meristema to'qimasidan
foydalanilganligi boisidan, o'simlik viruslardan
qutuladi;
ko'payish koeffitsientining yuqoriligi;
selektsiya vaqtining qisqarishi;
o'simlik reproduktiv rivojlanish fazasiga tezroq o'tadi;
an'anaviy usullarda ko'paytirish qiyin bo'lgan o'simliklarni ham ko'paytirish
imkoniyati;
ekuv materiali uchun katta er maydoni shart emas.
XX asrning 50-yillarida Jorj Morel' ilk marotaba orhideya o'simligini mikroklonal
usulda ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi.
16
-
rasm. Ozuqa muhiti solingan konteynerlarga ekuv materiallari
ekilgan.
O'sha davrda o'simliklarning
apikal
meristemasini
in vitro
sharoitda ko'paytirish
tehnikasi ishlab chiqilgan edi. J.Morel' o'z
ishida ushbu tehnikadan samarali foydalandi.
50-yillarda
apikal
meristemani
ko'paytirishda
dastlabki
eksplant
sifatida
chinnigul,
no'hot,
kungaboqar,
makkajo'hori,
qoqio't
kabi
o'simliklardan
foydalanilgan. O'simlikning rivojlanishi va
regeneratsiyasiga
ozuqa
muhitining
tarkibi
qanday ta'sir qilishi o'rganilgan.
J.Morel' tadqiqotlarida simbidium apikal
meristemalarini kuzatgan. Simbidium apikal
meristemalari sharsimon sferalar -
protokormlar
hosil qilgan. Protokormlarni bo'lib, alohida har
bir bo'lagini ozuqa muhitiga ekish mumkin. Har bir bo'lak ildiz chiqarib ko'chat
holiga keladi. Morel' bu ishlarni uzluksiz amalga oshirish mumkinligini aniqladi.
Natijada
yuqori sifatli, viruslardan holi, genetikasi bir hil ko'chatlar olish usuli yuzaga
keldi.
17-rasm. Laboratoriyada bankalarga ekilgan mikroklonlar.
Mikroklonal ko'paytirish usulida turli-tuman o'simliklarni, jumladan, yoshi
katta yog'och shohli darahtlar, ayniqsa ignabarglilar, dorivor o'simliklarni ko'paytirish
mumkin. Butkul yo'qolib ketish havfi bo'lgan o'simliklarni
ham shu usul yordamida
saqlab qolsa bo'ladi.
Yog'och shohli o'simlik to'qimalari kul'turasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar
fransuz olimi Gotre tomonidan XX asrning 20-yillarida chop etilgan. Unda
qayrag'och,qarag'ayning ayrim turlari
in vitro
sharoitda kallus hosil qilishi
mumkinligi
aytilgan.
40-yillarda
olib
borilgan
tadqiqotlar
shuni
ko'rsatdiki,qayrag'ochning turli to'qimalaridan adventiv shohchalar o'sar ekan. Biroq
shohchalar o'sib, ko'chat bo'lib etilishi haqida ma'lumotlar olinmagan. 60-yillarning
o'rtalarida Mates tog'terakdan olingan regenerantni (o'simlik
tanasining biror eridan
kesib olingan va qayta tiklangan to'qima yoki organ) ko'chat holigacha etishtirishga
muvaffaq bo'ldi.
Ignabarglilar to'qimalari kul'turasi olimlar uchun uzoq yillargacha tadqiqot
ob'ekti bo'lib kelgan. Sababi, o'sha davrda o'simliklardan ajratilgan hattoki yosh
to'qimalarni ham o'stirishda muammolar etarli edi. Ma'lumki,
darahtlar ayniqsa,
ignabarglilar sekin o'sadi, ildizining rivojlanishi ham qiyin kechadi. Bundan tashqari,
ignabarglilardan juda ko'p miqdorda ikkilamchi moddalar (fenollar, terpenlar va
boshq.) ajraladi. O'stirish uchun daraht tanasidan to'qimalar ajratilganda ushbu
ikkilamchi moddalar fenolaza fermentlari ta'sirida oksidlanadi. Oksidlangan
moddalar esa o'z navbatida hujayralarni bo'linishini va ularni o'sishini, rivojlanishini
to'htatadi. Lekin shunga qaramay, olimlar tadqiqot uchun aynan darahtlarning organ
va to'qimalarini tanlamoqdalar.
Bugungi kunga kelib, 200 dan ortiq daraht turlarini
(kashtan, eman, qayin, tog'terak, tog'terak va terak gibridi, qarag'ay, zarang, archa va
boshq.)
in vitro
sharoitda o'stirishga erishildi. Soha bo'yicha ilmiy izlanishlar
dunyoning ko'plab shaharlarida hali davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: