O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Alsayf val-xanjar rayxonano



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Alsayf val-xanjar rayxonano, 
Tuf a’lo almarjis val-as. 
Mudominoman dam a’donno, 
Vahasno jumjumatu’al-ras!
Arabcha bu satrlarning ma’nosini quyidagicha sharhlash mumkin: 
Qilich va xanjar bizning hidimizdir, 
«Tuf» bo‘lsin nargiz va sumbulimizga. 
Dushmanning qoni ichkiligimizdir, 
Aylansin bosh suyak qadahimizga! 
Shayboniyxonning bosh suyagidan yasalgan tilla qadahning Misrga yetib kelishi 
sunniy mazhabidagi aholi o‘rtasida katta norozilik uyg‘otdi. Misr sultoni Qansu Gavri o‘sha 
bosh suyakni katta hurmat bilan ko‘mdiradi. Yana Ibn Ayosning aytishicha, 200 dan ortiq 
misrlik shoir shoh Ismoilning yuqorida keltirilgan she’riy to‘rtligiga qarshi javob she’riy 
to‘rtliklar yozdilar. Masalan, shayx Nosuriddin Tahhan qalamiga mansub she’riy javob 
to‘rtlikning o‘zbekcha tarjimasi quyidagichadir: 
Gar hidlab yursang hushbo‘y narsalarni 
Ko‘paytirarsan mudhish qo‘rquvlarni. 
Jangda dushmanni o‘ldirish sharafdir, 
Faqat it yalaydi bosh suyaklarni! 
Shayboniy taqdiridan voqif bo‘lgan Bobur Mirzo qalbida Shoh Ismoil yordamida 
Movarounnahrni qaytadan egallash umidi paydo bo‘ladi. Ana shu niyatida u Shoh Ismoil 
elchisini Qobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Ismoil elchilari Bobur Mirzoga sovg‘a 
tariqasida shialar odatiga ko‘ra o‘ralgan salla qalpoqni tortiq qiladilar. Bu albatta diplomatiya 
o‘yini edi. Atrofdagilarning nigohi Bobur Mirzoga qadalgan; nahotki Bobur Mirzo o‘zi 
sunniy bo‘laturib shialar qalpog‘ini kiysa... Shu payt elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga 
birgalikda Samarqandga qo‘shin tortishni taklif qilganligini aytadilar.
Bobur Mirzo Shoh Ismoil taklifini qabul qiladi va diplomatik mahoratini ishga solib: 
«Inshoolloh Samarqandni egallasak bu qalpoqni kiyamiz», deb og‘ir vaziyatdan chiqib ketadi. 
Chunki agar shu paytda u qalpoqni kiyganida barcha sunniylar Bobur Mirzodan yuz o‘girar 
edilar. Shoh Ismoil o‘zaro kelishuvgaasosan Samarqand taxti uchun kurashda Bobur Mirzoga 
har tomonlama yordam berdi. U Bobur Mirzoni qurollantirdi, unga sipohlar berib jangga 
otlantirdi. Bobur Mirzo 1512-yilda Shoh Ismoil yordamida Samarqandni qo‘lga kiritdi. 
Ammo bu safar Samarqand aholisi Boburni qo‘llab-quvvatlamadi. 
Xalq uni bu gal shiddatli hukmdor avlodi, qo‘rqmas sipoh, xalqparvar shoir va 
mutafakkir, avvalgi Bobur Mirzo deb emas, balki shoh Ismoilning qo‘g‘irchoq gumashtasi, 
Samarqand sunniy aholisining nazarida mansab, hokimiyat uchun har narsaga tayyor, o‘z 
elidan, dinidan qaytgan shialar xizmatkori sifatida qabul qiladi. Bunga Bobur Mirzoning yo‘l 
qo‘ygan xatolari va noto‘g‘ri xatti-harakatlari asosiy sabab bo‘ldi. U Samarqandni egallagach, 
shoh Ismoilni oliy hokim deb e’lon qiladi. Shiya imomlari nomi bilan tangalar zarb qila 
boshladi, Movarounnahrni Eron manfaatlariga bo‘ysundiradi.Albatta, bu hol sunniy 
mazhabidagi Movarounnahr aholisining g‘azabini qo‘zg‘adi. Bu orada Bobur Erondan kelgan 
qo‘shinlarga javob berib ularning boshliqlariga katta-katta sovg‘a-salomlar ulashadi. Shu 


65 
tufayli yuzaga kelgan qulay fursatdan foydalangan va xalq ommasining kayfiyatini to‘g‘ri 
hisobga olgan Shayboniylar urug‘idan bo‘lgan Shayboniyzodalar Ubaydulla Sulton 
boshchiligida birlashib 1512-yil iyun–noyabr oylarida katta qo‘shin bilan Movarounnahrga 
bostirib kirdilar. Bobur Mirzo 50 ming kishilik qo‘shini bilan qarshi chiqadi, ammo 
Samarqand yaqinidagi Saripulda yengilib Hisorga qochdi.
Shayboniy avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam 
berish maqsadida o‘zining eng tajribali va nomdor sarkardalaridan bo‘lgan amir Ahmad 
(laqabi «Najmi-soniy» («Ikkinchi yulduz»)) boshchiligida qo‘shin yuboradi. Eron qo‘shini o‘z 
yo‘lida Xuroson amirlarining madad beruvchilarini o‘ziga qo‘shib olib, Termiz yonida 
Jayhundan kechib o‘tdi va Bobur Mirzo bilan qo‘shildi. Birlashgan Eron va Bobur qo‘shinlari 
Qarshi shahrini o‘rab oldi va Amir Ahmad shahar aholisini butunlay qirib tashlashga buyruq 
berdi. Qarshi shahrida 15 ming aholi qirib tashlandi. Qariyalaru bolalarni ham ayamadilar. Bu 
paytda Ubaydulla, Muhammad Temur sulton va boshqa o‘zbek sultonlari fursat poylab 
Buxoro yaqinida raqiblarini kutib turar edilar. Amir Ahmad Buxoro tomon yuradi va 
G‘ijduvonni qamal qila boshlaydi. Kutilmaganda u o‘zbek sultonlarini hujumiga duch keldi 
va tez orada yakson qilindi. Bu jangda amir Ahmadning o‘zi o‘ldiriladi. Eron qo‘shinidan 
ozgina qismi qochib ulgurdi. Shundan so‘ng Bobur Mirzo bilan Shoh Ismoil o‘rtasidagi ittifoq 
barham topdi. Bobur Mirzo endi Movarounnahrdan butunlay umidini uzib Qobulga qaytdi. U 
21 yil mobaynida, ya’ni 1526-yilga qadar Qobulni boshqargan. So‘ngra Bobur Mirzo Qobulni 
ikkinchi o‘g‘li Kamron Mirzoga qoldirib o‘zi Hindiston sari yurish boshlaydi va buyuk 
boburiylar sulolasi saltanatigaasos soladi.Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek va hind 
«xalqlari tarixida buyuk lashkarboshi va davlat arbobi, ulug‘ shoir, mutafakkir olim va 
tarixchi sifatida munosib o‘rin olgan.
Hind xalqining buyuk farzandi Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon 
tarixiga bir nazar» asarlarida Bobur Mirzo va uning nabirasi Akbarga yuksak baho bergan. U 
shunday deb yozadi: «Bobur – dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining ti pik hukmdori, mard va 
tadbirkor odam bo‘lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi 
ko‘rardi». 
Boburning Hindistonni qo‘lga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi, san’at hayotida, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida ulkan o‘zgarishlar 
yuz beradi.Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan saltanatni uning avlodlari Hindistonni
inglizlar bosib olgunga qadar, 1858-yilgacha, jami bo‘lib 332 yil boshqardilar. 
Hindiston boburiylardan bo‘l gan Humoyun, Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon 
davr laridaayniqsa gullab-yashnagan, hudud lari kengayib rivojlangan. Xususan, Akbarshoh 
va uning nabirasi Shoh Jahon hind xalqining qalbidan juda katta joy olgan edilar. 
Akbarshoh o‘zining betakror, xalqsevar davlat arbobi sifatida hind xalqini ayniqsa 
Rajpudlar qavmini hurmatlab ularning diniy va milliy e’tiqodlarini, urf-odatlarini avalab-
asrab, e’zozlab saltanatni mohirona boshqarganligi uchun bu saltanat sohibi Jaloliddin chuqur 
ehtirom bilan unga ulug‘, ya’ni Akbar taxallusini berganlar. Shundan Boburning nabirasi 
Jaloliddin Akbarshoh nomi bilan jahon tarixidan munosib o‘rin olgan. 
Javoharlal Neru Akbarshohni yuksak baholaydi: «Uning (Boburning) nabirasi Akbar 
yana ham dilbarroq va xo‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan. Mard, jasur, iste’dodli lashkarbo- 
shi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga harakatchan, o‘z ishini davom 
ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor bo‘lish uchun intilgan odam bo‘lgan. Sarkarda sifatida 
butun Hindistonning keng hududini o‘ziga bo‘ysundirgan. Lekin, u yutuqlaridan ham 
mustahkamroq g‘alabani qo‘lga kiritishni, ya’ni odamlarning fikri va qalbini zabt etishni 
o‘ylar edi. Akbar saroyida bo‘lgan portugaliyalik iyezuitlarning aytishlariga qaraganda uning 
qarashlari jozibali bo‘lib, «ko‘zlari quyosh nuriga to‘la dengizday chaqnab turar edi». 
HindistondaAkbarshohgaatab 70 seriyali film tayyorlangan.
Shoh Jahonni hindlar hurmatlab «Hazrati Shohjahon», «Bahodir Shohjahon», 
«Shohjahonobod» nomlari bilan ataganlar. Hindistonlik olimlar boburiy shahzodalarni Amir 
Temur sulolasidan bo‘lgan «Barlos turklari», «Chig‘atoy gurgonilari» yoki «Mo‘g‘ul 
xoqonlari» deb ataydilar.Xullas, temuriylar sulolasining buyuk vakillari hisoblanmish 
boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida o‘zining munosib o‘rniga ega. G‘arbdagi boburshunos 
olimlardan biri ingliz olimi Valdemar Xansen o‘zining 1986-yilda Dehlida ingliz tilida chop 


66 
etilgan «Tovus toj yoki mo‘g‘ullar saltanati qismati» kitobida boburiylar sulolasining 
Hindistondagi 332 yillik faoliyatiga yuksak baho beradi: «Hindiston va uning 8 ming yillik 
tarixi bamisoli bir tovus bo‘lsa, o‘sha ko‘p ming yillik tarixdagi boburiylar sulolasining 332 
yillik hukmronlik davri ana shu tovusning gultojisidir». 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish