2-chizma.
O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining yaratilish davrlari.
1990-yillarning boshlariga kelib respublikamizda «Iqtisodiy tahlil»
faniga oid dastlabki o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Ay-
niqsa, bu davrga kelib buxgalteriya hisobidagi axborotlarni avtomat-
lashtirish masalalariga keng e’tibor qaratildi. Shu yillari hisob, tahlil,
1-DAVR
2-DAVR
3-DAVR
ХХ
asrning
60-yillari
70-yillar
80-yillarning
birinchi yarmi
Shakllanish davri
Sobiq ittifoq ichida o‘z o‘rniga
ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil
maktabining shakllanish davri
Iqtisodiy tahlil maktabining
yaratilishi va ittifoq miqyosida
matbuot k
оо
peratsiyasi tahlili
sohasini egallash davri
4-DAVR
5-DAVR
80-yillarning
ikkinchi yarmi
90-yillarning
boshlari
Iqtisodiy t
а
hlilning o‘zbek
tilida yozilishi v
а
vujudga
kelish davri
Mustaqillik
yillari
Iqtisodiy tahlilning rivojlanish
yillari. Iqtisodiy tahlil bo‘yicha
asarlarning vujudga kelishi va
chop etilishi. Bu bo‘yicha turli
qarashlarning paydo bo‘lishi
21
statistika va reja ma’lumotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha
adabiyotlarni R.A.Abdullayev, R.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov,
K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli nashriyotlarda chop ettirib keldilar.
90-yillarning boshlariga kelib tahlil fanining rivojlanish sohasiga
yangi-yangi iqtisodchi olimlar kirib kela boshladilar. Bunday iqtisodchi
olimlardan A.T.Ibrohimov, B.A.Hasanov, A.Rizaqulov, O.Bobojonov,
M.To‘laxo‘jayeva, N.Jo‘rayev, D.Q.Kudbiyev, Z.N.Qurbonov, O.Juma-
nov, M.Rahimov, A.Abduganiyev, X.Musayevlar «Iqtisodiy tahlil»ning
turli qirralariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi samarqand-
lik olimlarni o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. Bunga rahbar-
likni professor I.T.Abdukarimov o‘z qo‘liga oldi va nihoyat 1989-yilda
I.T.Abdukarimov, M.K.Pardayev, A.A.Abdiyev va V.I.Abdukarimovlar
tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish»
mavzusida birinchi marta o‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U
Toshkentdagi «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p
iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi, ammo maxsus fanlarni faqat rus
tilida o‘qib yurgan talabalar va o‘z ishini rus tilida yuritadigan mutaxas-
sislar uchun o‘zbek tilidagi atamalarni tushunish anchagina qiyin kechdi.
Shu sababli, bu qiyinchilikni osonlashtirish maqsadida samarqandlik
olimlar «Savdoga oid iqtisodiy atamalarning ruscha-o‘zbekcha lug‘a-
tini» ishlab chiqdi va 1990-yilda Samarqand kooperativ institutida va
1992-yilda Toshkentning «O‘qituvchi» nashriyotida chop etishga mu-
vaffaq bo‘ldilar.
Ushbu kitoblar, maqolalar to‘plami va risolalar bozor iqtisodiyoti
shakllanayotgan sharoitda tahlil fanini ilmiy va amaliy jihatdan
takomillashuvi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar edi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o‘rta max-
sus o‘quv yurtlarida tahlil fani, asosan, markaziy shaharlardagi (Moskva,
Leningrad, Kiyev) olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklar asosida
o‘qitilib kelindi, ammo bunda o‘zimizga xos xususiyatlar aks ettiril-
magan edi. Bu esa 60-yillarga kelib o‘zbekistonlik olimlarni ham bu fan
sohasida ijod qilishga da’vat etdi.
Markazdan chiqadigan darsliklarga muallif sifatida taklif qilinadi-
gan bo‘lindi. Jumladan, 1966-yilda Moskvaning «
Экономика
»
nashriyotida chop etilgan «Matbuot kooperatsiyasi korxonalar xo‘jalik
faoliyatining tahlili» nomli darslikning mualliflari novosibirsklik
L.A.Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim I.N.Toporovskiy
22
ham taklif qilingan edi. Bu darslikda respublikamizning ba’zi xususi-
yatlari birinchi marta o‘z ifodasini topdi.
Shu fan bo‘yicha 1970-yilda I.T.Abdukarimov, B.A.Zalesskiy va
N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning «
Экономика
» nashriyotida
«Matbuot kooperatsiyasi korxona va tashkilotlari xo‘jalik faoliyatini
tahlil qilish bo‘yicha masalalar to‘plami» o‘quv qo‘llanmasi birinchi
marta chop etildi. Bu o‘zbekistonlik olimlarning katta ishonchga sazovor
bo‘lganligi va ularning tan olinganligidan dalolat edi.
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani
bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu
fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar
va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi. 1968-yilda I.T.Abdukarimov
tomonidan «Kooperativ savdoda muomala xarajatlari tahlili» Moskva-
ning «
Экономика
» nashriyotida, 1971-yilda «Kooperativ savdoda cha-
kana tovar oboroti tahlili» o‘quv qo‘llanmasi Moskva kooperativ
instituti nashriyotida, 1973-yilda «Kooperativ savdoda foyda va renta-
bellik» nomli monografiyasi «
Экономика
» nashriyotida chop etildi.
Muallifning bu asarlari sobiq ittifoq olimlari tomonidan yuksak baho-
landi.
Shunday qilib, 1970-yillarda Samarqandda prof. I.T.Abdukarimov
rahbarligida tahlil maktabi tarkib topdi. Natijada Samarqand kooperativ
instituti bazasida shu fanning ravnaqiga, uning nazariy va amaliy
muammolariga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy-amaliy konferensiyalar
o‘tkazildi.
1970-yillarning ikkinchi yarmiga kelib tahlilchilar safi O‘zbekiston
miqiyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo‘yicha o‘zbek tilida
darsliklar paydo bo‘la boshladi. 1973-yilda «O‘qituvchi» nashriyotida
N.A.Xan tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari xo‘jalik
faoliyatining analizi» nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darslik chop etildi.
1979-yilda O.Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik
faoliyatini analiz qilish» nomli o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga
mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmasi ham o‘zbek tilida chop etildi. Bu dars-
lik va o‘quv qo‘llanmalar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraq-
qiyoti va istiqboli uchun qo‘yilgan ilk qadamlar edi, ammo respublika-
mizda qishloq xo‘jalik institutlaridan tashqari barcha oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlarida maxsus fanlar, jumladan, iqtisodiy tahlil fani
ham rus tilida o‘rganilar edi. Shu tufayli qishloq xo‘jaligidan tashqari
sohalarda barcha asarlar rus tilida tayyorlandi va chop etildi. 1973-yilda
23
prof. I.T.Abdukarimov va dots. M.K.Pardayevlar tomonidan «Koope-
rativ savdoda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili» nomli kitobi Moskvaning
«
Экономика
» nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbekistonlik olimlar
tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug‘ qadam qo‘ydi,
1980-yillar o‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr bo‘ldi.
I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘ja-
lik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bu
albomning birinchi qismi «Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslariga»
bag‘ishlangan. Ushbu albomning ikkinchi tomi «Kooperativ savdoda
iqtisodiy tahlil» nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari
xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan, ammo matbuot kooperatsiyasi
ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 3-tomi «Matbuot kooperat-
siyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga
bag‘ishlangan. Albomning bir tomi matbuot kooperatsiyasi tashkilotlari-
da barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilingandan keyingi o‘tkazila-
digan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatning tahlili»
deb nomlangan va bunda barcha soha bo‘yicha moliyaviy holatning
qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida xulosa qilishga bag‘ishlangan.
Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan.
1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning
«
Экономика
» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha
kooperativ institutlarga va «Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo‘jalik
faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy
o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik juda
yaxshi kutib oldi. Natijada 1989-yilda ushbu darslik aynan ana shu
nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida qaytadan nashr
qilindi.
O‘zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli – kompleks tahlil
usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda prof. I.T.Abdu-
karimov tahririda M.Q.Pardayev va YU.S.Sattarovlar tomonidan tayyor-
langan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks baholash»
bo‘yicha uslubiy tavsiya yuzaga keldi. Bu tavsiya «O‘zbekbirlashuv»
boshqaruvi tomonidan amaliyotga tatbiq qilish uchun qabul qilindi.
Kompleks tahlil bo‘yicha olimlarning maqolalari ittifoqda chiqadigan
jurnallarda chop etilishi ularning nufuzini yanada oshiradi. Natijada
1986-yilda o‘tkazilgan Butunittifoq ilmiy-amaliy anjumanining asosiy
mavzusi ana shu muammoga qaratildi. Ilmiy-amaliy tavsiya sifatida
24
1986-yilda chop etilgan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, V.I.Abduka-
rimov, V.N.Abramovalarning «Matbuot kooperatsiyasida sotsial-iqtiso-
diy samaradorlikni aniqlash usuli» risolasi qabul qilindi. Bunda mual-
liflar samaradorlikni kompleks tahlil qilish va baholash masalalarini
ko‘tarib chiqdi.
Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar
davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko‘p tarmoqda qanday usul
bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib
borildi va nihoyat 1990-yilda V.I.Abdukarimov tomonidan «Axborot-
larni avtomatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘p tarmoqli matbuot
kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli
monografiya Toshkentdagi «Mehnat» nashriyotida nashrdan chiqdi.
1990-yillarga kelib axborotlarni avtomatlashtirish masalalariga keng
to‘xtaldi. Shu yillari hisob, tahlil, statistika va rejalar axborotlarini
avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha adabiyotlarni R.A.Abdullayev,
V.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov, K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli
nashriyotlarda chop ettirdi.
Tahlilning umumiy masalalari bilan birgalikda uning alohida sohasi
bo‘yicha ham ishlar qilindi. Jumladan, prof. D.Q.Kudbiyev savdoda
asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili muammolari, prof.
X.A.Shodiyev esa tayyorlov savdo sohasida intensivlik va samaradorlik-
ni aniqlash hamda tahlil qilish muammolari bo‘yicha ancha ishlar
qildilar. Savdo korxonalarida aylanma mablag‘lar tahlili bo‘yicha bir
qancha uslubiy tavsiyalar bilan A.Sh.Sattorov, matbuot kooperatsiya-
sining ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va aylanma mablag‘lar
tahlili bo‘yicha U.X. Xudoyberdiyevlar ham samarali ijod qilmoqdalar.
Tahlil nazariyasi va usullarini takomillashtirishda Yo.Abdullayevning
hissasi sezilarli bo‘ldi.
1981-yilda D.Q.Kudbiyev «Savdoda asosiy fondlardan samarali
foydalanish tahlili» kitobini, 1990-yilda «Kooperativ savdoda asosiy
fondlardan foydalanish tahlilining muammolari», 1989-yilda «Koopera-
tiv chakana savdoda asosiy fondlar samaradorligini kompleks baholash
va tahlil qilish» kabi monografiya va o‘quv qo‘llanmalarini chop etdi.
So‘nggi paytlarda iqtisodiy taraqqiyotda samaradorlik va intensivlik
ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etdi. Buni inobatga olib, 1990-
yilda, M.Q.Pardayev va Z.N.Qurbonovlar hamkorligida «O‘qituvchi»,
nashriyotida «Kooperativ savdoda samaradorlik va intensivlik ko‘rsat-
kichlari tahlili» mavzusida monografiya, M.K.Pardayev va Sh.U.Hayda-
25
rov hamkorligida «Kooperativ savdo korxona va tashkilotlarining
moliyaviy ahvolini tahlil qilish» mavzusidagi o‘quv qo‘llanma chop
etildi. Bu sohaning rivojlanishiga X.A.Shodiyev ham o‘zining salmoqli
hissasini qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘ziga xos va
mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu
esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini
talab qildi. 1991-yilda I.T.Abdukarimov, M.K.Pardayev va Sh.U.Hayda-
rovlar hamkorligida «Yangi xo‘jalik yuritish sharoitida kooperativ
savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi. 1993-yilda
Z.N.Qurbonovning «Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdoda buxgalteriya
uchoti va iqtisodiy tahlil» monografiyasi «O‘qituvchi» nashriyotida
chop etildi. Shu yili «Zarafshon» nashriyotida muallifning «Savdoda
intensivlik mohiyati, ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari»
mavzusidagi kitoblari chop etildi. Olimlar 1994-1999-yillarda tahlil
fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muammolariga bag‘ishlangan bir
qancha to‘plam va risolalar chop etishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu
kitoblar, maqolalar to‘plami va risolalar bozor iqtisodiyotining shaklla-
nayotgan sharoitida tahlil fanini ilmiy va amaliy jihatdan takomillashuvi
uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.
1995-1999-yillarda O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy
sohasi bo‘lgan moliyaviy tahlilga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar
chop etildi. Bular jumlasiga, M.Q.Pardayevning «Moliyaviy tahlil
metodologiyasi», A.Ibrohimovning «Moliyaviy tahlil» (T.: Mehnat,
1995), I.T.Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish
yo‘llari» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi
nashri 1999-yilda), I.O.Voljin va V.V.Ergashboyevlarning «Moliyaviy
tahlil» (T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998), M.
Q.Pardayev va B.I.Isroilovlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: «Iqtisodiyot
va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999), kabi kitoblarni kiritish mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda iqtisodiy tahlil
fanining ravnaqi o‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab
shakllangan, biroq bu fanning ravnaqi va uning kelajagi oldinda.
Respublikamizda savdo va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha har holda
darsliklar yaratilgan va ancha ishlar qilingan, ammo xalq xo‘jaligining
muhim tarmoqlaridan bo‘lgan sanoat, qurilish, transport, xizmat ko‘rsa-
tish sohasidagi korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha hali
ancha ishlar qilish lozim. Bu sohalar bo‘yicha hali darsliklar va tegishli
26
adabiyotlar deyarli yaratilmagan. Bunday holat respublikamizning
ravnaqi uchun, uning kelajakdagi taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib
berilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki sanoat va boshqa
iqtisodiyotning taraqqiyoti o‘zimizga xos bo‘lmog‘i lozim. Bu esa ushbu
sohalar bo‘yicha o‘zimizga xos iqtisodiy tahlil usullarini ishlab chiqishni
taqozo etadi.
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi, mustaqil davlatimizning musta-
qil fani – moliyaviy va boshqaruv tahlilining vujudga kelishi va
rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin
oshadi, chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har xil korxonalarning
xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda «Iqtisodiy tahlil»ga oid bir
necha o‘nlab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy
maqolalar chop ettirildi. Mustaqqillik yillari tahlil fanining yuksak
rivojlanish davri bo‘ldi. Mustaqqillik yillarida oliy ta’lim standartlari
hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat standartlariga asosan,
«Iqtisodiy tahlil» fanining yangi o‘quv dasturlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |