Virtual korporatsiya-
eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo‘lib,
vaqtinchalik asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan
resurslardan o‘zaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar(etkazib beruvchilar,
buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmog‘idan iborat bo‘ladi. Virtual
korporatsiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular
―elektron‖ aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam
beradi.
Xo‘jalik tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslar xo‘jalik faoliyati bilan faqat
o‘zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta‘minlash uchungina shug‘ulanishlari
mumkin. Ular xo‘jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot
kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda ko‘zga tutilgan boshqa jamg‘armalar
shaklida mavjud bo‘ladilar.
Bunday yuridik shaxs bo‘lgan institutsional birliklarga hammadan avval
korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar kiradilar. Korporatsiyalarning asosiy
alomatlari quyidagilar:
-
qonunga muvofiq boshqa institutsional birliklardan mustaqil bo‘lgan
korxonalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
-
mustaqil yuridik shaxs bo‘ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona
davlat registri (YaDR) da ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
-
faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
-
aktsiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo‘ladi;
-
xo‘jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aktsiyadorlarga tegishli
bo‘ladi va ular tomonidan xarid qilingan qog‘ozlar qiymatiga mutonosib ravishda
taqsimlanadi;
-
tugatilish holida aktsiyadorlar mulkning qarzlar to‘lagandan keyin qolgan
ulushini olish huquqiga egalar;
-
rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
-
aktsiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
-
oraliq emas, balki yakuniy iste‘molchi sifatida bo‘ladi;
-
shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to‘lash
uchun qonun oldida javobgarlikka ega bo‘ladi;
-
korporatsiya tomonidan xalq iste‘moli tovarlarini xarid qilinishi natura
shaklidagi ish haqi sifatida bo‘ladi.
Korporatsiyalar oilasi (aktsiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat
korporatsiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko‘pgina institutsional
birliklardan iborat bo‘ladilar.
Konglomerat-korporatsiyalar tarkibida aktsiyadorlarning nazorat paketlariga
egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga ta‘sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona
korporatsiyalar ajralib turadilar.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |