ustalar tomonidan maxsus buyurtma
asosida tayyorlangan va hovlidagi daraxtlar ham shu maqsadda ekilgan.
Hashamatli Villada san’at asarlari to’lib yotardi, ayniqsa, ulardan eng
diqqatga sazovori, bronzadan yasalgan haykalchalar edi, bu haykalchalr nafaqat
bugungi kun odamlarini, balki, o’sha paytlarda ham hammaning havasini keltirgani
kutubxonada saqlangan bir papirus matnida ham keltirilgan. Umuman, turli
materiallardan bo’lgan haykaltaroshlik namunalari 80dan ortiq bo’lib, ular ayni
kunda Neapol Milliy Arxeologiya muzeyida nodir buyumlar sifatida saqlanadi.
Haykallar ichida eng ajabtovuri 1758-yili topilgan Germesning o’tirgan holatidagi
haykali hisoblanadi. Yana bir haykal Satirusning ko’zachada suv quyib turgani,
boshqasida Delfin og’zidan Amorini suv olayotgani, yana 11ta bronza haykalda
esa, turli xildagi favvoralar haykalchalari, marmardan bo’lgan haykalchada esa
75
raqs tushayotgan ayol tasvirlangan edi. Bu haykallar villa ichidan topilgan bo’lsa
qolganlari devorlar atrofidan topilgan.
Uy egasi, Kalpurnius Piso asosan, falsafiy harakterdagi kutubxona tashkil
etishni maqsad qilib olgandi. Kutubxona Pisoning do’sti epikurizm ta’limotidagi
Filodemus tomonidan Pisoga ko’plab maslahat va yordam berishi natijasida bino
bo’lgan. Bu kutubxonada Filodemusning Gadara asari ham saqlangan. Filodemus
Epikur ta’limotidagi faylasuf va shoir. U Sidon Zenoda, keyin Afinada, Rimda va
keyin Gerkulenium-Papirus villasida faoliyat olib borgan. Uning yunon Derlemasi
asarining bir nusxasi saqlanib qolgan, lekin XVIII asrda papirus o’ramlarda
Villadan Filodemusga tegishli asarlar ko’plab topilgan. Uning asarlarini o’rganish
hamon davom etmoqda, sababi, u yozgan asarlar juda murakkab. Filodemus
asarlari asosan, axloq, ilohiyot, retorik, musiqa, she’r, tarix va falsafiy maktablar
haqida yozilgan. Uning asari to’g’rida Sitseron ham aytib o’tgan.
1765-yilda Villadagi qazish ishlari mahalliy aholining shikoyati orqasidan
to’xtatishga majbur bo’lingan. Arznomaga sabab qilib aholi, kuchli shovqin-suron,
asbob-uskunalarni ishlatishdagi yoqimsiz holatlarni keltirishadi va ularning
iltimoalari inobatga olinib tadqiqot to’xtatiladi. Shu bilan villa haqida unutildi.
1980-yilda yana qayta kutubxonaga qiziqish uyg’ondi. 1986-yilgacha villaga kirish
yo’lini topolmay ko’p sargardon bo’lishdi. Va nixoyat, 1765-yilgi ma’lumotlarni
topib astoydil o’rganilishi natijasida Villaga tunnel orqali kirishni aniqlashdi. Villa
kirish yo’llari qaytadan tozalandi. 1990-yilga kelganda qazish ishlari jadallashib
ketdi. XVIII asrda aniqlay olinmagan ma’lumotlar ham oshkor bo’la boshladi.
Binodan 4m balandlikdan ajoyib freska namunalari, shu bilan birga, dengizga
chiqadigan yo’l, ustunlarda esa to’rtburchak teshiklar borligi aniqlandi. Qazish
ishlari 2007-yilga qadar uzluksiz davom etdi. 2008-yili 2.800m² maydon Villaga
tegishli deb, Italiya hukumati e’lon qildi va davlat muhofazasiga olindi, bu haqida
David Vudley Pakkard o’z maqolasida bildirib ketgan, maqola Pakkard Gumanitar
instituti tomonidan nashr etilgan. Pakkard Gumanitar instituti mutasaddilari David
Vudley Pakkardning maqolasidan keyin hukumatdan 2008-yilning o’zida Villa
qazish ishlarini qaytadan yana bir bor olib borish, so’nggi xulosalarni yozib, ishni
76
o’z nixoyasiga yetkazish uchun moliyaviy ko’mak so’rashadi. Lekin 2012-yilga
qadar hukumat ko’p narsalarni ro’kach qilib yordam berishdan bosh tortib keldi.
Oxiri, 2012-yili multi-spektral ko’rish apparati olib kelish uchun mablag’ ajratildi.
U papiruslarni o’qishda infraqizil nur yordamida o’qishga yordam berardi. Va shu
vaqtga qadar taxminan o’qib yurilgan qop-qora matnlar endilikda 90% o’qilishi
osonlashib, siyohni qora kuyadan ajratish imkonini berdi. Ammo shuni ham aytish
mumkinki, oxirgi texnologiyalar olib kelingan bo’lsa-da, papiruslarni haligacha
to’liq o’rganib chiqishmagan, buning imkoni ham yo’q. Sababi, multi-spektral
ko’rish apparati o’zidan zararli nur chiqaradi va o’rganayotgan tadqiqotchining
hayotiga anchagina zararli hisoblanadi, undan tashqari, ko’p yillar 25-30m kul
ichida yotgan papiruslar ham mo’rtlashib qolgani bois, maxsus tayyorgarliklarsiz
ular bilan ishlab bo’lmaydi.
148
Villadagi hujjatlarni rasmiy ro’yxatga olish 1826-yili boshlangan edi. Unda
970ta o’ramda hujjat bo’lib, 340dan ortig’i kuchli portlash oqibatida deyarli kulga
aylangan, 500tasiga esa shunchaki ziyon yetgan deb hujjatlar rasmiylashtirilgan
edi. 1855-yili qayta bu yerdagi papirus o’ramlar rasman ro’yxatga olinishi
boshlani, unda 1.756ta o’ramda papirus va uning bo’laklari mavjud bo’lsa,
shundan o’qish mumkin bo’lgani 1.814tani tashkil qiladi deb hujjatlashtirilgan.
149
Gerkulenuemdagi tajribalar 1802-yili Neapol qiroli Ferdinand IV 6ta
o’ramdagi papirusni Napoleon Bonapartga sovg’a qilib diplomatik muzokara taklif
qiladi, Bonapart taklifga rozi bo’ldi. 1803-yili Franchesko Karelli tomonidan
boshqa sovg’alar bilan papiruslar ham tashib ketiladi. Napoleon ular keltirilgach
barini Fransiya institutiga Gaspar Monge va Vivant Denonlarni hujjatlarga mas’ul
qilgan holatda topshirdi.
1810-yili 18 ta papirus qog’ozlarini Jorj IV yoyib o’qidi va ulardan 4 tasi
Bodleian kutubxonasiga tuxfa qildi. Qolgan qismini barchasini Britaniya
kutubxonasiga eltib berdi.
148
Maiuri, Amedeo. Herculaneum and the Villa of the Papyri. –Italy: ”Carthusia Edizioni”, 1974. –P. 35–39
149
Hornblower, Simon and Antony Spawforth. The Popularity of Epicureanism in Late–Republic Roman Society. –
New York: ”Oxford Classical Dictionary”, 1996. –P. 3
77
XVIII asrda Abbot Piaggio papiruslardan nusxa ko’chiradigan mashina ixtiro
qildi va imkon qadar jadallik bilan o’z ishini boshladi. 1802-yili , Neapol qiroli
Ferdinand IVning buyrug’I asosida Jon Hayter ushbu jarayonga jalb etildi. 1802-
1806-yillar oralig’ida Hayter va Abbot 200 taga yaqin papiruslarni qisman
o’qishga muvaffaq bo’lishdi. Kashf qilingan uskuna siyohni kuldan ajratishga
ozgina yordam berardi, xolos. Shu uchun ish juda sekin va tadqiqotchilarning
o’zlarida ham to’liq ishonch bo’lmagan holatda o’rganildi. Bu tajribalar Bodleian
kutubxonasiga topshirilgan va “Oksford Faksimilesning Gerkulaneum papirusi”
nomli bo’limida saqlanadi.
1816-yil yanvar oyiga kelganda Per-Klaud Molard va Roul Rozettelar Abbot
Piaggioning mashinasida qaytadan papiruslarni tahrir qilishga kirishadilar. Hamma
tadqiqotlar juda yaxshi o’tadi ammo oxirgi kuni butun boshli tajriba yonib ketadi,
buning sababi, hozirga qadar noma’lum.
1877-yili papiruslar Luvrga keltirildi va yana bir bor ularni o’rganishga
urinishdi. Ammo bus safar ham urinishlar besamar ketdi.
XX asrning o’rtalariga kelganda, o’ramlarning 585tasi to’liq o’qilgan, 209tasi
qisman o’rganilgan, 200tasini o’qishni imkoni yo’q deb topilgan va 150tasi nashr
qilingan edi.
Saqlanib qolgan qo’lyozmalarning asosiy qismi Neapol Milliy Arxeologiya
muzeyida joylashgan.
1969-yili Marselo Gigante “Gerkulenuem papiruslarini o’rganish xalqaro
markazi”ga asos soldi. Bu markazda Papirus Villasiga doir ishlar qaytadan ish
boshladi va tez orada kata yutuqlarga erisha boshladi, xususan, 300 ta matnni to’liq
o’qishga erishildi.
1999-yili bir nechta spektral tasvirlash (MSI) metodlari qo’llanildi, 2011-yil
4-iyul kunida esa olimlar Papirus villasini o’rganishdagi o’zimizni oldimizga
maqsad qilib olgan vazifamiz to’laligicha bajarildi, deb butun dunyoga e’lon
qilishdi.
2007-yildan boshlab Papirologiya Instituti olimlari Kentukkida eksponatlarni
o’rganish bo’yicha ish boshladilar.
78
2009-yili Fransiya Instituti bilan birgalikda papiruslarni X-ray micro-
komputer tomografiya (mikro-KT)dan o’tkazilib, papiruslarni o’zini o’rgandilar.
Va shu paytga qadar ularni chirimay saqlanib qolishligiga papiruslarni uglerodga
to’yintirilgani aniqlandi.
2015-yilga kelganda Milliy tadqiqot kengashi institutining Mikroelektronika
va Mikrosistemalar mutaxassisi doktor Vito Mosella boshchiligidagi bir guruh
(CNR-IMM) olimlar X-ray bosqich-kontrast tomografiya (XPCT )ni kashf etdilar
va buni papiruslarda sinovdan o’tkazdilar. Bu tajribada papirusdagi sirli yozuvlar
borligi aniqlanishi asosiy maqsadi edi va tajriba muvafqqiyatli o’tdi.
150
Papirus villasi yoki Gerkulenium arxiv-kutubxonasi, bu ko’hna dunyo
kutubxonalari ichida o’zining nazokati bilan nom chiqargan kutubxona deyish
mumkin, o’zida juda ham ko’plab hujjatlarni jamlagan ushbu arxiv-kutubxona
Yuliy Sezarning qaynotasi tomonidan rejalashtirilib, qurilgan kutubxona
hisoblanadi. Kutubxonaning o’ziga xos muhim jihati shundaki, kutubxonada
faqatgina hujjatlar, kitoblar bo’lmagan balki, noyob buyumlar ham o’rin olgan va
asosan, olimlarning muzokaralaridan iborat bo’lgan bo’limlar ham mavjud va yana
pairusdangina tshkil topgan jahondagi yagona kutubxona hisoblanadi.
150
Bukreeva I. Enhanced X–ray–phase–contrast–tomography brings new clarity to the 2000–year–old ‘voice’ of
Epicurean philosopher Philodemus. –Italia:”AWD Group”, 2016. –P. 40–45
79
XULOSA
Bitiruv malakaviy ish mavzusi “Jahonning ilk arxiv-kutubxonalari tashkil
topishi va rivojlanish tarixi” deb nomlanadi. Bu mavzu bo’yicha o’zbek tilida
hozirga qadar hech qanday ilmiy ish qilinmagan va arxivshunoslik yo’nalishida
o’qiyotgan talabalar eng qadimgi dunyo tarixi arxivlari, kutubxonalari, hujjatlari,
yozma manbaalarini o’rganishda, seminar mavzulariga tayyorlanish jarayonlarida
bir muncha qiyinchiliklarga duch kelardi, aynan shu masalani ozgina bo’lsa-da
ijobiy tomonga o’zgartirish maqsadida ushbu mavzuni tanladik hamda uzoq
izlanishlarimiz natijasida xorijiy manbalarda eng qadimgi dunyo kutubxonalaridan
tortib arxiv manbalarigacha ko’plab ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar, arxeologik
qazish ishlari olib borilgani va juda ham ko’plab ilmiy kitoblar, maqolalar chop
ettirilganini ko’rdik. Xususan, Oshshurbanipal saroy kutubxonasi haqidagi
izlanishlar hamon davom etmoqda va aytish mumkinki, oxirgi 100 yil ichida
tadqiqotchilar bu matnlar ichidan juda ajoyib bo’lgan yangidan yangi ma’lumotlar
topaveradilar, sababi kutubxona fondi katta bo’lish bilan birga juda murakkab,
qiziqarli va zavqli. Ishonamanki, nafaqat xorijliklar balki, Markaziy Osiyodan ham
olimlar borib matnlar ustada tadqiqotlar olib borib ijobiy natijalarga erishadilar.
Xattusa saroy kutubxonasidagi hujjatlarning bus-butun saqlangani ham
mo’jizaning o’zi deb olimlar qayd etib o’tgani bejiz emas, axir ana shu matnlar
orqali biz necha zamonlar yo’qlik qa’riga singgan buyuk sulola haqida to’liq
ma’lumotga ega bo’ldik, ammo shu o’rinda bir narsani ham ta’kidlab o’tish lozim,
bu podshohlik haqida qanchalik ko’p ma’lumot bo’lmasin, nechundir uni
o’rganuvchilar soni u qadar ko’p emas. Umid qilamizki, bu arxiv kutubxona
faoliyatiga doir kitoblar ham yaqin kunlarda nashr ettiriadi va o’z o’quvchilari
topadi.
Buyuk Aleksandriya kutubxonasi, bu kutubxona hozirgi zamonaviy
kutubxonalarimizning ishlash jarayoniga o’zining tuganmas tajribalarini qoldirib
ketgan “Oqsoqol kutubxona” hisoblanadi, kutubxona yo’qlikka singgan deb
o’rgandik, ammo bu noto’g’ri, sababi, kutubxona haqidagi manbalar bo’lmaganda
biz u haqida bilaolarmidik, to’g’ri uning qay ko’rinishda bo’lgaligi haqida
80
faqatgina olimlarning yozma adabiyotlaridangina bilib olamiz, biroq ana shuning
o’ziyoq zamonamizning kutubxonalari uchun tamal toshi emasmi?! Hamma ham
xato qiladi, hattoki biz sevgan insonlar ham, arxiv-kutubxonani o’rganish
jarayonida uning bir marta qilgan xatosi, o’zi kabi faoliyat yuritayotgan
kutubxonani ish jarayonini to’xtatishga bo’lgan harakati uni noaniqliklar ichra olib
ketgan degan xulosaga keldik lekin baribir u antik davrdagi eng ulkan arxiv-
kutubxonadir.
Ko’hna dunyo arxiv-kutubxonalari ichida ikkinchi o’rinda turgan ushbu
kutubxona “Dunyo marvaridi” degan nom bilan turadi. Pergamon kutubxonasi
oddiygina bir uyda tshkil etilib, ulkan inshootga ko’chirilib ish faoliyatini o’sha
yerda muvaffaqiyatli davom ettirgani tahsinlarga sazovor va hatto dushmanlar har
yo’l bilan uni to’xtatmoqchi bo’lganlaridan ham oqillak ila yo’l topa olgani va shu
kashfiyotining o’zi uni dunyo sahnasida o’ziga munosib o’rin yaratib olganidan
dalolat desak mubolag’a bo’lmaydi.
Antioxiya saroy kutubxonasihaqida Kostantin Orientis so’zlariga qaraganda,
kutubxona ham, muzey ham 507-yil iyul oyida Tiberiy davrida yer yuzidan
shupurib tashlandi.
151
Lekin kutubxona faoliyati va undagi saqalangan hujjatlar
haqida ma’lumotlar bizning davrimizga qadar saqlanib qoldi. Bundan tashqari
ushbu kutubxona-arxiv xazinasi keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab kutubxona va
arxivlar uchun ham ma’lumot manbai bo’lib hizmat qildi va o’z o’rnida aytish
kerakki, har bir kutubxona faoliyati jarayonida o’zdan yorqin bir iz qoldirib
ketgani sababli ham ayni kunda biz ularning tarixini o’rganmoqdamiz.
Selsus kutubxonasi deganda o’g’ilning otaga bo’lgan hurmatining yorqin
ifodasi ko’zga tashlanadi, qullarning qiynagan zodagonlar haqida tarixda juda ko’p
o’qiganmiz biroq Selsus siymosi bizga o’sha zamonda ham yaxshi odamlar
bo’lganligini isbotlab beradi. Antik dunyoda ko’plab kutubxonalar bo’lgan lekin
ularning aksar qismidan faqatgina zodagonlar, qirol oilasiga mansublar
151
Thompson J.W. Ancient Libraries. –California: “University of California Press”, 1940. –P. 55
81
foydalanishgan ammo Selsus kutubxonasiga oddiy xalq ham kiraolgan, shu sabab
ham Selsus kutubxonasini o’rganuvchilar u haqida doim ijobiy fikr bildiradilar.
“Matonatning yorqin ifodasi” biz ushbu kutubxona faoliyatini o’rganish
jarayonida shu xulosaga keldik. Konstantinopol saroy kutubxonasi o’zini buyuk
Aleksandriya kutubxonasining vorisi deb hisoblagan va shu vajdan o’zini har
qachon g’urur bilan tutishga o’rgangan, balki shu sabab, boshiga juda ko’plab
fojealar tushsa ham qayta-qayta o’zini tiklab olishga intilgan va doim buni
uddasidan chiqqandir, toki Usmonli turklar imperiyasi qaqshatqich zarbani
bermaguncha va ammo shunday bo’lgan taqdirda ham biz avlodlarga arxiv-
kutubxonaning 70-80% kitoblari, hujjatlari yetib kelgandir.
Papirus villasi yoki Gerkulenium arxiv-kutubxonasi, bu ko’hna dunyo
kutubxonalari ichida o’zining nozikligi, nafosati bilan nom chiqargan kutubxona
deyish mumkin, o’zida juda ham ko’plab hujjatlarni jamlagan ushbu arxiv-
kutubxona Yuliy Sezarning qaynotasi tomonidan rejalashtirilib, qurilgan
kutubxona hisoblanadi. Kutubxona faoliyatidan shu narsa ma’lum boldiki,
kutubxona nafaqat o’qish zali, balki, ruhan dam olish, orom olish maskani hamdir,
buni Papirus villasi misolida yuqorida ko’rib o’tdik.
Bu maqola yoki kitobni o’rganish jarayonida ulardagi manbalarning,
xulosalarning ham turli-tuman ekanligiga guvoh bo’ldik. Ularning ayrimlarini
ushbu bitiruv malakaviy ishida ham keltirib o’tdik, umuman olganda ushbu
tadqiqotni yozish jarayonida juda ham ko’p narsalarni o’rgandik deb ayta olaman
va aytish mumkinki, har bir kutubxonaning o’zga xos bo’lgan ijobiy xususiyatlari,
olimlarning ish faoliyati jarayoni va ulardagi farqlarni ham ko’rdik.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi takliflarni berish mumkin:
1. Jahondagi ilk arxiv-kutubxonalar faoliyatini yanada chuqurroq o’rganib
zamonamiz arxiv-kutubxonalariga ham tadbiq etish;
2. Ilk arxiv-kutubxonalar faoliyatiga doir tadqiqotlarni yanada kengroq
o’rganish;
82
3. Dunyodagi dastlabki hujjatgohlarning xorij mamlakatlarida chop ettirilgan
maqola, kitoblar, fikr-mulohazalarni o’rganib, solishtirish va uni talabalarga ham
e’lon qilishni taklif etamiz.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |