Kristofer Kolumbning
to'rtta sayohati, 1492-1503
Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargʻona vodiysining Koson shahriga kelgan, soʻngra
Qizilqumdan oʻtib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin togʻlaridan oʻtib, 126 yilda
vataniga qaytib kelgan (15 ming km yoʻl bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-asrda 16 yil
(629—645) davomida Chjan Syan yoʻlidan yurib, Balx shahrigacha borgan, soʻng Hindukush
togʻlaridan oshib, Haybar darasidan oʻtib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni oʻrgangan,
Panjobdan Bengaliyagacha boʻlgan yerlarni kezgan, soʻngra Amudaryo boʻyiga qaytib, Pomir
va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz boʻylab sayohatga chiqqan.
Sumatra o.ga borgan, soʻng Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va
koʻrganlarini batafsil yozib qoldirgan.
9—10-asrlarda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, Oʻrta Osiyoning buyuk togʻlari,
Shim. va Janubiy Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya o.lari, Afrika, Madagaskar o. haqida yetarli
maʼlumotga ega boʻlishgan. Faqat Yevrosiyoning shim. ularga uncha aniq emas edi. 10-
asrning birinchi yarmida arab sayyohi, olim Masʼudiy butun Gʻarbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz,
Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava o. va Xitoyda ham boʻlgan
degan maʼlumotlar bor. 13-asr boshida arab geografi va sayyohi Yoqut Hamaviy Oʻrta dengiz,
Fors qoʻltigʻi, Eron togʻligi va Turkistonda boʻlgan. Yoqut Hamaviy "Mamlakatlar lugʻati"ni
tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325-yil Iskandariyaga kelgan,
soʻngra Nil daryosi boʻylab suzib, birinchi sharsharaga (Asvon yaqinida) borgan. Keyin Suriya
(Shom), Kichik Osiyo ya. o., Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, soʻng Zanjibar o.
orqali Hoʻrmuz boʻgʻoziga kelgan, Bahrayn o.laridan oʻtib, Janubiy Eronda boʻlgan, u yerdan
Misrga qaytgan. Soʻngra Suriya va Kichik Osiyo ya. o. orqali Kora dengiz boʻyiga, Qrimga,
Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin Oʻrda poytaxti Saroy Berkaga borgan. Keyin
Xorazmga, Buxoro, Samarqandga oʻtgan. Jan.ga burilib Amudaryodan oʻtgan, Hindukush
togʻlaridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342-yil Xitoyga bora turib
Janubiy Hindiston, Shri Lanka, Maldiv o.lariga oʻtgan, undan Xitoyga, Tayvan o.ga borib, 1349-
yil vataniga qaytgan. Soʻng Ispaniyaga borgan. Niger daryosi oʻrta oqimiga, Air, Axaggar
togʻliklariga (Sahroi Kabirda) borgan. Hammasi boʻlib (quruqlikda va suvda) 130 ming km yoʻl
bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim maʼlumotlar qoldirgan.
Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoʻshgan olim va sayyohlar chiqqan.
Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy "Surat alarz" "Yer tasviri" asarini yozgan, 7 iqlimga
taʼrif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016-yilda Sharkda
dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, oʻlchadi, dunyo haritasini tuzdi,
Gʻarbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Hisrav Magʻrib shahriga, jan.da
Nubiya choʻli, Makkagacha, sharkda Moʻlton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming km dan
ortiqyoʻl bosgan. Hofizi Abru (14—15-asrlar) Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq,
Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida boʻlgan, Hindistonda
Gang daryosi qirgʻoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417—20 yillarda yozgan
geografik asarida dunyoning doyrashaklidagi haritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan
27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hozirgi Kojikode) dengiz yoʻli (Arabiston dengizi)
orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib oʻtgan Vasko da
Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq
geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geograf-
sayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos boʻlgan deyish mumkin.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Mag i do vich I. P., Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy, 3 izd., M., 1967; H as a nov H.,
Sayyoh olimlar, 1981; Hasanov H., Oʻrta Osiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Ibrohimov
N., Ibn Batguta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati, T., 1993.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Buyuk_g
eografik_kashfiyotlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Buyuk_geografik_kashfiyotl
ar&oldid=2531484
" dan olindi
Adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 9 kun avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |