Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


 Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni



Download 372,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana11.06.2022
Hajmi372,79 Kb.
#654038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni,

1.3. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni 
Bozor iqtisodiyoti – bozorning o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari va 
vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni alohida 
shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari, 
xususiyatlari amal qiladi. 
Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mav-
jud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz 
va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart. 
Bu esa ularni mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini ta’min-
laydi. Aks holda, ular o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay bozor 
munosabatlarida o‘rinlarini yo‘qotadilar. Demak, korxonalar bozordagi 
mavjud holatni va o‘zlaridagi ichki imkoniyatlarni chuqur o‘rganmay 
turib faoliyatlarini amalga oshira olmaydilar yoki qo‘yilgan maqsadga 
erisha olmaydilar. 
Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom 
ettirishidan oldin, dastavval uning va o‘zining barcha holat hamda 
imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka 
asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosga ega bo‘lgan faoliyat dasturi 
ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa mablag‘lardan to‘g‘ri va 
samarali foydalanishni ta’minlaydi. 
Bozor munosabatlari rivojlanib, tobora takomillashib borishi korxo-
nalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan obyektlar sonini ham ko‘pay-
tirib, murakkablashtirib bormoqda. Jumladan, bozordagi infrastruktura 
xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va 
boshqa hisob-kitoblar hamda moliyaviy munosabatlargacha, qiymat 
yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun 
tahlil obyekti bo‘lib qolmoqda, ayniqsa, 2009-yildan boshlangan jahon 


28
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchi-
liklar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur-
ligini ko‘rsatib berdi. 
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruv-
chanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim uzluksiz uning 
talablariga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadqi-
qotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Demak, tashqi 
va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda korxonalar o‘z faoliyatini 
marketing yo‘nalishida olib borishga majbur. Natija esa, strategiya va 
taktikani hamda unga muvofiq keluvchi dasturlar va rejalarni ishlab 
chiqishni ta’minlaydi. 
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat 
uchun qo‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita iqtisodiy tahlil 
ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja ko‘rsatkichlari bozordagi holat, 
o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda 
ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi. 
Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib, mablag‘-
lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali yo‘nalishning 
har bir bosqichida amalga oshiriladigan xatti-harakat aniq belgilanib 
olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qili-
nadi. Demak, rejalashtirish ishlarining har bir elementi dastavval turli 
usullar bilan muqobillik asosida tahlil etiladi. Natijada esa, eng maqbul 
faoliyat deb tanlab olingan yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanish-
da imkon qadar samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi. 
Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira 
boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib, u reja ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi, 
yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada 
imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi. Haqiqiy ma’lumotlar bevosita 
bozordagi holat bilan ham bog‘lanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va ular-
ning korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’siri tezkorlik bilan tahlil 
qilinadi. Shu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, bozor 
sharoitida iqtisodiy tahlil vositasida barcha jarayonlar aniq faktlar bilan 
analitik usulda tahlil qilinib, ularni sintez yo‘li bilan umumlashtirib te-
gishli
qarorlar
qabul
qilinadi hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi. 
Iqtisodiy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib 
uni ijobiy tomonga o‘zgartirish vazifasini bajaribgina qolmay, balki 
uning vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun 


29
ham zarur bo‘lgan ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moli-
yaviy holati hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g‘risida ham to‘la tasavvur 
hosil qilinadi. Natijada esa, korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb etish 
imkoniyati tug‘iladi.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub-
yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh-
nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri 
boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Ammo, ko‘pgina korxona va 
tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar 
tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi 
sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. Bozor iqtisodiyoti 
sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi 
kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va 
ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish 
zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan 
foydalana bilishdir. 
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri 
uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda 
hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. 
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin: 
1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish. 
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Bunda iqtisodiy tumanlar, hududlar va butun iqtisodiyot tarmoqla-
rini tahlil qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoq-
larini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan 
bo‘lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar
 
iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi, 
holbuki, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar 
qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan. 
Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadal-
lashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo‘nalishlarni tez bartaraf etishda, 
iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish 
birinchi navbatdagi vazifadir. Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning 
asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotni boshqarish, qayta qurishning mohiyati 
va uni amalga oshirish tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtiso-
diyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati – barcha daraja-
larda, asosan, ma’muriy rahbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfa-
atlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson 


30
omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o‘tishdir. Hozirgi bosqichda 
tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti afzalliklarini mumkin 
qadar to‘laroq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va 
epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo etadi. 
Xo‘jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish ko‘pgina ta’sir 
etuvchi omillarga, shartlarga va holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilganidek, korxonalar faoliyatini boshqarishda boshqaruv 
funksiyasi asosiy mavqeni egallaydi, shu bilan birga tahlil ham ushbu 
funksiyalarning to‘liq faoliyati va darajasi ko‘p jihatdan ularning 
uslubiyatiga bog‘liqligi bilan, bundan tashqari boshqaruv obyektida 
fanning predmetini o‘z vaqtida aniq tushunishi bilan ajralib turadi. 
Bizga ma’lumki, odatda, har qanday fan o‘z predmeti orqali obyek-
tiv borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tushuna oladi. Aynan 
bitta obyektni turli xil fanlar o‘zining ixtisoslik tomonlaridan yoki 
aloqalaridan kelib chiqib turlicha qarashi mumkin. Ko‘rinib turganidek, 
xo‘jalik faoliyati o‘zining mazmuni va strukturasi jihatidan murakkab 
obyekt ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli korxonalarning xo‘jalik 
faoliyatini ko‘pgina iqtisodiy fanlar hamda boshqa fanlar o‘rganishi 
mumkin. Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida 
ma’lum bir darajada bilim beradi. Bunday bilim berishda yoki o‘rga-
nishda tabiat va jamiyatni rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlarga, 
tamoyillariga amal qiladi. 

Download 372,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish