O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti


Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana12.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#657632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
TULDURUVCHI

Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq.
Hozirgi kunda o„qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va 
tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan 
deyarlik teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar 
mavjud 
bo„lib, 
quyida 
ular 
haqida 
qisqacha 
bayon 
qilinadi.
Metod 
- grekcha metodos so„zidan olingan bo„lib tatbiq qilaman, 
yo„naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma‟noni anglatsa, 
metodika
- grekcha 
so„z bo„lib tushuntirishning yangi yo„lini topaman, qidiraman, izlayman degan 
ma‟noni anglatadi. 
Metodist olimlarimiz metodika fanini turlicha ta‟riflaydilar biroq, ta‟riflarning 
umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e‟tirof etish mumkin. 
Metodika 
- biror ishni maqsadga muvofiq o„tkazish metodlari, yo„llari 
majmuasidir. 
12
Azizxo„jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU, 2003. 


18 
Metodika 
- o„quv jarayonini tashkil etish va o„tkazish bo„yicha tavsiyalar 
majmuasidan iborat.
Metodika - 
fani ma‟lum o„quv fanlarini o„qitish 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 
Masalan,
 tillar 
metodikasi,
 arfmetika 
metodikasi kabi alohida metodikalarga 
ajraladi.
Metodika 
- o„qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‟limda 
yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig„indisidir. O„quv 
fanlarini o„qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har 
ikkisidan 
unumli 
foydalana 
bilish 
talab 
qilinadi
13

Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha

O„qitish metodi uch xil: 
1. An‟anaviy metod (sakkiz qismga bo„linadi).
2. No„ananaviy metod (o„n qismga bo„linadi).
3. Umumiy o„qitish metodi (olti qismga bo„linadi). Jami 24 ta o„qitish 
metodikasi bor.
Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. 
«Aslida zamonaviy ta‟lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha 
batamom bo„g„ib tashlamagani deyarli mo„jiza, chunki bu nozik nihol (ya‟ni 
qiziquvchanlik) rag„batlantirish yo„li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni 
talab qiladi, bo„lmasa, u shubhasiz, mavh bo„ladi» (A.Eynshteyn). 
Bu yerda ta‟lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi 
nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har 
tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.Pedagogik texnologiya tushunchasi 
xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o„qitish metodikalari tushunchasi bilan 
mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. 
Ular orasida faqat asosiy e‟tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud. 
Texnologiyalarda ko„proq 
protsessual
, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari 
ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo„naltiruvchi 
13
Yo„ldoshev J.G„., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. O„quv qo„llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2010. – B. 
158. 


19 
tomonlari ko„proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o„zining qayta 
tiklanuvchanligi, natijalarning turg„unligi, ko„plab «agar...»lar (agar o„qituvchi 
iste‟dodli bo„lsa, agar bolalar qobiliyatli bo„lsa, yaxshi ota-onalar bo„lsa... 
kabilar) yo„qligi bilan farq qiladi. 
Ya‟ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo„lgan hamma mutaxasislar 
tomonidan qayta tiklash va qo„llash mumkinligi bilan juda ham individual 
bo„lgan metoddan farq qiladi. Metod-biror harakatni amalga oshirish yo„li, 
usuli yoki ko„rinishidan iborat. 
Bunda harakatni amalga oshirish yo„li deb, bajarilishi talab qilinayotgan 
faoliyat uchun qo„llash mumkin bo„lgan bir nechta yo„llardan oldindan ko„zda 
tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo„lni aytiladi. Masalan, savod 
o„rgatish yo„llari: oilada o„rgatish, maktabda o„rgatish, bog„chada o„rgatish, 
o„qituvchi yordamida o„rgatish, kitoblar, kompyuter, ko„rgazma qurollar va 
boshqalar vositasida o„rgatish. Shunga o„xshash sanoqni, arifmetik amallarni 
o„rgatishda ham yuqoridagiga o„xshash yo„llardan foydalanish mumkin. Shu 
yo„llardan 
foydalanib 
harakatni 
amalga 
oshirishda 
turli 
usullar 
qo„llaniladi. Usul - nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish 
tartibi. 
Pedagogik texnologiya o„quv jarayoni, ya‟ni o„qituvchining, o„quvchining 
faoliyati bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko„p 
darajada bog„langanligi bilan ajralib turadi
14
. Hozirgi kunda umumta‟limda 
M.Montessori sistemasi va IMEN texnologiya deb tan olingandir. Bu 
pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda hozirgi kunda bolani qo„llab-
quvvatlash texnologiyalari – bola shaxsiga yo„naltirilgan ta‟lim, o„yinli 
texnologiyalar, ta‟limning individuallashtirish texnologiyasi, interfaol 
ta‟lim (bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar), muammoli ta‟lim, 
loyihali ta‟lim texnologiyalari umumta‟lim jarayoniga kirib kelmoqda. 
14
Ishmuhamedov R., Abduqarodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta‟lim muassasalari 
pedagog-o„qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). -T.: “Iste‟dod” jamg„armasi, 2009 –B. 160.


20 
Pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda 
maromiga yetkazib qo„llay olishimiz juda muhim. 
Pеdagogik tеxnologiya o„zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: 
Pеdagogik 
tеxnologiya 
pеdagogik 
jarayonni 
takomillashtirish, 
optimallashtirishga ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 
Pеdagogik tеxnologiya didaktik hamda tarbiyaviy haraktеrdagi, shuningdеk, 
ta'lim – tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi 
nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, mеtodologik fan sifatida namoyon 
bo„ladi. 
Pеdagogik tеxnologiya ta'lim – tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks 
ettiruvchi yaxlit jarayondir. 
Pеdagogik tеxnologiya yo„naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni u shaxsni 
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Pеdagogik tеxnologiya – shaxsiylik xususiyatiga ega bo„lib, muayyan 
tеxnologiyalarni ta‟lim – tarbiya jarayonida qo„llashga nisbatan yagona, qat‟iy, 
mе'yoriy talablar qo„yilmaydi. Har bir pеdagog u faoliyat yuritayotgan ta‟lim – 
tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart – sharoitlarini 
inobatga olgan holda muayyan tеxnologik yondashuvni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega. 
Pеdagogik tеxnologiya o„zida ta‟lim – tarbiya va shaxs taraqqiyoti birligini 
ifoda etadi. 
Pеdagogik tеxnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun 
poydеvor bo„lgan pеdagogik jarayonni takomilashtirish, insonparvarlashtirish, 
o„quvchining mustaqilligini ta'minlash, o„qitish jarayonida tеxnik vositalar 
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat. 
Pеdagogik tеxnologiyaning nazariy (asosiy) asoslari umumpеdagogik, xususiy 
– metodik hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu boisdan pеdagogik 
hodimlar, shuningdеk, bo„lg„usi o„qituvchilar o„z faoliyatlarida pеdagogik 
tеxnologiyadan foydalanishni o„z oldilariga maqsad qilib qo„ygan bo„lsalar, 
yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o„zlashtira olishlari lozim. Zеro, 


21 
pеdagogik tеxnologiya puxta o„zlashtirilgan pеdagogik bilimlarga tayanilgan 
holda tashkil etiladigan yuksak samarador pеdagogik faoliyat jarayonidir. 
Darhaqiqat, pedagogik texnologiya bugun paydo bo„lib qolgan yo„nalish emas. 
Pedagogik texnologiyani olimlar turlicha talqin etsalarda, uning asl mohiyati 
oldindan loyihalangan o„quv tarbiyaviy jarayonni amaliyotga izchil va ketma-
ket joriy etishda namoyon bo„ladi. 
Pedagogik texnologiya ta‟lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil 
sifatida fan asoslari bo„yicha o„quvchilarning ta`lim olishini maqsadga 
muvofiq tashkil etishni ko„zda tutadi. 
Kuzatishlar, tahlil va xulosalar shunga olib keladiki, o„quv mashg„ulotlari, 
shuningdek, tarbiyaviy jarayonning bir xilda takrorlanishi o„quvchilarda 
loqaydlik, bilim olishga nisbatan mas‟uliyatsizlik kayfiyatini hosil qiladi. Ayni 
vaqtda bunday holatning oldini olishning eng samarali yo„li sifatida ta`lim 
muassalari faoliyatiga ilg„or pedagogik texnoligiyalarni izchil va maqsadga 
muvofiq ravishda tadbiq etish e`tirof etilmoqda. 
Ammo barcha ta‟lim muassasalarida pedagogik texnologiyalar ta`lim 
jarayoniga to„liq tadbiq etilgan, kutilgan natijalarga erishilmoqda, deya 
olmaymiz. Buning bir qator saboblari mavjud. Bu xususida yuqorida to„xtalib 
o„tdik. Shuni alohida qayd etib o„tmoqchimanki, texnologik yondashuv asosida 
pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu 
bois ta`lim va tarbiya jarayonini yo„lga qo„yishda yangi pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy, imkoniyatlari, 
kasbiy mahorati, ijodkorlik layoqati darajasiga bog„liq. 
Shu bilan bir qatorda ilg„or pedagogik texnologiyalarni ta‟lim jarayoniga 
samarali tadbiq ertish uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi lozimligini 
ham yodda tutish lozim.
Umuman, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik texnologiya ta`lim 
jarayonida o„quvchi faolligini oshirishga xizmat qiluvchi, erkin, ijodiy 
muhitni yaratuvchi, ta`lim samaradorligini kafolatlovchi, mahoratli o„qituvchi 
tomonidan ishlab chiqiladigan pedagogik tizim loyihasidir. 


22 

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish