2-mavzu. Avtomobil yo‘lining asosiy elementlari. Reja: Avtomobil yo‘lining asosiy elementlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#657275
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu.Avtomobil yo'lining asosiy elementlari.

b) 
v) 
g) 
d) 
e) 

z) 
i) 
 k) 
l) 
a) 


2.9-rasm. Grunt profilidagi shartli belgilar: 
a - chuqurligi 8,1 m bo‘lgan № 5 burg‘ilangan quduq (gillanish 1,6 m chuqurlikda, 20.10.85 da 
sizot suvi 3,5 m chuqurlikda); b - № 57 shurf; v - chuqurlashtirilgan quduqli № 50 shurf 
(20.10.85 da doimo muzlagan gruntning yuqorigi chegarasi 0,8 m chuqurlikda, pastki chegarasi 
8,5 m chuqurlikda); g - 0,9 m chuqurlikdagi tekshiruvchi quduq № 47; d - seysmik tekshirish № 
22 nuqtasi; e - statik tekshirish № 8 nuqtasi; j - elektrodinamik tekshirish № 12 nuqtasi; z - kam 
namli qumli yoki qattiq yoxud yarim qattiq loyli gruntlar; i - nam qumli yoki qattiq plastik loyli 
gruntlar; k - nam qumli yoki yumshoq plastik loyli gruntlar; l - suvga to‘yingan qumli yoki 
plastik holida oquvchan va suvga to‘yingan loyli gruntlar, optimal namlikka qaraganda 
namlanish koeffitsienti 1,2. 
4. Yo‘lning ko‘ndalang profillari
Bo‘ylama profilda yer sirti chizig‘idan 2 sm pastroqda va unga parallel qilib 1:50 (1 sm 
da 50 sm) vertikalmasshtabda grunt profili chiziladi, unga gruntlarning nomi yozib chiqiladi, 
shurflarda va bo‘rg‘ilangan quduqlarda esa shartli belgilar yordamida gruntlarning namligi va 
zichlik darajasi (konsistensiyasi) ko‘rsatiladi (2.7- rasm). 
Torflar va sapropellar profilda ular yotgan butun yo‘l bo‘lagi va aniqlangan butun 
chuqurligi bo‘yicha shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 
2.7-rasm. Yo‘l ko‘ndalang profilining elementlari: 
a - bitta qatnov qismli yo‘l; b - ikkita qatnov qismli va ajratuvchi polo-sali yo‘l; 1 – yo‘l poyi; 2 
– yo‘l yoqasi; 3 - qatnov qismi; 4 - yon ariqchaning ichki qiyaligi; 5 – ko‘tarma qirg‘og‘i; 6 -
qatnov qismining cheti; 7 - qatnov qismi o‘qi; 8 – yo‘l o‘qi; 9 - chetki polosa; 10 - yonaki 
ariqchaning tashqi yon-bag‘ir qiyaligi; 11 – ko‘tarmaning yonbag‘ir qiyaligi; 12 - ajratish 
polosasi. 
Joyning yo‘l o‘tkazish uchun ajratilgan, ko‘tarmalarga to‘kish uchun grunt qaziladigan, 
yordamchi inshootlar quriladigan va ko‘chatlar o‘tqazish uchun ajratiladigan polosasi yo‘l 
polosasi yoki yo‘lga ajratilgan polosa deb ataladi. 
Yo‘lning vertikaltekislik bilan kesilgan kesimining kichraytirilgan masshtabdagi tasviri 
ko‘ndalang profil deb ataladi (2.7-rasm). 
Yo‘l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi polosasi qatnov qismi (proezjaya 
chast) deyiladi. Bu polosa tosh matyeriallar bilan mustahkamlanib yo‘l tushamasini hosil qiladi. 
Uning yuqori qismi qoplama (pokro‘tie) deb ataladi.
I toifali yo‘llarda har qaysi yo‘nalishda harakatlanish uchun mustaqil qatnov qismlari 
bo‘ladi. Ular o‘rtasida xavfsizlik maqsadida ajratish polosasi (razdelitelnaya polosa) oldirilib, 
ularga avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. qatnov qismidan yon tomonda yo‘l yoqasi 
joylashgan. Yo‘l yoqasidan avtomobillarning vaqtincha turishi va ta’mirlash vaqtida yo‘l-
qurilish matyeriallarini saqlash uchun foydalaniladi. Yo‘lning qatnov qismini o‘rab turadigan 
yo‘l yoqasining borligi avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi. 


qatnov qismi bo‘ylab yo‘l yoqasida va ajratish polosalarida mustahkamlash polosalari 
(chetki polosa) yotqiziladi, ular qoplama chetining mustahkamligini oshiradi va avtomobil 
g‘ildiragi qoplamadan tasodifan chiqib ketganida xavfsizlikni ta’minlaydi. 
Yo‘lning qatnov qismini grunt sirtidan kerakli sathda joylashtirish uchun yon ariqchalari 
(kyuvetlari) bo‘lgan yo‘l poyi (ko‘tarma yoki o‘yma) quriladi, ariqchalar yo‘lni quritish va 
undagi suvlarni oqizib ketish uchun mo‘ljallangan. Yo‘l poyiga rezyervlar, kavalyerlar ham 
kiradi. Rezyervlar ko‘tarmaga to‘kish uchun grunt olingan, yo‘l bo‘ylab ketgan uncha chuqur 
bo‘lmagan qazilma joydir. Kavalyerlar yo‘lga parallel uyumlar bo‘lib, ularga ko‘tarmalarning 
qo‘shni uchastkalariga to‘kish uchun zarurati bo‘lmagan grunt yotqiziladi. Boshqacha aytganda, 
yo‘l poyi (zemlyanoe polotno) deb, yer qazish ishlari olib borilgan ajratish polosasining xamma 
qismiga aytiladi. Qatnov qismi va yo‘l yoqasi tutash joydan yaxshi tekislangan qiya tekisliklar – 
yonbag‘irlar (otkos) bilan ajratiladi. O‘ymalarda va yon ariqchalarda tashqi va ichki yonbag‘ir 
bo‘ladi. Yo‘l yoqasi va ko‘tarma yonbag‘irining yoki ariqcha ichki yonbag‘irining tutashuv 
chiziqlari yo‘l qirg‘og‘ini hosil qiladi. Yo‘l qirg‘oqlari orasidagi masofa shartli ravishda yo‘l 
poyi (yo‘lning gruntli qatlami) ning eni deb ataladi. Yo‘l yonbag‘rining tikligi yotqizish 
koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Bu koeffitsient yonbag‘ir balandligining uning gorizontal 
proeksiyasiga - yotqizilishiga nisbatidan topiladi. 
Kichik ko‘tarmalarning yonbag‘irlarini, avariya hollarida avtomobillarning yo‘ldan 
chiqish imkoniyatini yaratish uchun, 1:5 yoki 1:6 qilib yotqizish maqsadga muvofiqdir. Bunday 
yonbag‘ir yo‘lning qor uyumlari bilan qoplanib qolishini kamaytiradi va harakat xavfsizligini 
oshiradi.Ko‘tarmalarning balandligi 6 m dan kam bo‘lganida tejamkorlik talablari nuqtai 
nazaridan yonbag‘irlar qiyaligi 1:1,5 qilib quriladi. Bunday ko‘tarma ancha mustahkam bo‘ladi. 
Baland ko‘tarmalarning yonbag‘ri ortiqcha tik bo‘lganda nam grunt o‘z og‘irligi yoki yo‘l 
yoqasiga chiqqan avtomobilning og‘irligi ta’sirida surilib tushishi mumkin.
Hozir amaldagi qurilish qoidalariga ko‘ra yo‘l poyini qurishda yonbag‘irlarni 
yotqizishning quyidagi koeffitsientlari qabul qilingan: 1...III toifali yo‘llarda balandligi 3 m 
gacha bo‘lgan ko‘tarmalar uchun ko‘pi bilan 1:4 va qolgan toifali yo‘llarda balandligi 2 m gacha 
bo‘lgan ko‘tarmalar uchun 1:3. Ancha baland ko‘tarmalarda, shuningdek, unumdor yerlarda 
yo‘ldan uzoqda joylashgan grunt karyerlaridan tashib keltiriladigan gruntlardan quriladigan 
ko‘tarmalarda yoki yo‘ldan chiqish imkoniyati bo‘lmagan joylarda quriladigan ko‘tarmalarda 
yonbag‘irlarni 1:1,5 tiklikda qurish ruxsat etiladi, bunda baland ko‘tarmalarda albatta ihotalar 
o‘rnatilishi shart. Mayda qumli va changsimon gruntlarda, nam iqlimli hududlarda 
yonbag‘irlarning tikligi 1:1,75 gacha kamaytiriladi.Baland ko‘tarmalar turg‘un bo‘lishi uchun 
yonbag‘irlarning pastki qismi yo‘l poyining chetidan 6 m dan boshlab 1:1,75 qiyalikda quriladi. 
Ko‘tarmalarning ko‘ndalang profillari 2.11-rasmda ko‘rsatilgan. 
Balandligi 2 m va undan kam ko‘tarmalar uchun ko‘ndalang profillarning ikki turi bor: 
suyri va nosuyri. Ulardan asosiysi - suyri ko‘ndalang profil – yo‘l qurish uchun keng joy ajratish 
mumkin bo‘lganida qurilib, yumaloqlangan shaklda bo‘ladi, qor-shamol oqimining yo‘l ustidan 
oson o‘tib ketishiga va qorning to‘planib qolmasligiga yordam byeradi. Agar yo‘l unumsizroq 
yerdan o‘tadigan bo‘lsa, ko‘tarmaga to‘kilishi kyerak bo‘lgan grunt ko‘tarma yonida qaziladigan 
sayoz chuqurlardan - rezyervlardan olinadi. Rezyervlarning katta-kichikligi yo‘l poyini 
ko‘tarishga zarur bo‘lgan grunt miqdoriga bog‘liq Rezyervlarning chuqurligi 1,5 m dan ortiq va 
0,3 m dan kam bo‘lmasligi kyerak. Rezyervlarning eni iloji boricha etarlicha katta uchastkalarda 
bir xil bo‘lishi zarur 


O‘ymalarning ko‘ndalang profillari 2.8-rasm. 


2.9-rasm. Ko‘tarmada o‘tgan yo‘l poyining ko‘ndalang profillari: 
a - balandligi 1 m.dan kam bo‘lgan kyuvet-rezyervli suyri ko‘ndalang profil; b - balandligi 2 
m.gacha bo‘lgan nosuyri ko‘ndalang profil; v - balandligi 12 m.gacha bo‘lgan nosuyri 
ko‘ndalang profil; g - adrdagi tog‘ yon bag‘ri qiyaligi 1:1,5 dan 1: 3 gacha bo‘lgan rezyervli 
ko‘ndalang profil; d – tog‘ yon bag‘ri tikligi 1:5 dan 1:3 gacha bo‘lgan qiyalamada; e – tog‘ oldi 
ariqchasi bo‘lmagan ko‘tarmaning yuqorigi yonbag‘irini grunt bilan tutashtirish; 1 – yo‘l uchun 
ajratilgan joyning chegarasi; 2 – o‘simlikli gruntning olib tashlanadigan qatlami; 3 – 
yonbag‘irlarga yotqiziladigan o‘simlikli grunt qatlami (chim); 4 - chuqurligi hisoblangan, lekin 
kamida 0,3 m bo‘lgan uchburchak ariq; 5 – o‘lchami gruntning zarur miqdoriga bog‘liq bo‘lgan 
rezyerv; 6 - balandligi ko‘pi bilan 0,6 m bo‘lgan grunt marzasi; 7 - chuqurligi hisoblangan, lekin 
kamida 0,6 m bo‘lgan tog‘ oldi arig‘i.
Bo‘ron va qor yog‘ishi tez-tez bo‘lib turadigan joylarda chuqurligi 5 m gacha bo‘lgan 
o‘ymalarning yonbag‘irlarini 1:1,5-1:2 qiyalikda qurish maqsadga muvofiqdir, ular yonida tashib 
keltiriladigan va yo‘ldan tozalanadigan qorni joylashtirish uchun eni kamida 4 m bo‘lgan 
qo‘shimcha tokchalar quriladi.
O‘ymalarning chuqurligi 5 m dan ortiq bo‘lganda qumli va bir jinsli loyli zich darajali
gruntlarda quriladigan o‘ymaning yonbag‘irlari 1:1,5 qiyalikda yotqiziladi, yirik chaqiq tog‘ 
jinsli gruntlarda 1:1 gacha qiyalikda yotqiziladi. Suyrilanish yaxshi bo‘lishi uchun 
yonbag‘irlarning tashqi chetlari dumaloqlanadi. 
Qoya toshli oson nuraydigan va yumshaydigan jinslarda ularning xossalari, nurash 
darajasi va o‘ymaning chuqurligiga qarab, yonbag‘irlar 1:0,5 dan 1:1,5 gacha tiklikda 
yotqaziladi. 
Bunda qatlamlarning yotish nishabligi, tog‘ jinslarining nurashga qarshi turg‘unligi va 
o‘yma yonbag‘irlarining ekspozitsiyasi hisobga olinishi kyerak. Ko‘pincha shunday xollar 
bo‘ladiki, qazish vaqtida mutlaqo turg‘un tuyulgan jinslar (masalan: slanetsli va bo‘rli jinslar) 
ochilganidan keyin jadal emiriladi va nuraydi. 
To‘kiladigan matyeriallar yo‘l yoqasini ifloslantirmasligi uchun chuqurligi 2 m dan ortiq 
bo‘lgan o‘ymalarda yonbag‘ir tagi bilan ariqning tashqi cheti orasida eni 1...2 m li tokchalar 
quriladi, ular yo‘ldan foydalanish jarayonida vaqt-vaqti bilan tozalab turiladi. 
Markaziy Osiyo davlatlarining qurg‘ochil iqlimida lyossli gruntlar o‘zlarining tuzilish 
xususiyatiga ko‘ra (ingichka vertikalnaychalarning devorchalari ohakli modda bilan 
mahkamlangan) quruq joylarda vertikaldevor bo‘lib turishi mumkin. 
Shuning uchun lyosslardagi o‘ymalar yo‘l qirg‘og‘idan N+5 m dan yaqinroqda 
yonbag‘irlarini 1:0,1-1:0,5 tiklikda qilib quriladi (bu yerda: N-o‘yma yonbag‘rining balandligi, 
m). Biroq bunday ko‘ndalang profilni lyossli qumoq tuproqlarda va nam xamda syeryomg‘ir 
xududlardagi lyosslarda qo‘llab bo‘lmaydi, bu yerlarda o‘yma yonbag‘irlari 1:0,5 dan 1:1,5 
gacha tiklikda yotqiziladi.


2.10-rasm. O‘ymalardagi yo‘l poyining ko‘ndalang kesimi (profili): 
a - suyri profilli sayoz o‘ymalar - ochiq (chapda) va ko‘tarmasimon qazilgan (o‘ngda); b - sayoz 
suyrilanmaydigan o‘yma; v - chuqurligi 12 m gacha bo‘lgan o‘yma; g - bir jinsli bo‘lmagan 
gruntlardagi o‘yma; d -qiyalamadagi yarim-o‘yma – yarimko‘tarma; 1 – yo‘l uchun ajratilgan 
joyning chegarasi; 2 – yonbag‘irlardagi o‘simlikli grunt qatlami; 3 - chuqurligi hisoblangan biroq 
0,3 m dan kam bo‘lmagan ariq; 4 – yonbag‘irlarda qirqib olinadigan o‘simlikli grunt qatlami; 5 - 
chuqurligi kamida 0,6 m bo‘lgan tog‘ oldi arig‘i; 6 - yumshoq yotqiziqlar; 7 - oson nuraydigan 
qoya jinslar; 8 - kam nuraydigan qoya jinslar; 9 - balandligi ko‘pi bilan 0,6 m bo‘lgan grunt 
marzasi (banket) 
Agar o‘yma fizik xossalari bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan gruntlarni kesib o‘tsa, 
yonbag‘irlarni siniq yoki pog‘onali shaklda qurish mumkin (2.10-rasm, g). Biroq bunday 
yonbag‘irlarni yotqizish murakkab va shuning uchun ularga yer qazish ishlarining narxini ancha 
kamaytirish mumkin bo‘lganda ruxsat byeriladi. 
Agar o‘ymadan olinadigan grunt ko‘tarma uchun yaroqsiz bo‘lsa yoki yer qazish ishlari 
balansi nuqtai nazaridan uni yqain joylashgan ko‘tarmalarga yo‘l bo‘ylab tashish maqsadga 
muvofiq bo‘lmasa, bu grunt ko‘tarmadagi yo‘l poyining yonbag‘irlarini qurishda ishlatiladi yoki 
o‘ymaga yaqin bo‘lgan chuqurchalarga to‘kiladi. Gruntdan ko‘rsatilgan maqsadlar uchun 
foydalanish mumkin bo‘lmagan hollarda uning yo‘l chetidagi bo‘lagiga o‘ymani qirg‘og‘iga 
parallel bo‘lgan shunday marzalar, ya’ni grunt uyumi-kavalyerlar muntazam geometrik shaklda 
yasab joylashtiriladi. (2.10- rasm.) 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish