Denov tadbirkorlik va pedagogika


Yuridik shaxslar birlashmalari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/231
Sana12.06.2022
Hajmi5,99 Mb.
#657758
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   231
Bog'liq
UMK MENEJMENT AKBAR

Yuridik shaxslar birlashmalari
(assotsiyatsiyalar, uyushmalar). Tijorat 
tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda 
umumiy mulkiy manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida o‘zaro 
shartnoma bo‘yicha notijorat tashkilotlari bo‘lgan assotsiyatsiyalar yoki 
uyushmalar ko‘rinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda 
qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va 
muvofiq o‘zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi ta‘minlanishi 
kerak. 
Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy 
ravishda 
bu 
tashkilotlarning 
notijorat 
assotsiatsiyalari 
(uyushmalari)ga 
birlashishlari mumkin. 
Assotsiatsiya (uyushma) a‘zolari o‘zlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs 
huquqlarini saqlab qoladilar Assotsiatsiya a‘zolari uning majburiyat- lari bo‘yicha 


76 
assotsiyatsiyaning ta‘sis hujjatlarida ko‘zga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali 
javobgarlikka egalar. 
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning 
ta‘siri ostida tashkilotlarni integratsiyalashuvining yangi shakllari paydo bo‘ladilar, 
ular tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan 
chiqishiga ko‘maklashadilar. Bunday tashkilotlar –birlashmalar maqsadlari, 
ishtirokchilar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi 
tashkilotlarning mustaqiligi darajasiga ko‘ra farqlanadilar. Ularga kartellar, 
sindikatlar, pullar, trestlar, kontsernlar, kontsortsiumlar, sanoat xoldinglari, 
moliyaviy guruhlar kiradilar. 
Kartelь 
- bu, qoidaga ko‘ra, bitta soha firmalarini birlashishi , ular ko‘proq 
birgalikdagi tijorat faoliyati- sotishni tartibga solishga tegishli bo‘lgan bitimga 
kiradilar. Amalda kartelь odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish 
hajmlarini belgilagan holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartelь 
uchun ishtirokchilarning o‘z tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib 
qolishi va shuning bilan ta‘minlanadigan xo‘jalik va yuridik mustaqillik, 
mahsulotlarni sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat xosdir, keyingisi ularning ishlab 
chiqarishlariga ham cheklangan darajada tarqalishi mumkin.
Kartelning ichidagi raqobatni cheklanishi yirik ishtirokchilarga kichik 
firmalarga o‘z shartlarini o‘tkazishga va shuning bilan bir vaqtda keyingilarni 
tashqaridan bo‘ladigan raqobatdan himoyalashga imkon beradi. Ammo kartelda 
o‘rnatilgan muvozanat, qoidaga ko‘ra, uzoq muddatli va mustahkam bo‘lmaydi. 
Raqobatning ta‘siri ostida kartellar biroz vaqtdan keyin yangitdan, ko‘pincha 
kengroq xalqaro asosda vujudga kelish uchun tarqalib ketadilar. Kartelь bitimining 
mazmuniga ko‘ra kartellar qo‘yidagilarga bo‘linadilar: 
-
konditsion, tovarlarni sotish sifatlarini belgilab beruvchilar; 
-
ishlab chiqaruvchi, har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning hajmi 
(kvotasi )ni belgilovchilar; 
-
mintaqaviy, sotish xududlarini belgilovchilar; 
-
narxli, ishtirokchilar uchun tovarni sotish narxini belgilovchilar; 
-
patentli, qandaydir texnik kashfiyotdan birgalikda foydalanish yo‘nalishlari 
yoki foydalanmaslikni belgilab beruvchilar; 
-
foydani taqsimlash bo‘yicha kartellar. 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish