O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Abdullaxon II ning ichki va tashqi siyosati. Shayboniylar sulolasining inqirozi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Abdullaxon II ning ichki va tashqi siyosati. Shayboniylar sulolasining inqirozi. 
AbdullaxonIIAmirTemurdanso‘ngMovarounnahrdanisbatanqat’iysiyosatyurgizaolgan
yagonavaso‘nggidavlatarbobiedi. U Buxoro hokimiyatini tiklash maqsadida Qozog‘istonning 
hozirgi Qarag‘anda viloyati g‘arbidagi, Sariq suv daryosining Shimolida joylashgan 
Ulug‘toqqa yetib borgach, tog‘ tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi so‘zlarga ko‘zi 
tushadi: «Tarix yetti yuz to‘qson uchinda qo‘y yili, yozning ora oyi, Turonning sultoni 
Temurbek ikki yuz ming cherik bila To‘xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga 
yetib, belgi bo‘lsun deb bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el 
kishiga rahmat qilg‘ay. Bizni duo bilan yod qilg‘ay».
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To‘xtamishxonga qarshi lashkar tortgan kezi 
shu tog‘ ustiga chiqib, so‘ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga o‘ydirib yozdirgan 
xotira so‘zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar o‘qittirib, o‘zi ham qarshi 
tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga «Kimki bu manzilga qadam qo‘ysa, xayrli 
duo ila bizni yod aylasin» so‘zlarini o‘ydirtiradi. Amir Temur Turkiston shahrida Xo‘ja 
Ahmad Yassaviy maqbarasi va masjidini qurdirgani ma’lum. Tugallanmay qolgan bu ishni 
oxiriga yetkazish Abdullaxon II ga nasib etadi.Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida 
Xurosonda, uning markazlari Hirot, Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand 
daryosigacha bo‘lgan hududlarda o‘z saltanatini o‘rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning 
davrida hozirgi Qarag‘andadan (Ulug‘tog‘dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan 
Mashhadgacha bo‘lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qo‘l ostida birlashdi. 
Bunday katta saltanatgaAmir Temurdan so‘ng Abdullaxon II asos soladi. Rossiyaliklar uning 
davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qo‘llashgan edilar. 
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish borasidagi faoliyati 
Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida o‘zining mukammal ifodasini topgan. 
Abdullaxon zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq 
rivojlanadi, madaniy hayot ancha yuksaladi. Juda ko‘p sug‘orish inshootlari: Abdullaxon 
bandi, Tuyatortar kanali, Okchopsoy to‘g‘oni va suv ombori, Vahshdan chiqarilgan ko‘plab
ariqlarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantiradi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida 
bug‘doyning 10 xil turi, suli, qo‘noq, jo‘xori, mosh, no‘hat, makkajo‘xori, loviya, sholi, paxta, 
kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog‘dorchilik, chorvachilik vaipakchilik 
rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon, Xo‘jand, Andijon, Toshkent, Jizzax,
O‘ratepa, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy qilgan. 
Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, XVI asrda Samarqandda 
hunarning 61 turi mavjud bo‘lgan. Movarounnahrlik hunarmandlar zo‘r san’at bilan turli-tu 
man metall buyumlar, ip va ipak matolar, a’lo navli qog‘ozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro 
shahri bu vaqtda ancha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan.
Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan. 
Shahar o‘rtasidagi tim, ko‘chalar chorrahasi ustiga gumbaz-toqlar, hammomlar, karvon 
yo‘llarida sardobalar, karvonsaroylar, ko‘priklar qurilgan. 
Abdullaxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya bilan 
savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. 1572–1578-yillari Hindistonda Buxoro 
xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarning elchilari bo‘lgan. 
Abdullaxon II elchilari 1583-yili Moskvadan o‘q-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. 
Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham takrorlangan. 


68 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish