O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Mahkamai adliya 
(Adliya mahkamasi, Majlis) va 
Idorai mashvarat 
(Nozirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni o`z 
ichiga olgandi. Yoshxivaliklar, shuningdek, davlat mablag`lari sarflanishi ustidan nazorat 
qilish uchun Moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlik hududida yangiusul 
maktablari ochilishi uchun qo`mita tuzishni, temiryo`llar va pochta-telegraf tizimi 
qurilishini ham talab qilishgandi. 
Rus qo`shinlari madadidan mahrum bo`lgan Asfandiyorxon o`ziga ham ishonmay 
qolgandi. Har qanday yo’1 bilan hokimiyatni saqlab qolish va vaqtdan yutish maqsadida 
xon islohotlarni amalga oshirish to`g`risidagi manifestga o`sha zahotiyoq imzo chekkan 
edi. 
Asfandiyorxon xalqqa zulm qilgan amaldorlarni hibsga olish va ular o`rniga 
yoshxivaliklardan vazir tayinlash to`g`risida va’da berdi. Shuningdek, u mamlakatda 
yangiusul maktablari, pochta, telegraf tarmog`ini ochishga, temiryo’1 qurishga, savdo-
sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratib berishga va’da qilgan edi. 
Haqiqatdan ham tez orada 1917-yil 26-apreldan ish boshlagan yangi hokimiyat 
organlari Adliya mahkamasi (Majlis) va Nozirlar kengashiga saylovlar bo`lib o`tdi. Bu 
hokimiyat organlarida ko`pchilikni yoshxivaliklardan saylangan deputatlar tashkil etdi. 
Nozirlar kengashi raisi etib Boboxon Salimov tayinlandi. 
Tinch yo’1 bilan maqsadga erishgan yoshxivaliklar manifestni hayotga joriy etishda 
tashabbuskorlik bilan ishladilar. Ular maorif sohasida islohotlar o`tkazishni boshladilar, 
davlat mablag`larining sarflanishini nazoratga oldilar va boshqa davlatlar bilan aloqalar 
o`rnatish borasida birinchi qadamlarini qo`ydilar. 
Oradan bir oy o`tmay xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy to`ntarishni 
amalga oshirdilar va Nozirlar kengashini tarqatib yubordilar. Adliya mahkamasi saqlab 
qolindi va unga faqatgina oliy maqomdagi din peshvolari kiritjldi. Mahkamai adliya 
(Majlis) 1917-yil noyabr oyigacha, uni xon tarqatib yuborguncha amal qildi. Islohotlar 
jarayoni to`xtatib qo`yildi. 
Rossiya Muvaqqat hukumati 1917-yil oktabr to`ntarilishidan so`ng Xorazmga xon 
faoliyatini nazorat qilish uchun katta harbiy qo`shin yubordi. Hokimiyatni bolsheviklar 
egallab olishi xavfi paydo bo`ldi. Bundan cho`chigan Asfandiyorxon harbiy kuchlariga 
turkman urug`idan chiqqan 
Junaidxonni 
yetakchi qilib tayinladi. 1918-yil yanvarda 1,5 
ming kishilik otliq qo`shin bilan u Xivani, keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini 
egallab oldi. Asfandiyorxonni shunchaki taxtda qoldirgan Junaidxon xonlikda o`zining 
yakkahokimlik diktaturasini o`rnatdi. Uning buyrug`iga ko`ra Asfandiyorxon o`ldirilib, 
o`rniga akasi 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish