267
10-mavzu. Turkiston XX asr boshlarida (1900-1917 yillar).
XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkistondagi ijtimoiy-
iqtisodiy siyosati. (2 soat)
Reja:
1.
XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.Turkiston iqtisodiyotida
Rossiya monopolistik mavqeining kuchayib borishi.
2.
1905-1907 yillardagi birinchi burjua inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta’siri.
Tayanch tushunchalar:
Kogon–Qarshi–Termiz, ekspluatatsiya, «Ulug‘ Turkiston
fojiasi»,
Qo‘qon–Namangan–Andijon,
Kurapatkin,
Abdurahmon
jevachi,
Nazirxo’ja eshon, Kuyaboshi, Ivanov, Afanasev
,
Labbaytog’a, Dehbed, Urgut,
Mirzayor Xudayorov, Tohir Shokir Labik
XX asrning dastlabki o‘n yilliklari jahon xalqlari uchun nihoyatda og‘ir, tashvishli,
inqiroz va bo‘hronlarga botgan yillar bo‘ldi. Jahon iqtisodiy va siyosiy bo‘hronlari
birinchi
navbatda Yevropa va Sharqning rivojlangan mamlakatlarini o‘z girdobiga tortdi. Ular bu og‘ir
iqtisodiy va siyosiy bo‘hronlardan chiqib ketish maqsadida tajovuzkor tashqi siyosat olib
bordilar. Oqibatda fojiali va qirg‘inbarot urushlar kelib chiqdi. 1904-yilda boshlangan rus-
yapon urushi va 1914–1918-yillardagi dunyoning 28 mamlakatini o‘z domiga tortgan birinchi
jahon urushi bu fikrimizning yaqqol dalilidir. Urushlar tarixda hech qachon yaxshilik va
xayrli ishlarga olib kelmagan. U doimo xarobalik va vayronalikni,
ochlik va qashshoqlikni,
ya’ni qisqa qilib aytganda siyosiy, bo‘hron va larzalarni olib kelgan. Buni biz chor
Rossiyasining mustamlaka o‘lkasi bo‘lgan Turkiston misolidaaynan ko‘ramiz.
Chor Rossiyasi 1864–1895-yillar mobaynida Turkistonni bosib olgach, o‘lkada
qattiqqo‘llik bilan mustamlakachilik
siyosatini olib bordi, endi mehnatkashlar ommasi ikki
tomonlama ekspluatatsiya qilina boshlandi. Chor Rossiyasi, ayniqsa, rus-yapon va Birinchi
jahon urushlari munosabati bilan o‘lkada mustamlakachilik milliy zulm va zo‘rlik
siyosatini
avjiga mindirdi. U o‘z oldiga bosh maqsad qilib Turkiston o‘lkasi boyliklarini talash va yerli
xalqlarni qattiqqo‘llik bilan ekspluatatsiya qilib, ularning qonini zulukdek so‘rish uchun ulug‘
davlatchilik siyosatini olib bordi. Chor ma’murlari bu boradagi o‘z jirkanch niyatlarini hech
kimdan yashirgan ham emaslar va faqat o‘lkadan ko‘plab boylik va foyda olib ketish niyati
bilan nafas olganlar. Buni biz 1906-yilda moliya ishlari vaziri Sergey Vitte nomiga yozilgan
«Zapiski o gosudarstvennix i obshestvenno-ekonomicheskix nujdax Turkestanskogo kraya»
deb nomlangan xatning mazmunidan bilsak ham bo‘ladi. Bu xatning 26–27-betlarida
Turkiston o‘lkasi Rossiyaga foyda keltirish mumkingina bo‘lib qolmay, balki majbur hamdir,
deyiladi. Buning uchun vaqtni qo‘ldan boy bermasdan qat’iylik bilan quyidagi tadbirlarni
amalga oshirish tavsiya qilindi:
1. Olinadigan
boyligiga qaramasdan, foydalanishdan chetda qolgan yerlarni davlat
hisobiga o‘zlashtirishni tezlashtirish;
2. Eng unumdor yerlar hisobiga qishloq xo‘jaligi sanoatini rivojlantirish;
3. O‘lkaning tog‘
boyliklaridan foydalanish;
4. O‘lkani ruslar tomonidan ekspluatatsiya qilishni kuchaytirishga keng imkoniyat
yaratib berish;
5. Xalq maorifini rus uslubi bo‘yicha rivojlantirish;
6. O‘lkani dastlab biz bosib olgan davrdagi o‘rnatilgan tashkiliy boshqaruv
yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash lozim.
Ana shu belgilangan tadbirlarning barchasi Rossiya hukumati va chor ma’murlariga
Turkiston o‘lkasi boyliklarining doimiy suratda ko‘proq oqib kelishini ta’minlashi lozim edi.
Agar 1888–1893-yillar mobaynida Turkistondan Rossiyaga 14 257 515 pud qimmatbaho
Do'stlaringiz bilan baham: