I BOB. SHARQ MAMLAKATLARIDA VUJUDGA KELGAN ILK
ARXIV-KUTUBXONALAR
1.1. Mesopotamiya kutubxonalari – Oshshurbanipal va Xattusa saroy
kutubxonalari faoliyati
Mesopotamiya (yunoncha-(mezos) – “orasi”, “o’rtasi” va (potamos) –
“daryo”, ya’ni “ikki daryo oralig’i”, Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa
bo’lib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya
va g’arbiy Eron hududlariga to’g’ri keladi.
5
Dajla va Frot oralig’idagi o’lka, Fors
qo’ltig’idan Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan cheklangan.
Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga bo’linadi.
Mil. avv III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot
daryolarining o’rta oqimida akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam qadam
tashlaydilar. Yirik shahar markazlari Oshshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo
bo’ldi. Mil. avv III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator
ilk shahar-davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish va Lagash kabilar vujudga
keldi. Mesopotamiya ba’zan “tamaddun beshigi” deb ham ataladi, bunga sabab, bu
mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari bo’lganligidadir. Temir
asrida MesopotamiyaYangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari , keyinchalik
Ahamoniylar hukmronligi ostida bo’ldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar
tomonidan boshqarilgan bu hudud, istilodan so’ng, Iroq degan nom bilan
ataladigan bo’ldi.
6
Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini quldorlar tashkil
qilgan. Bu qatlamga urug’ zodagonlari, oliy kohinlar, ma’muriyat vakillari bo’lgan
amaldorlar kirgan. Mayda ishlab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga
ega bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan.
Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan: jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat
bo’lgan. Ilk sulola davrida mil. avv XXVIII-XXVII asrlarda shahar-davlat
5
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 5–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий
нашриёти, 2000. –Б. 599
6
Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси 5–жилд. –Т.: “ Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси ” Давлат
илмий нашриёти, 2000.–Б. 600
8
tepasida “En” (janob)-oliy kohin turgan, u saylab qo’yilgan. ”En”ning qator
vazifalari bo’lib, bular, kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini boshqarish,
ibodatxona, shahar qurilishi-sug’orish inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa
mulki hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. Mil. avv III ming yillik
o’rtalarida “En” unvoni o’rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi)
va “Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha “sharru”) atamalari, unvonlari
paydo bo’lgan.
Bu davrga kelib “Ensi” vazifasi sug’orish inshootlari va ibodatxonalar
qurishga rahbarlik qilish bo’lgan, shu sababli, u ko’pincha boshida qandaydir
qurilish materiallari bilan to’ldirilgan savat ko’targan tarzda tasvirlangan; shu bilan
birga, u jamoani, ibodatxonani boshqarish, soliqlar to’plash, ba’zida esa
ibodatxonaning harbiy qismini ham boshqargan. “Ensi” lavozimi saylanadigan
bo’lib, shu sababli, uning hukmronligi “navbat” deb atalgan. “Lugal”ning vazifasi
“Ensi”dan obro’liroq va mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba’zida shaharlar
birlashmasi hukmdoriga nisbatan aytilgan. Lugal ilk sulola davrida oqsoqollar
kengashi va yig’ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati
ustidan nazorat qilgan, jamoa a’zoligiga qabul qilgan, hukmdor oldida maslahat
organi bo’lgan.
Ilk Shumer shahar-davlatlari hududi kichik bo’lib, odatda, u kichik shahar,
atrofdagi qishloq xo’jalik okrugidan iborat bo’lgan. Shumer, Suber-janubiy
Mesopotamiya (hozirgi Iroqning janubiy qismi)dagi viloyat. Mil. avv III ming
yillikning oxirigacha Shumerda shumerlar va qisman sharqiy somiylar-akkadlar
yashagan, taxminan, mil. avv III ming yillikda sinfiy jamiyat va davlat vujudga
kelgan. o’z qo’l ostida birlashtirgan. Ilk sulolalar davri (mil. avv 2700-2300)da
shahrida mixxat paydo bo’lgan. Mil. avv XXIV asrda Akkad hukmdori Sargon
butun Mesopotamiyani o’z qo’l ostida birlashtirgan. Keyinchalik Shumer Bobil
tarkibiga qo’shib olingan.
7
Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan
birga qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.
8
7
Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси 10–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2000. –Б. 129
8
Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 34
9
Mesopotamiya–jahon sivilizasiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk
o’choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo’lib,
ularning yutuqlarini bobilliklar va ossuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar va
rivojlantirdilar. Mesopotamiya madaniyatining manbalari mil. avv IV ming
yillikda shaharlar paydo bo’lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida
o’ziga xos ichki birlik, an’analarni merosiyligi, uni unsurlarining ajralmas aloqasi
saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang’ich davri o’ziga xos
yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi.
Mil. avv IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi. Taxminlarga ko’ra,
bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar noma’lum xalq tomonidan
kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizasiya xizmatiga qo’ydilar. Mixxat
qadimda Old Osiyoda qo’llanilgan ponachalarga o’xshash chiziqcha (belgi)larni
loy taxtachalarga o’yib tushirishdan iborat ideografik yozuv turi, mil. avv III ming
yillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va
umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan va dastlab shumer
yozuvi piktografik shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan.
Piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv emas, u so’zlarni ifodalamas edi
9
,
masalan, oyoq tasviri “yurish”, “turish”, “olib ketish” ma’nolarini anglatgan.
Bunday belgilar miqdori 1000tagacha yetgan. Shumer mixxatlari dastlab
yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda- chapdan o’ngga qarab yozilgan.
Mill. avv III ming yillikning o’rtalarida mixxatning so’z-bo’g’inli shakli paydo
bo’lgan, belgilar miqdori 600tagacha qisqartirilib rasm - belgilar soddalashtirilgan.
Ayni shu davrda shumer mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar)
tomonidan o’zlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga
tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan mixxat keyinchalik, mil. avv II-I ming
yilliklar davrida bir qancha qo’shni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qadimgi fors va
boshqalar)ga moslashtirilgan holda qo’llana boshlagan. Bu davrda mixxatlar
harftovush bo’g’in yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib
chiqishiga asos bo’lgan. Mil. avv I ming yillik oxirlarida mixxatlar o’rnini oromiy
9
Olmstead A. T. The History of Assyria. –New York: ‘‘Charles Scribner’s Sons”, 1923. –P. 22
10
yozuvi egallagan. Mixxatda bitilgan juda ko’p yodgorliklar–tarixiy yozuvlar, turli
rasmiy hujjatlar, og’zaki ijod namunalari, lug’atlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar
saqlanib qolgan.
10
Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo’lib,
uning barcha jihatlarini birlashtirgan an’analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi.
Mil. avv XXIV asrda ilk batafsil yozilgan shumer matnlari paydo bo’ldi. Akkad tili
janubiy Mesopotamiyada mil. avv III ming yillikning 2-yarmida paydo bo’ldi.
Shumer va akkad tillari bir-biridan ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. Mil. avv.
III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan. Shumer
yozuvi keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o’zlashtirib
oldilar.
11
Akkad tili (qadimgi shahar Akkad nomidan) – maxsus som tillarining eng
qadimgisi. Ikki dialektga–bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois, ko’pincha, u
bobil-ossuriy tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi)
o’ziga xos xususiyati undagi so’zlar o’zagi undoshlardan (ko’pincha uch
undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda o’zakka tegishli bo’lmagan ba’zi
undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va o’zak umumiy ma’nosini
muayyanlashtiradi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-yilga kelib to’liq o’qishga
muvaffaq bo’lingan.
12
Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomaiya tiliga aylandi.
Qadimgi Meosopotamiyada loy mo’l-ko’l edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy
manba bo’lib xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib tuzlardan kuydirish yo’li bilan
tozalangan. Mesopotamiyada o’rmon bo’lmaganligi sababli, faqat eng muhim
matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutubxonada saqlanishi lozim
bo’lgan asarlar) xumdonlarda pishirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quritilgan.
Odatda, taxtachalar 7-9sm. uzunlikda bo’lgan. Yozuvlar ba’zida tosh va metall
taxtachaga ham yozilgan. Mil. avv I ming yillikda bobillik va ossuriyaliklar yozuv
uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida
Mesopotamiyada yog’ochdan qilingan uzun taxtachaga mum surtib mixxat
belgilarini tushirganlar. Mil. avv VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib
10
Фридрих И. История писма. –Москва: “Молодая гвардия”, 1979. –С. 105
11
Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси 1–жилд. –“Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2000. –Б. 175
12
https://uz.wikipedia.org/wiki/Akkadtili
11
kelgan paytda mixxat yozuvlari yo’qlik sari ba’zan tez, ba’zan sekin qadam
qo’yayotgan edilar.
13
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi arxivlar mil.
avv III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv ma’lumotlari
yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan.
Mil. avv XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonada yog’och tokchalarida
saqlangan. Mil. avv XVIII. asrga oid boy arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk
shahridan mil. avv VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.
Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va
ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta’lim va madaniyat
o’chog’i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf
o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab grammatika, astronomiya va
matematikadan bilim olganlar O’zini fanga bag’ishlagan o’quvchilar huquq,
astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan. Mesopotamiya maktablarida
jismoniy jazo keng qo’llanilgan va maktablarda o’quvchilar sinf xonasida fanlarni
o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan, qizig’i shundaki, ana o’sha o’quvchilar
yozgan mashq matnlari bizgacha yetib kelgan.
Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston, ertak va
maqollar to’plami bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini qo’shni qabilalar
hujumlari natijasida halokati to’g’risida ma’lumot beradigan asarlar alohida o’rin
tutadi. ”Ur shahri aholisining falokati motam “yig’isi: asarida (mil. avv XX asr
oxiri) asarida ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi, yong’indan
qolgan uylarda halok bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan.
Shumer
adabiyotining
eng
mashhur-namunasi
afsonaviy
qahramon
Gilgamesh to’g’risidagi epik afsonalar to’plamidir. Bu asar akkad tilida qayta
ishlangan nusxada to’laroq ko’rinishda Oshshurbanipal kutubxonasida topilgan.
Mil. avv II ming yillik oxirida Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy mavzudagi
“Ha, men donolik ilohini sharaflayman!!!” asari saqlanib qolgan. U aybsiz,
mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to’g’risida hikoya qiladi.
13
Fincke, Jeanette. The British Museum’s Ashurbanipal Library Project. –Iraq: “World”, 2004. –P. 66
12
Shu mavzuga yaqin “Bobil teodisiyasi” (so’zma-so’z tarjima qilganda,
“Xudoni oqlash”) poemasi mil. avv IX asrda paydo bo’lgan. Uning muallifi
podsho saroyida kohin bo’lib xizmat qilgan Esagil kuni-Ubbib nomli kishi bo’lgan.
Asarda bobilliklarning qiziqtirgan diniy-falsafiy g’oyalar o’z aksini topgan. Mil.
avv X asrga oid “Qul menga bo’ysun” asari hayotga umidsizlik ruhida bitilgan. U
xo’jayinning o’z qo’li bilan dialogi tarzida yozilgan.
Katta badiiy qiymatga ega bo’lgan Ossuriya annallari ossur jangchilari
bo’lgan begona davlatlar tabiati to’g’risida ritmik tilda yozilgan. Eng mashhur
Ossuri asari bu Ossuriya podsholarining dono kotibi va maslahatchisi Axikar
to’g’risidagi qissadir. Qissa to’liqroq holda suriya tilida saqlanib qolgan.
Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida din hukmronlik qilgan. Mil. avv
IV-III ming yilliklar orasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik
Bobilda o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Teologiya
atamasining o’zi (yun. theos –xudo va ...logiya)–xudoning mohiyati va irodasi
haqidagi diniy ta’limotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga
maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va
muqaddaslashtirilgan yozuvlar teologiyaning asosiy manbalari qisoblanadi.
Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari–seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va
boshqalarda oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi, avvalo, iudaizm va xristianlikka
nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham
ataladi.
14
Har bir shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan. Bundan tashqari,
umumshumer shaharlari sig’ingan xudolar bo’lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer
xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat stixiyasi kuchlarini aks
ettirganlar. Ko’pincha ular koinot jismiga o’xshatilgan. Har bir xudoga alohida
vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch
kashfiyotchisi, quyosh xudosi Utu (Akkad mifologiyasida Shamash), Oy xudosi
Ninnar, Enlilning o’g’li sevgi va hosildorlik xudosi Innana (Bobil va Osuriya
panteonida Ishtar) abadiy hayot, tabiat xudosi Dumuzi (Bobilda-Tammuz) keng
tarqalgan.
14
https://uz.wikipedia.org/wiki/Teologiya
13
Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasavvurida u dunyo
soyalar podsholigi qaysiki, o’liklar ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar. Loy,
chang bilan ovqatlanadilar. Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga
qurbonlik keltirishga majburdirlar.
15
Bizgacha juda ko’p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. Mesopotamiya
vrachlari chiqqan va singan suyak bo’g’inlarini davolay olganlar, lekin odamning
ichki kasalliklarni davolay olmaganlar. Mil. avv III ming yillikdayoq
mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yo’lni, mil. avv I ming yillikda
Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo’lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan xaritalar
bobilliklarning o’z geografik bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini
ko’rsatadi.
16
Qadimgi Mesopotamiyaning san’atini shakllanishi va keyingi taraqqiyotiga
shumerlarning badiiy an’analari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Tosh o’ymakorlik mil.
avv. III ming yillik boshlarida shakllandi. Toshga naqshlar o’yish (gliptika) mil.
avv I asrigacha yuksak darajada rivojlandi. Mil. avv XXIV-XXIII asrlarda
Mesopotamiya
yagona
davlat bo’lib,
birlashgan paytda
podsholarning
ideallashtirilgan portret-tasvirlari paydo bo’ladi.
Mil. avv I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunarmandchilik
madaniyat markazlari bo’lgan katta shaharlar paydo bo’ladi. Mesopotamiyadagi
ossur podshosi Sinaxreb tomonidan mil. avv. 705-681-yillarda qurilgan, maydoni
bo’yicha Old Osiyoda eng katta shahar Ossuriya poytaxti Nineviya edi.
Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, sanati, me’morchiligi, dini, yozuvi va
adabiyoti, qadimda ko’pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o’lchov mezoni
bo’lib xizmat qildi, shu o’rinda alohida ta’kidlab o’tish joiz bo’lgani, biz
o’rganayotgan manbalarning aksar qismi moddiy manbaalar bilan birga yozma
yodgorliklar-kitoblar, hujjatlar, xaritalar, yozishmalar, xabarnomalar hisoblanadi
va albatta, bularning barchasi har yerda emas, kutubxona deya atalmish muqaddas
dargohda saqlanadi. Mesopotamiyada ham shunday hujjatlarni o’z bag’riga olgan
15
Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 40
16
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: ”Tafakkur “, 2016. –B. 7
14
ulkan kutubxona mavjud bo’lgan. Bu Oshshurbanipal Saroy kutubxonasi bo’lib, u
Yangi-Ossuriya imperiyasining so’nggi buyuk shohi Oshshurbanipalning barcha
turdagi matnlarni o’z ichiga olgan loytaxtachalardan iborat bo’lgan ulkan
kutubxonasi edi. Kutubxona mil. avv VII asrda tashkil qilingan. Oshshurbanipal
kutubxonasi qadimgi dunyodagi eng katta kutubxona hisoblanadi.
17
Matnlar
arxeologik qazish ishlari natijasida shimoliy Mesopotamiyadagi Kuyunjikdan
(qadimiy Ossuriya poytaxti Nineviya) topilgan. Kuyunjik hozirgi shimoliy
Iroqning Mosul shahriga to’g’ri keladi. Ayrim hujjatlar to’lig’icha omon qolgan
lekin ko’pgina loykitoblar qazib olish jarayonida va ming yillab yer ostida
qolganligidan rekonstruksiya qilishga muhtoj bo’lib qolgandi, tabiiyki ularni
ta’mirlandi. Qadimgi fors va arman manbalarida Buyuk Aleksandr Makedonskiy
Nineviyada Oshshurbanipal Saroy kutubxonasini ko’rib, o’z kutubxonasini
yaratishga ahd qiladi va Oshshurbanipal kutubxonasi Buyuk Aleksandr
kutubxonasining yaratilishida Iskandarga ilhom parisi va sababchisi bo’ldi.
Chindan ham Makedonskiy buyuk kutubxona qurishga qodir edi va qurish ishlari
ham boshlanib ketadi lekin Aleksandr kutubxonaning “ochilish marosi” ga qadar
yetib boraolmaydi, vafot etadi. Uning xayrli ishini o’zini Aleksandr vorisi deya
hisoblagan Makedonskiyning do’sti Ptolomey nixoyasiga yetkazadi.
Kutubxona O’sten Genri Layard tomonidan 1849-yili kashf etilgan deb
hisoblanadi va barcha taxtachalar Angliyaga, Britaniya muzeyiga topshiriladi,
lekin loytaxtachalar janubiy-g’arbiy yerlarning shohi Sanxariv (mil. avv 705-681)
yashab o’tgan saroy xonalarining biridan topilgani uchun Oshshurbanipal
kutubxonasiga tegishli emas deb hisoblanardi, shunday bo’lsa ham bu kashfiyot
olamshumul topilma bo’ladi.
Oradan uch yil o’tib, Hormuzd Rassam, Layardning yordamchisi janubiy-
g’arbiy yerlarning shohi Sanxariv saroyi tepaliklariga qarama-qarshi tomonidan,
podshoh Oshshurbanipal (mil. avv 668-627) saroyidan shunga o’xshash
"kutubxona" aniqlaydi. Afsuski, bu topilgan kutubxona hujjatlari hech qanday
yangi kashfiyot deb tan olinmaydi lekin Yevropadan ko’plab olimlar u yerda
17
Menant, Joachim. La bibliothèque du palais de Ninive. –Paris: “E’Leroux”, 1880. –P. 33
15
tadqiqot ishlarini olib boradilar, oxiri, ikkita kutubxona taxtachalarini birlashtirib,
ular bitta kutubxona bo’lgan degan xulosaga keladilar. Loytaxtachalar aksarisi
Yevropa davlatlarining tadqiqotchilari tomonidan ta’mirlash uchun olib ketiladi,
ish yakunlangach Britaniya va mahalliy muzeylarga qaytarib beradilar.
Taxtachalardagi yozuvlar ma’nosini o’rganmoqchi bo’lgan olimlarga ham ma’lum
shartlar evaziga, ya’ni matnlar ma’nosini mutlaqo o’zgartirmagan holatda tarjima
qilish sharti bilan taxtachalar beriladi.
Oshshurbanipal nixoyatda qonxo’r, urushqoq, bosqinchi shoh sifatida tarixda
o’z nomini qoldirgan lekin u o’ta darajada qattiqqo’l bo’lishi bilan birga savodli va
kitoblarga, olimlarning yozgan ma’lumotlariga qiziqqan shaxs bo’lgan. U o’z
huzurida mohir xattotlarni to’playdi, ularga qadimiy matnlarni to’plashni, akkad-
shumer tillarida manbaalarni keltirishni buyuradi va buning uchun barcha
imkoniyatlarni yaratib beradi. Xattotlar Bobilga boradilar va u yerdagi jamiiyki
matnlarni ikki xil yozuv, tilda ko’chirib, maxsus xumdonlarda pishirib qaytib
keladilar.
Oshshurbanipal ularni bu xizmatlari evaziga juda ham chiroyli tarzda
mukofotlaydi hamda endilikda yaratilgan matnlarni saqlash, qo’riqlash va
foydalanish uchun xattotlarni o’zlarini mas’ul qilib qo’yadi, shu bilan birga, ularga
kutubxonani qo’riqlash uchun kuchli askarlardan ham qo’shib beradi. Shahanshoh
naqadar shavqatsiz bo’lgan bo’sa ham, u kutubxona taqdiriga kelganda shunchalik
muloyim bo’lib qolar va kutubxonani ko’z qorachig’iday asrab avaylar edi.
Bosqinchilik yurishlariga borganda ham askarlariga shaharning hech bir
kutubxonasi va xattotlariga qo’l tekkizmaslikni buyuradi. Jang tugagach yengilgan
shahar
kutubxonalarining
kitoblarini
loytaxtachalarga
yozdirib,
pishirib
kutubxonadagi kitoblarni esa joyiga qaytarib, istilo qilgan shahar–davlatining
xattotlarini o’zi bilan birga olib ketardi.
Nihoyat, matnli taxtachalar 30.000 loytaxtachalarga yetadi va 300 tokchalarga
kitoblarni joylashtiriladi. Kutubxona qoldiqlari topilgan vaqtda 2000 yozilgan
taxtachalar bus-butunligicha ekanligi ko’riladi va juda ham ehtiyotkorlik bilan o’z
manziliga yetkaziladi. Qolgan loy kitoblar qaysidir ma’noda zararlanganligidan
16
ajratib qo’yiladi va imkon qadar ta’mirlanadi, ana shu “davolangan” matnlarning
taxminan 6000 tasi viloyatlar bilan yozishmalar, boshqa mamlakatlar bilan olib
borilgan so’zlashuvlar, sulh, bitmlar, xalqqa solingan soliqlar, majburiyatlar,
aristokratik deklaratsiyalardan iborat edi. Qolgan matnlar tibbiyot, astronomiya,
adabiyot fanlariga oid bo’lsa, yana boshqa taxtalarda qo’shiqlar, ertakar, rivoyatlar,
bashoratlar, o’z xudolari va o’zga xalqlarning xudolari, vazifalari, ularga
munosabatlar, ibodatxonalar, ulardagi holat, qurilish jarayoni, sababi, qo’yingki,
barcha narsalar kitoblarda o’z aksini topganligini loytaxtachalarni o’rgangan
olimlar o’z maqolalarida keltirib o’tishgan. Shu bilan birga yana, Gilgamish
dostonining to’liq matni, qadimgi Bobilning she’riyati, qonunlari, dunyodagi ilk
odam Adapa haqidagi afsona, Yerning yaratilish tarixi, olam yaralgandan so’ng
birinchi yaratilgan yovuz Nippur hikoyatlari haqida ham matnlar mavjud. Shuni
ham alohida ta’kidlash joizki, Gilgamish dostonini shahanshoh Oshshurbanipal
shaxsan o’zi boshidan oxiriga qadar yozdirgani va faqatgina Gilgamish dostoni
uchungina bitta tokchani ajratgan edi.
Matnlar ko’proq ponasimon alifboda, mixxat, akkad yozuvida yozilgan edi.
Biroq nechundir bu yerda lotin yozuvidagi yozuvlar mavjud emas, yana qandaydir
matnli yozuv borki, hozirgacha ham bu qanday yozuv turiga kirishi ma’lum emas.
Taxtachalar ichida yana bir hujjat qishloq xo’jaligiga oid hujjatlar ham bor edi
va ular o’zgacha uslubda hamda tartibda yozilgani bilan o’sha yerdagi bor
matnlardan ajralib turadi.
Mil. avv 612-yilda Bobil va Midiya qo’shinlari birlashib Nineviya va
Osuriyaning qo’shinlari ustidan yurish qilib g’alaba qilishdi va mil. avv 605-yilda
yana bir bor qaqshatqich zarba bilan ossur qo’shinlarini kulini ko’kka sovurdilar.
Nineviyadagi jang-jadallardan so’ng kutubxona yong’in ostida qoladi va
olimlarning ayrimlari ana shu yong’in kutubxonani vayronaga aylangan bo’lishi
mumkin degan fikrni olg’a suradilar. Lekin hech bir tadqiqotchi aniq bir dalilni
keltiraolmaydi. Yuqorida aytganimizdek, kutubxona taxtachalarining aksar qismi
17
Britaniyaning Londondagi muzeyida saqlanadi biroq Britaniya muzeyidan tashqari
Iroq muzeyida ham kutubxonaning nodir taxtachalari mavjud.
18
Britaniya muzeyining to’plamlari bazasida Nineviya kutubxonasi to’plami
30.943 "loytaxtachalar"i butun “Oshshurbanipal matnlari bo’limi” deb ataladi va
alohida katalogi mavjud. Hozirgi kunda to’laligicha tiklangan, ta’mirlangan va
oldindan o’zi butunligini saqlay olgan hamda siz borib o’z ko’zlaringiz bilan
ko’rishingiz mumkin bo’lgan matnlar soni 10.000 tani tashkil qiladi. Shunisi bilan
qiziqki, kutubxonadagi hujjatlar faqatgina loy kitoblardangina iborat bo’lib
qolmay, u yerda yana teriga yozilgan, papiruslarga yozilgan matnlar juda oz
miqdorda bo’lsa ham topilgan va Britaniya muzeyiga juda “og’ir” ahvolda olib
kelib “davolanadi”.
1. Azeka yozuvi
19
-loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 700-yilda
yozilgan. Bu taxtacha 1903-yili kashf qilingan bo’lib, 1974-yilga kelib Nadov
Na’aman tomonidan “alohida bir bo’limdagi taxtacha” deya e’tirof etilgan.
Hozirda Britaniya muzeyida K.6205 + BM 82-3-23,131 son bilan saqlanadi.
Bu taxtachada Yahudiylar shohi Azekahning Sanxariv podshosi Hizyiqoga
qarshi yurishi va Sanxariv podshosining g’alabasi haqida hikoya qilinadi.
2. Tir Baal bilan Esarhaddon o’rtasidagi shartnomasi
20
- loytaxtachaga akkad
yozuvida mil. avv 675-yilda yozilgan. Bu taxtacha XIX asrda kashf qilingan.
Britaniya muzeyida K 3500+K 4444 +K.10235 tartib raqami ostida saqlanadi. Bu
taxtachada Oshshurbanipalning otasi Esarhaddonning (mil. avv 681-669-yillarda
hukmronlik qilgan) Tir Baal bilan tuzgan shartnomasi haqida yozilgan. Bu matnni
1898-tilda Ugo Vinkler “Qadimgi Yaqin Sharq tadqiqotlari” nomli maqolasida
tarjima qilib tushuntirib bergan. Sulh haqidagi matn ikkita sopol taxtachalarda o’z
aksini topgan. Esarhaddon Eber Narini fath qiladi, jangdan so’ng Tir Baal bilan
muzokara olib boradi, unga ko’ra, Esarhaddon bosib olgan yerlaridan bir necha
aholi
punktlarini-Akko,
Dor
va
Biblusni
Tirga
beradi.
3. Nimrud taxtachasi, Nimrud-hozirgi Mosul shahri, qadimgi Janubiy Nineviya
18
Johnson, Elmer D. History of Libraries in the Western World. –New Jersy: ”The Scarecrow Press”, 1970. –P. 36
19
https://en.wikipedia.org/wiki/AzekahInscription
20
https://en.wikipedia.org/wiki/Esarhaddon’sTreatywithBa’alofTyre
18
yaqinida, Dajla bo’yida joylashgan shahar.
21
Bu joy Ossuriyaning mil. avv 879-
722-yillarda poytaxti bo’lgan, Nimrud taxtachasini o’ziga to’xtaladigan bo’lsak,
loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 733-yilda bitilgan. Bu taxtacha 1873-yili
Jorj Smit tomonidan kashf qilingan. Britaniya muzeyida K.3751 raqami ostida
saqlanadi. Yozuv Tig’latpilasar III davrida bitilgan. Uning hukmronlik qilgan
davrining
ilk
17
yilligi
haqida
batafsil
ma’lumotlar
mavjud.
22
4. Sargon II Prism A
23
- loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 710-yilda yozilgan.
Bu taxtacha XIX asrda kashf qilingan. Britaniya muzeyida K.1671+K.1668a
raqami bilan saqlanadi. Birinchi qismi 1668-yili topilgan, qolgan qismi esa 1903-
yili topib tarjima qilingan. Hajmi-6,4x4,4sm dan iborat. Bu loytaxtacha Sargon II
ga atalgan va to’laligicha u haqida ma’lumotlar bitilgan.
5. Ammitsadukning Venus matni
24
-asl uzunligi 17.14sm bo’lgan lekin vaqtlar
bu taxtachaga ham o’z hukmini o’tkazgan va hozirda 6.75sm qolgan. Kengligi ham
xuddi shunday-yozilgan paytida 9,2sm, hozirgi holati 3.6smni tashkil qiladi.
Qalinligi 2.22sm bo’lgan va ayni paytda 0.87smni tashkil etmoqda. Bu matn Yangi
Ossuriya davriga tegishli bo’lib, Kuyunjikdan topilgan, hozirda Britaniya
muzeyida K.160 tartib raqami ostida yashamoqda.
Bu matnda ilk astronomik kuzatishlar haqida batafsil ma’lumotlar qoldirilgan.
6. Gilgamesh dostoni
25
-mil. avv VII asrda shaxsan Oshurbanipal
boshchiligida yozilgan butun dunyoga dong’i ketgan afsonaning matni hisoblanadi.
U hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi, taxtachalarning bir nechtasi ta’mirlangan,
yana bir nechtasi qaytadan yozilgan. Unda afsonaviy Uruk podshohi Gigamish
yoki Bilgamishning hayoti, sayohati, qayg’u-g’ami haqida batafsil bayon etilgan.
7. Yerning yaratilishi
26
-1849-yili Ostin Genri Layard tomonidan parcha-
parcha holida topildi, qayta ta’mirlandi va 1876-yili esa Jorj Smit uni tarjima qildi
va butun ommaga e’lon qildi. Bu matn faqatgina ilohiyot haqida bo’lib shumer-
21
https://en.wikipedia.org/wiki/Nimrud
22
https://en.wikipedia.org/wiki/NimrudTabletK.3751
23
https://en.wikipedia.org/wiki/SargonII27sPrismA
24
https://en.wikipedia.org/wiki/VenustabletofAmmisaduqa
25
https://en.wikipedia.org/wiki/EpicofGilgamesh
26
https://en.wikipedia.org/wiki/Enly
19
akkad yozuvida bitilgan. Bu loytaxtacha ham Britaniya muzeyida saqlanib
kelinmoqda.
Britaniya muzeyida so’nggi marta eng ko’p vaqt davomida kataloglashtirilgan
topilmalar bobil-akkad-shumer tillarida yozilgan Oshshurbanipalning 3.700 tadan
oshiq bo’lgan loytaxtachalardan iborat kutubxonasi hujjatlari bo’ldi. Bu matnlarga
olib kelingunga qadar va undan oldin ham, ya’ni kutubxona mavjudligi va ularning
asosiy qismi faqatgina loy taxtalardan iborat ekanligini eshitgandan so’ng,
nixoyatda ko’p olimlar, tadqiqodchilar qiziqish bildirishdi va uni o’rganish uchun
navbat kutib turish darajasiga ham yetdilar. Matnlar ustida izlanishlarni olib
borgan bir olim yozilgan matnlarning 13% qadimgi davrdagi shevalarda
yozilganligini o’z maqolalarida keltirdi” deb yozadi Britaniya muzeyining ilmiy
hodimi Robson o’z maqolasida.
27
Matnlarni pishirish ossuriyalik xattotlar va yoki bo’lmasa ustalar tomonidan
emas balki Midiyadan olib kelingan xumdonlar va o’sha yerning o’zidan
keltirilgan ustalar tomonidan pishirilgan va shumerlik qo’riqchilarga tayyor
“mahsulot” topshirilgan.
Layard taxtachalarni topgandan so’ng 1853yilda “Nineviya va Vavilondagi
sirlarning ochilishi” nomli maqolasini e’lon qildi. Uning maqolasidan ko’p vaqt
o’tmay Klark kutubxona va uning matnlari haqida ocherk yozadi, unda
“Kutubxonada juda ham tartibli va tizimli tarzda ish olib borilgan, ya’ni har bir
taxtachaga yozilgan ma’lumotlar qaysi sohaga tegishli bo’lsa, o’sha nomdagi
tokchaga yillariga qarab terilgan, buni 55-taxtachadagi shumerlik xattotning yozib
qoldirgan ushbu xatidan bilishimiz mumkin: “Bas, buyuk olampanoh va
pushtipanohimiz Oshshurbanipal janoblarining ushbu kundagi farmonlariga ko’ra,
har bir yozilgan kitobimiz, agar u tibbiyotga oid bo’lsa maxsus “Tibbiyot bo’limi”
dagi tokchaga, ya’nikim bugundan har bir tokchaga nom berish, masalan,
“Tibbiyot bo’limi”, “Fan bo’limi”, “Rivoyat bo’limi” va yana boshqalarini ham
aytish mumkin bo’lgan atamalarni janoblari Oshshurbanipaldan chiqdiki, biz qullar
27
Wiegand, Wayne A. and Donald G. Encyclopedia of Library History. –New York: ”Garland Publishing”, 1994. –
P. 10
20
bu amrni bir so’z demay bajaramiz va bugundan har bir kitob o’z sohasiga qarab
ajratiladi”, demak, o’z-o’zidan anglashiladiki, kutubxona tom ma’noda tartibli
saqlangan”.
28
1872-yilga kelganda yana bir ossurayashunos olim Jorj Smit jon-u dili bilan
matnlarni, ular saqlangan yerlarni o’rganishga bel bog’laydi va ko’plab
ma’lumotlarni aniqlaydi, ya’nikim, Oshshurbanipalning kutubxona haqidagi
ta’qiqlari va uning o’zi yaratgan kitoblariga munosabatini yozib qoldirgan matnini
to’liq tarjima qilishga erishadi, unga ko’ra, “Men kim, Oshshurbanipal, Xudolar
nazar solgan hukmdor sifatida aytaman, ushbu kutubxona men uchun jonimdan
ham aziz va uni yaratish uchun ko’plab qonlar to’kdim, ko’p ellarning xattotlari,
ustalari va jamiki olimlarini yig’ib keltirdim va ularga loytaxtachalarga matnlarni
yozishni buyurdim!
Men, kim Oshshurbanipalni Xudolar va ajdodlarim ruhi qo’lladi va men ulkan
kutubxona bunyod ettirdim. Bu ishni qilishda men, Oshshurbanipalga Nabu
donoligi yordamga keldi.
Men, kim Olampanoh, har bir matnni o’z ko’zim bilan tayyorlanish jarayonini
kuzatdim va har bir matnni tayyorlashda alohida bir ishtiyoq bilan zavq-u shavqqa
to’ldim va har bir matnni yozayotganda chiroyli va mukammal ishlaydigan
xattotlar, ustalarni tayin qildim va eng so’nggida kutubxonani qo’riqlash uchun
maxsus askarlardan tayin qildim, ular kechasi ham, kunduzi ham uxlamaydilar va
kutubxonaga hech bir kimsani yo’latmaydilar!!!
Xudolar nazari tushgan, ajdodlar ruhi qo’llagan Oshshurbanipal xudolar nomi
bilan qasamyod qilaman va la’natlayman, kimda kim Olampanoh ruhsatisiz
kutubxonaga kirsa va yoki bu joydan biron loytaxtachani o’g’irlasa, qoyadan
pastga tashlab yuboraman, ha buni men, kim Oshshurbanipalning o’zi qilaman,
ishonamanki, bu qilmishim uchun Xudolar meni qarg’amaydilar va aksincha, meni
alqaydilar”, deya yozilgan sopol taxtachani 1983-yilgi nashr etilgan Menant
28
Roaf M. Cultural Atlas of Mesopotamia and the Ancient Near East. –London: “Penguin Random House”, 2004. –
P. 191
21
Joachimning ilmiy maqolasida va yana qo’shimcha qilib, “bu matn 52-53 sonli
raqam ostida saqlanmoqda” deyiladi.
29
Oshshurbanipalning kutubxonasi qoldiqlari ichidagi tibbiyotga oid matnlar
bilan qiziqqan tadqiqotchi Reginald Tompson bo’lib, u ham juda chuqur izlanishlar
olib boradi va o’z o’rnida shularni aniqlaydi, tibbiyotga oid sopol kitobchalar
660tani tashkil qilgan, albatta bu faqatgina bizning davrimizga qadar eson-omon
yetib kelgan matnlardir. Tompson bu haqidagi maqolasini 1923-yili “Nineviya
tibbiyoti sirlari” nomi ostida chop ettiradi.
U o’rgangan matn 1880-yili ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, 2014-yilga kelib
taxtachalar yana qayta ta’mirga muhtojlik sezadilar va 2014-yilning 27-dekabr
kuni “davolanish kursi”ni tugatib joylariga qaytadilar.
30
Oshshurbanipal saroy kutubxonasi haqidagi izlanishlar hamon davom
etmoqda va aytish mumkinki, oxirgi 100 yil ichida tadqiqotchilar bu matnlar
ichidan juda ajoyib bo’lgan yangidan yangi ma’lumotlar topaveradilar, sababi
kutubxona fondi katta bo’lish bilan birga juda murakkab, qiziqarli va zavqli.
Undan ham o’shanday zolim shahanshohning ichki kechinmalari ham aks etgan
matnlarni o’rganish kishida o’zgacha ruhiyatni keltirib chiqarishi tabiiy.
Xett podsholigi. Mil. avv II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati
to’g’risida tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo’q edi. 1829-yilda
J.F. Shampalon tomonidan Ramzes II yozuvlarining o’qilishi va R. Lepsius
tomonidan nashr etilishi XIX asrning 40-yillarida “Kadesh yonidagi jang” Misr-
Xett tinchlik shartnomasining tuzilishi qudratli Xett davlatining mavjud
bo’lganligini aytishga imkon berdi.
31
Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va shimoliy
Suriyada 1876-yilda sirli iyeroglif (xett iyeroglif) yozuvlar va tasvirlar topilgan
edi. 1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda
Xett podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o’tiladi. Bu
kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo’lganini
ko’rsatdi. 1906-yil nemis olimi, ossurologi Y. G. Vinklyer va turk arxeologi
29
Frahm. The British Museum’s Ashurbanipal Library.
–Oxford: ”Oxford University Press”, 2004. P. 292
30
Fincke JC. The Babylonian Texts of Nineveh: Report on the British Museum’s Ashurbanipal Library. –Oxford:
”Oxford University Press”,
,
2003. –P. 2–3
31
Kabirov A. Qadimgi shaq tarixi. –T.: ”Tafakkur”, 2016. –B. 201
22
Makirdibey
32
tomonidan Bo’g’ozqoyada (Turkiya, hozirgi Anqara yaqinida) xettlar
poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishdi. Qazishmalar
natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o’n minglab taxtachalardan iborat arxiv,
jumladan, Xett – Misr tinchlik shartnomasining mixxat variantini ham topadi.
Chex tadqiqotchisi B. Grozniyning qadimgi Xett yozuvlarini o’rganishda
xizmatlari juda katta. U 1915 – 1917-yillarda chuqur tadqiqotlar olib bordi va xett
tili va yozuvini birday o’rgandi, natijada xett tili hind-yevropa tillar oilasiga
mansub degan xulosani butun dunyoga aytdi, natijada Xett davlati tarixini
o’rganish kuchayib ketdi. Ammo Turkiya olimlari xettlarni turk tili oilasiga
mansub deb hisoblaydilar va xettlargacha bo’lgan yodgorliklar “turkey xususiyatga
ega “ deb aytadilar.
33
Xett yozuvlari asosan, mil. avv XIV asrga mansub bo’lib, mazmunan xett
yilnomalari, podsholarning yozishmalari va Xett qonunlar majmuasidan iborat
bo’lgan. Unda Xett diplomatiyasi, adabiyoti, Misr fir’avnlari, Ossur va Bobil
podsholari bilan yozishmalari, shuningdek, xalqaro va har xil shartnomalar haqida
qimmatli ma’lumotlar bor. Xett yozuvlarida xo’jalik va adabiy-diniy matnlar ham
saqlanib qolgan.
Xett tili - oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qadimgi hind-yevropa tillaridan biri;
xatt, palayya, lidiya va boshqa tillar bilan xett – luviy tillari (anatoliya tillari)
guruhini tashkil etgan o’lik til hisoblanadi. Xett tilida soʻzlashuvchi aholi qadimgi
Anatoliyaning markaziy va shimoliy qismlarida yashaganlar. Xett tili tarixida 3
davr farqlanadi:
1. Qadimgi davr (mil. avv XVIII – XVI asrlar);
2. O’rta davr (mil. avv XV asr – XIV asr boshlari);
3. Yangi davr (mil. avv XIV asr oʻrtalari – XIII asr).
Bizgacha yetib kelgan matnlarning aksariyati Yangi podsholik davriga
mansubdir. Xett tilining asosiy grammatik xususiyatlari: feʼl qoʻshimchalari 2
turga, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga bo’lingan. Leksikasida xett, akkad va
32
Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 560
33
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 201
23
xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar, asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi
– mixxat boʻlib, u shimoliy Suriyadan, ehtimol, qadimgi akkad mixxatidan
oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan, 1906–1907 yillardagi arxeologik
qazishmalar chogʻida Xattusadagi (Turkiya, hozirgi Boʻgʻozqoya) podsholik
arxividan topilgan.
34
Grozniyning tadqiqotidan keyin olim A. Getse ham Xett podsholigi
o’rganishga kirishdi hamda 1933-yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini
yaratdi. Bundan tashqari, A. Getse 1933-yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy
ocherkini ham chop ettirdi. Muallif Xett davlati harbiy va sulola tarixiga asosiy
e’tiborini qaratdi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari
o’xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib xettlarning ijtimoiy
tizimini feodal tuzum deb ta’rifladi. Lingvist va arxeologlar xett madaniyati
asoslarini yaratishda protoxettlarni, xurrit qabilalarini o’rnini ko’rsatadigan
dalillarni topdilar.
Xett podsholigini ko’plab olimlar sinchkovlik bilan uzoq vaqtlar o’rganishdi
va quyidagilarni aniqlashdi: Xett podsholigi–Kichik Osiyodagi qadimgi davlat
(mil. avv XVIII – XIII-asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik
guruhlar kirgan. Xettlar podshosi Anitta davri (taxminan XVIII asr)da
Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusa shaharlarini
bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Anitta vafotidan keyin mil. avv XVII
asr oxirida boshqa xett urug’i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlatining
asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna
(yoki Tabarna) ( mil. avv 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U
istilochilik yurishlarini davom ettirib Tavr tog’ tizmasining shimoliy qismini
egallaydi va shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini
“Dengizdan-dengizgacha” kengaytiradi. Uning ichki va tashqi siyosati kuchli
ta’sirlangan va tan bergan, keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna
nomlarini o’zlariga unvon sifatida qabul qiladilar.
34
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xett_tili
24
Qadimgi xett sulolasining asoschisi–Labarna (XVII asr boshlari) Xett
podsholigi hududini kengaytirgan. Labarna mavjud xett an’analariga zid ravishda
o’g’li Xattusilisni o’z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusilis I (mil. avv. 1650-1625
yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko’chiradi. (Shu
voqeadan keyin davlat rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda “Xett” deb atala
boshlandi). Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (XVII asr oʻrtalari)da Kichik
Osiyoning shimolidagi Salpa shahri va Kichik Osiyoning bir qancha janubi-sharqiy
viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusaga koʻchirgan. Xattusilis I
(XVII asr oxiri) vorisi Mursilis I (mil. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett
podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan
yo’ldagi asosiy savdo markazi bo’lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib
oladi. Mursilis I mil. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib Xammurapi
sulolasini tugatdi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy
fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay taxt vorisligiga ko’pgina
da’vogarlar bo’lishiga imkoniyat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar.
Oqibatda Mursilis I saroy fitnasi qurboni bo’ladi. Xett hukmron tabaqalari ichida
o’zaro kelishmovchiliklar boshlanadi. Mil. avv XIV – XII asrlarlarda Xett
podsholari Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada yashaydigan xurriy
qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (XIV asr boshlari) uzoq davom
etgan urushlardan keyin Mitanni (Shimoliy Mesopotamiyadagi qadimgi davlat)ni
bosib olgan. Ugarit (Shimoliy Finikiyadagi qadimgi shahar-davlat)ni oʻz vassaliga
aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (XIV asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi
bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. XIII asr oxiri – XII asr boshlarida
Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning
ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Shunday bir vaziyatda taxtga Telepin
(XVI asr oxiri) keldi. U qadimgi Xett podsholigining oxirgi yirik podshosi boʻldi.
O’zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (mil. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek
qo’yadi. Uning davrida faqat podshoning o’g’li taxtga chiqish huquqiga ega bo’ldi;
agar podshoning o’g’illari bo’lmasa uning singlisining o’g’li va eng so’ngida
podshoning kuyovlari taxtga davogar bo’lish qoidasi o’rnatildi. Taxt vorisligining
25
bunday tartibi qat’iy bo’lib, zodagonlar kengashi “pankus”ning taxt vorisligi
masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda “pankus” o’z huquqini
saqlab qoldi. ”Pankus”ning yuqori pog’onasi bo’lgan “tuliya” hal qiluvchi rol
o’ynadi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo’lgan zodagonni
qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror a’zosiga podsho
tomonidan o’lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta’qib
ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Qadimgi Xett
davlatida urug’-jamoa qoldiqlari hali kuchli bo’lgan. Xett podsholari o’z
hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol ko’tarishga
qobiliyatli bo’lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan “pankus” deb ataladigan
yig’ilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvda faol
qatnashib, o’zlarini kuchli tayanchi bo’lgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali
xalq yig’iniga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari davlat boshqaruvida
podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol o’ynaganlar.
35
Tadqiqotchilar bu davrni (mil. avv XVIIII asr va mil. avv XVI asrlar oralig’i)
qadimgi Xett podsholigi davri deb hisobladilar. Telepin va uning o’g’li
hukmronligidan so’ng, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr o’rta
Xett podsholigi davri (mil. avv XV asr ) deb nom oldi. Bu davrda Xett
podsholigining ahvoli yana og’irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati
tushkunlikni boshidan kechiradi.
Mil. avv XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni
davlatlari zaiflashib, xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun
qulay shart-sharoit tug’iladi. Mil. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi xurrit
bo’lgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos soladi. Yangi
sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatchiligi g’oyalarini qaytarishga da’vo
qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan
mutlaq hukmdorga aylandi va o’ziga voris tayinladi (Bu voris alohida “Tuxkante”
lavozimiga aylanib, bu vazifadagi kishini zarur bo’lganda almashtirish mumkin
edi). Endilikda saroy to’ntarishlari isyonga aylanib ketmadi. Shu vaqtdan boshlab
35
Кузишина В. И. История Древнего Востока. Том III. –Mосква: “История”,1983. –С. 8
26
podsho alohida samoviy ilohiylik egasi hisoblanib, “Quyoshim” deb
ulug’lanadigan bo’ldi.
Xett podsholari ichida eng taniqli diplomat, uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi,
mohir sarkarda Suppilium I (mil. avv. 1380-1335-yillar atrofida) davlatni harbiy
qudratini oshiradi. U yengil, tez yuradigan jang aravalari bilan qo’shinni
ta’minlaydi. Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusaning mudofaa inshootlari
mustahkamlanadi. Suppilium I Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’i mayda
davlatchalarini va Mitanni davlatini o’ziga bo’ysundiradi. Mitanniga tegishli
Suriya viloyatlarini va shaharlarini bosib oladi. Suppilium I o’z kuyovini Mitanni
taxtiga o’tkazadi. U Suriyada markazi Karxamish va Xalpa bo’lgan xettlarga
qaram davlatlarga asos solib, bu davlatlarni hukmdori qilib o’z o’g’illarini
tayinladi. Bobil va Axey (miken Yunonistoni) davlatlari Suppilium bilan do’stlik
aloqalarini o’rnatishga majbur bo’ldilar.
Uning vorisi Mursili II (mil. avv. 1335-1305 yillar atrofida) otasining
davlatini to’la hajmda saqlab qoldi, biroq qaram hududlardagi isyonlar,
qo’zg’olonlar va boshqa qudratli davlatlarni mamlakat hududiga tazyiqiga qarshi
to’xtovsiz urushlar olib borishga majbur bo’ldi. Mursilis II Kichik Osiyodagi
janubiy Frigiya va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo’ysundiradi. U an’anaviy
raqib Arsava podsholigiga (Kichik Osiyo) qarshi g’olibona yurish qilib Egey
dengizi qirg’og’igacha chiqadi. Ammo Mursilis II podsholigining so’nggi yillarida
Misr XIX sulola davrida yanada kuchayadi va Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’ogi
uchun Xett davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Mil. avv 1286 yilda Kadesh
shahri yonida har ikki tomon uchun hal qiluvchi janglardan biri bo’lib o’tadi.
Jangda Misr qo’shinlari yengiladi. Shunga qaramasdan Misr fir’avni, iste’dodli
sarkarda Ramzes II yana urushga tayyorlanib, xettlarni Falastin, Finikiya va
Suriyani katta qismidan siqib chiqaradi. Oxir- oqibatda, Misr va Xett davlati mil.
avv. 1280-yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha
Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida qoladi. Har ikki
davlat o’rtasida savdo aloqalari kuchayadi.
27
Endilikda Xattusilis III kuchayib borayotgan Ossuriyaning harbiy tazyiqiga
qarshi Bobil bilan ittifoq bo’lishga harakat qiladi va ammo Ossuriyani Yuqori
Mesopotamiyadan siqib chiqara olmadi. Xett davlati kuchli qo’shinga ega bo’lgan
Ossuriya tazyiqini qiyinchilik bilan qaytaradi.
So’nggi Xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki o’g’li davrida axeylar,
Bolqondan kelgan frigiyaliklarni Kichik Osiyoni g’arbida hujumini zo’rg’a
qaytaradilar. Axeylar tor-mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo g’arbidagi Ilion
shahri bosib olinadi. So’nggi xett podshosi Suppilium II Kipr orolini yana qayta
bosib oladi. Mil. avv XII asr oxirida Egey dengizi qirg’oqlari va orollarining etnik
jihatdan olaquroq “dengiz xalqlari” Xett davlatini tor-mor qiladilar (mil. avv.
1190-yillar). Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi.
Markazlari Karxamesh va Melida bo’lgan so’nggi Xett podsholiklari qoldiqlari
Mil. avv VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi.
36
Xurritlar, xurriylar – til jihatidan urartlarga qardosh boʻlgan qadimgi
qabilalar. Mil. avv III ming yillikdan Shimoliy Mesopotamiya va Dajla
daryosining soʻl irmoqlari havzasida, mil. avv II ming yillikdan esa Frot
daryosining yuqori va oʻrta havzasida, Suriya, Tavr togʻlari, qisman Falastinda va
boshqa yerlarda yashaganlar. Xurritlarning eng koʻp tarqalgan markazi Kavkazorti
boʻlgan degan taxminlar mavjud. Suriya va Mesopotamiyada xurritlar somiylar
bilan aralash yashashgan. Mil. avv XVI-XIII asrlarda xurritlar Shimoliy
Mesopotamiyada Mitanni davlatini barpo etib, Xett podsholigita kuchli taʼsir
koʻrsatganlar. Mil. avv II–I ming yillik boshidagi ossuriy manbalarida xurritlar
subareylar deb qayd etilgan. Mil. avv I ming yillikda xurritlar Armaniston togʻlari
atrofida tarqoq holda yashashganlar. Xurritlar mixxat yozuvidan foydalanishgan.
37
Xett podsholigi madaniyati. Xett jamiyati o’z madaniy taraqqiyotida Misr va
Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Qadimgi xettlar
o’zlariga mos madaniyat yaratganlar. Xett madaniyatida ayniqsa, xurritlarning
ta’siri kuchli bo’lgan. Qadimgi Xett madaniyati B. Lansberger, Y. Levi kabi nemis
36
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xettpodsholgi
37
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xurritlar
28
olimlari, P. Garellidek fransuz, N. B. Yankovskiy, B. A. Turayev va V. V. Struve
kabi rus olimlarining diqqat-e’tiborini o’ziga tortgan.
38
Xettlarda astronomiya, matematika, geometriya, tarix, agronomiya,
veterinariya, tabobat va boshqa fanlar o’z davrida ancha rivoj topgan edi. Qadimgi
xettlarda haykaltaroshlik, toshtaroshlik, qabartma rassomchilik va qoyatoshlarga
rasm ishlash ham rivoj topgan edi. Ular asosan, xudolar, podsholar, jangchilar, har
xil hayvonlar, ot, jangovar arava va boshqa narsalarning haykallari, rasmlarini
mohirlik bilan ishlaganlar.
Xett dini o’ziga xos belgilarga ega edi. Xettlarning ming ma’bud va
ma’budalari to’g’risida manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda esa, cheklangan
miqdorda ilohlarga sig’inilgan. Poytaxt Xattusining oliy homiysi chaqmoq xudosi
edi. U bilan birga xurritlarning chaqmoq xudosi Tesubga ham sig’ingan. Xattusada
Quyosh, hosildorlik xudosi Telepinga va mahalliy hosil xudosi Sandanga e’tiqod
qilingan. Podsho Quyoshga o’xshatilib ilohiylashtirilgan. Shu sababli xettlar o’z
podsholarini “Quyoshim” deb sig’inganlar.
Xett yozma asarlaridan bizgacha yetib kelgan podsholarning “tarjimai
hollari” juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan. Ularda yorqin obrazlar, chuqur
kechinmalar va o’ziga xos axloqiy qarashlar seziladi. Xett yilnomalarida
mamlakat tarixini uch davrga bo’lishga urinish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xett
arxivlarida boshqa mamlakatlar, masalan, Akkad tarixi to’g’risida ma’lumotlar
ham mavjud.
Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi mavjudligidan dalolat
beradigan yana bir madaniy yutuq uch tilli shumer – bobil-xett lug’atlarining
tuzilishidir.
Bizgacha Xett podshosi bosh otboqari Kikulli ismli kishi tuzgan yilqichilik
to’g’risidagi ajoyib qo’llanma yetib kelgan.
Xett haykal va rel’yeflari vazmin va ulug’vorligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari qurish yuqori darajada
bo’lgan. Xett madaniyati ko’p asrlik shimoliy Mesopotamiyada va unga yaqin
38
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 202
29
boshqa hududlarda yashagan qabila va xalqlarning madaniyatini o’zida aks
ettirgan va boshqa madaniyatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Xettlarning
madaniy merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo’shni
mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
39
Xett madaniyatiga oid yozuvlar topib tarjima qilinganda, ular orasida
quyidagi matnni ham topadilar: “Ulug’ podsho Tabarna o’z shahri Kissirda kasal
bo’lib qoladi. O’g’li Mursilini podsholikka chaqirib, amaldorlariga endi men
o’g’limni sizlarning ustingizdan “tabarna”-podsho qildim”, deb yozilgan edi.
40
Xett podsholigida ham kutubxonalar mavjud bo’lib, ulardan biri Qadimgi Xett
podsholigining poytaxti bo’lgan Xattusada joylashgan bo’lib, u Xattusa saroy
kutubxonasi edi.
Xattusa
hozirgi
Turkiyadagi
Bo’g’ozqoyada
joylashgan
manzilgoh
hisoblanadi, bu yer Onado’luga yaqin hamda yonida Qizilmirik daryosi mavjud.
Xattusa bronza asriga taalluqli manzilgoh hisoblanadi. 1986-yilda Xattusa
YUNESKOning jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
Xett podsholigining ko’rkam poytaxti Xattusa bo’lgan Xattusaning tevarak-
atrofi nixoyatda chiroyli, bepoyon yaylovlar, kichikroq o’rmonlar, (qadim
zamonlarda juda ham keng bo’lgan, insonlar ta’siri ostida kichrayib ketgan)
tepalikar bor bo’lgan go’zal bir maskan edi. O’rmonlar aholi uchun xazinaning o’zi
edi, u yerdan ham foydalanar, ham yog’ochini bir qismini sotardilar. Yana bu
yerda Yazalikaya qoyasi va Olochohoyuk shaharchasi kabi aholi yashaydigan
manzilgohlar bo’lgan, bu yerlarda ham odamlar yashaganlar. Qizilmirik daryosida
esa kemalar qatnovi asosiy transport vositasi bo’lgan.
Mil. avv 2000-yilda mahalliy xattian odamlari shu yerda kichkinagina bir
manzilgoh qurib daryo bo’yida yashay boshlaydilar. Lekin olimlar haqiqiy aholi
manzilgohi sifatida mil. avv VI asrdan deb hisoblaydilar. Mil. avv XIX – XVIII
asrlarda ossuriyalik savdogarlar Xattusaning tabiati, holatini o’rganib chiqib
Kanesh (Nasoiy) (zamonaviy nomi Kultepa) degan joyida savdo markazlaridan
39
Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –T.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 580
40
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 210
30
birini tashkil qiladilar. Savdo albatta, savodxonlikni talab qiladi va bu yerda o’z-
o’zidan savodlilar ko’paya boradi. Mixxat yozuvi keng tarqaldi. Qazish ishlari
natijasida mil. avv 1700-yili Xattusa yong’in ichida qolgani ma’lum bo’ldi. Shahar
yoqilishiga sababchi Anatta edi. U o’z hokimiyatini o’rnatish maqsadida Xattusaga
hujum qiladi va yong’indan so’ng o’z ixtiyoriga olib, Xett podsholigining poytaxti
etib belgilaydi hamda ulkan qurilish ishlarini olib boradi. Bunga dalil sifatida
Xattusa saroy kutubxonasidan topilgan ushbu bitikni keltiramiz: “Men, kim Attila
savdo markazi Xattusaga hujum qildim va barbod qildim, oxir-oqibat, yana
tikladim va poytaxt unvonini berdim”.
Xattusaning kashf etilishi 2 yil – 1893-1894-yillarda amalga oshirildi.
Boshida sinov tariqsida bitta handaq ochilib o’rganildi. Shu bilan 1906-yilga qadar
hech kim bu yerlarga kelmadi va nihoyat, 1906-yili Germaniya sharq madaniyati
nomli ekspeditsiya ikki marta, 1913 – 1931-yillar va 1940 – 1951-yillar oralig’ida
qazish ishlarini olib bordi. 1906-yilda Ugo Vinkler va Teodor Makridiy Bey
arxeologik izlanishlar olib borgan bo’lsa, 1911 – 1913-yillarda olim Kurt Bittel,
1940 – 1951-yillarda esa Butrus Neve bu yerda ilmiy izlanishlarini olib bordilar va
u 1963-yildan boshlab toki 1978 – 1994-yillarda Xattusa kutubxonasidan topilgan
manbalarni bo’lim boshlig’i sifatida o’z faoliyatini davom ettirdi.
Xattusa saroy kutubxonasi Gemaniya tadqiqotchilari tomonidan topilgan
paytda kitoblar sopol taxtachalar deyarli zarar ko’rmaganiga va nihoyatda yaxshi
saqlanganiga guvoh bo’lishadi. Kutubxonadagi hujjatlar mum solingan savatlarda
saqlangan bo’lib, ular orasida ibodat marosimlari qo’shiqlari, o’zga yurtlar bilan
olib borilgan sulh, bitm, kelishuvlar, mil. avv 1258-yili Kadesh jangidan so’ng
Xett va Misr fir’avni Ramzes II bilan bo’lgan muzokaralar to’liqligicha bizning
davrimizga qadar yetib kelgan. Yana taxtacha oxirida yili ham bitilgani tahsinga
sazovor, ya’ni matn 1259-yilda yozilgan edi. Undan tashqari, Xett podsholarining
har biri haqida batafsil ma’lumotlar, ilmiy kitoblar, diniy ta’limotlar, xo’jalik
hayoti, yerga urug’larni qachon qanday ekilishi, qachon yig’ib olinishi, ularning
xususiyatlar, shu bilan birga, “Ullikumin haqida qo’shiq” va “Telepin haqida
afsona” kabi xett adabiyoti namunalari, ”Suppilulium I solnomasi”, “Mursili II
31
solnomasi” va “Xattusili III tarjimayi holi” kabi tarixiy asarlar, yangi podsholik
davrida esa mesopotamiyaliklarning “Gilgamish haqidagi doston”i, Gesiodning
“Teogoniya” kabi asarlari xett tiliga tarjima qilingan va Xattusa saroy
kutubxonasida saqlangan,
41
biroq bu kutubxonadan faqatgina zodagonlar, maxsus
ruhsatnomasi bo’lganlargina foydalana olishgan. Kutubxona saroyning o’zida
joylashgan, doimiy kitoblar bilan to’ldirib borilgan, yoziladigan loy ham juda
ehtiyotlik bilan tanlangan, maxsus xumdonlarda pishirish uchun maxsus kulollar,
mutaxassislar yollangan, bu qadar kutubxonalarga e’tiborli bo’lishning albatta, o’z
sababi bor, ya’ni qadimgi dunyoda qaysiki, shahar, podsholik, qirollikni o’z
kutubxonasi bo’lsa, unda hashamati, u yerdagi kitoblarning ko’pligi, xattotlar
mahorati alohida rol o’ynagan, ana shu shaharning mavqei shu qadar baland
bo’lgan, ya’ni kutubxonalar shahar-davlatlarning marvaridi bo’lgan.
Xattusa kutubxonasida ham 30.000 sopol taxtachalardagi kitoblar qazib olindi
va Istanbul hamda Anqara muzeylariga alohida bir bo’lim sifatida topshirildi.
42
Yuqoridagi ikkita antik davr kutubxonalari – Oshshurbanipal va Xattusa
saroy kutubxonalarini o’rganish davomida ulardagi umumiy bir jihat borligini,
ya’ni hujjatlari saroyda tashkil qilingani, shu bilan birga matnlar, asosan, sopol
taxtachalarga yozilganini kuzatdik va bu tom ma’noda ulardagi umumiy jihat
borligini bildiradi. Kutubxonarlani o’rganish jarayonida, nafaqat yozma manbalar
tilini balki, xalq qiziqishlarini, saroyning o’ziga xos an’analarini, qurilish
ashyosidan tortib, inshootni qurilish loyihasini, qo’yingki, jamiiyki
ma’lumotlardan boxabar bo’lish imkonini berishini ko’rdik, xususan,
Oshshurbanipal faqatgina qonxo’r shoh bo’lmay, balki, o’z kutubxonasi uchun bor
budini berishi, uning butun boyligi ana shu taxtachadagi matnlar ekanligini,
kutubxona faoliyatiga kelganda hamma ishini bir chetga surib yosh bolalarcha
matn yozish jarayonlarini o’zi kuzatganligini “52 – 53-raqam ostida saqlanayotgan
matn”ning 1992-yildagi tarjimasidan ham bilib oldik.
41
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 212
42
https://en.wikipedia.org/wiki/Hattusa
32
Xattusa saroy kutubxonasidagi hujjatlarning bus-butun saqlangani ham
mo’jizaning o’zi deb olimlar qayd etib o’tgani bejiz emas, axir ana shu matnlar
orqali biz necha zamonlar yo’qlik qa’riga singgan buyuk sulola haqida to’liq
ma’lumotga ega bo’ldik, ammo shu o’rinda bir narsani ham ta’kidlab o’tish lozim,
bu podshohlik haqida qanchalik ko’p ma’lumot bo’lmasin, nechundir uni
o’rganuvchilar soni u qadar ko’p emas. Shunday bo’lishiga qaramasdan aynan shu
yerda joylashgan kutubxonaning topilishi va uni o’rganilishi natijasida misli
ko’rilmagan darajada ulkan yangilikni kashf etilishiga olib keldi va o’z o’rnida
aytish kerak, aynan shu yerda kutubxona, yozma manbalarning o’rni beqiyosligini
yana biri bora o’z isbotini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |