Buyuk geografik
kashfiyotlar
Buyuk geografik kashfiyotlar
—15—17-asr oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-
asr oʻrtalari — 16-asr oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik
kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.
Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va
oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini
(shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va
Ipak yo'li
va
ziravorlar yo'li
Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy
sabablari boʻlgan.
B.g.k. 1yuz yillik davrining muhim voqealari. 1488-yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning
barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va boshqalar). 149294-yillarda
X.
Kolumb
Bagama o.larini, Katta va Kichik Antil o.larini kashf qildi; 1497—99 yillarda Vasko da
Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Janubiy Afrika boʻylab Hindistonga
uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502-yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa
ispan hamda portugal dengizchilari Janubiy Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy
(Braziliya) qirgʻogʻini 25° j.k.gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar.
1513—25 yillarda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar (V.
Nunyes de Balboa) va LaPlata koʻltigʻini, Florida va Yukatan yarim orollarini va Meksika
qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika
va Markaziy Amerikani (E. Kortes va boshqalar) zabt etdilar, Janubiy Amerikaning Atlantika
soxilini toʻliq tekshirdilar. 1519—22 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan.
chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab
birinchi sayohat qiddilar. 1526—52 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F.
Orelyana va boshqa ispanlar Janubiy Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini
10° shahri k.dan 40° j. k. kacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar.
Fransuz dengizchilari J. Verratsano (1524), J. Kartye (153435) Shim. Amerikaning sharqiy
qirgʻogʻini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi
Marko Poloning
sayohatlari (1271-1295)
togʻlarining jan.ni va Qoyali togʻlarning jan.ni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi
oqimlarini oʻrgandilar (1540—42).
B.g.k. 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—
84) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya shahriga (1601) asos solingandan soʻng rus
sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini
kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639-yil I. Moskvitin). 17-asr oʻrtalariga kelib
Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I.
Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi
sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya.
o.larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib,
Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev
ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594-yil Novaya Zemlya o.ning gʻarbiy
qirgʻogʻini va 1596-yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631-yillarda
Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon
qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J.Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar).
Fransuzlar 1609—48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S.
Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606-yil Yangi Gvineya o.ning jan.
qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa
1606—44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan.
qirgʻoqlarini kashf qildilar.
Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan.
Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boʻylab borib, Markaziy
Do'stlaringiz bilan baham: |