I – yo‘l «nol» belgilarda; II – ko‘tarmada; III – o‘ymada
2.5-rasm. Yo‘l poyining ishchi belgisi: a – o‘ymada; b – ko‘tarmada.
Yer sirtining yo‘l o‘q chizig‘i bo‘yicha belgilari bilan yo‘l ko‘tarmasining balandligi yoki
o‘yma chuqurligini aniqlovchi yo‘l qirg‘og‘i belgilari orasidagi farq ishchi belgi
1
deb
ataladi
(2.5-rasm).
Bo‘ylama profilning nishablik o‘zgarganda hosil bo‘ladigan siniq joylari harakatlanish
uchun ator noqulayliklarni keltirib chiqaradi: yo‘ldagi qavariq joylar yo‘lning oldinda joylashgan
qismini ko‘rintirmay qo‘yadi, egrilik radiusi nisbatan kichik bo‘lgan
siniq joylarda esa katta
tezlikda yurilganida avtomobilning oldingi o‘qi engillashib, uni boshqarish mumkin bo‘lmay
qoladi; botiq siniq joylarda harakat yo‘nalishi to‘satdan o‘zgarganligi sababli yo‘lovchilarni
bezovta qiladigan va avtomobil osmasini zo‘riqtiradigan turtki xosil bo‘ladi.
SHuning uchun
bo‘ylama profilning siniq joylari tutashtiruvchi vertikalegriliklar kiritish yo‘li bilan
ravonlashtiriladi 2.6-rasmda bo‘ylama profilning ravonlashtirilgan siniq joylari punktir chiziq
bilan ko‘rsatilgan. Kavslar ichidagi raqamlar vertikalegriliklar yo‘qligida mavjud bo‘lgan
ishchi
belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy belgilarni ifodalaydi.
Bo‘ylama profilning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo‘lib, bu hujjatlar asosida yo‘l
quriladi.
2.6-rasm. Vertikal egri chiziqlar:
1 - qavari; 2 - botiq.
a)
b)
B
Avtomatlashtirilgan loyihalashda bo‘ylama profilni rasmiylashtirish namunasi (21.511-83
davlat standartiga muvofiq tuzilgan) 2.6-rasmda ko‘rsatilgan.
Profil oldin grafa yasagichda bajariladi,
keyin gruntlar, sun’iy inshootlar, joy tafsiloti va
boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘lda to‘ldirib chiqiladi.
Bo‘ylama profilning yaqqol bo‘lishi uchun vertikalmasofalar (belgilar) gorizontal
belgilarga qaraganda katta masshtabda qo‘yib chiqiladi.
Tekis joylardan o‘tadigan yo‘llar uchun vertical masshtab 1:500 (1sm da 5m) va
gorizontal masshtab 1:5000 (1 sm da 50 m) qabul qilingan.
Bo‘ylama profilni chizishda shartli belgilashlardan foydalaniladi (2.6-rasm).
Yer va yo‘l nishabliklari tez-tez o‘zgarib turadigan va uncha uzun bo‘lmagan bo‘laklarda
belgilar ayirmasi ancha katta bo‘lgan tog‘li yo‘llarda ancha yirik masshtablar: vertikalmasshtab
1:200, gorizontal masshtab 1:2000 qo‘llanadi.
Bo‘ylama profildagi yer sirti belgilarini birlashtiruvchi ingichka chiziq yer sirti chizig‘i
yoki xomaki chiziq deb ataladi. Yo‘l cheti belgilarini bildiruvchi yo‘g‘onroq
chiziq loyiha
chizig‘i deb ataladi. Bu chiziq bo‘ylama profilda yer sirti chizig‘iga nisbatan 2 marta yo‘g‘onroq
qilib tasvirlanadi.
SSS
SSS
GIL
GIL
Do'stlaringiz bilan baham: