glikozidazalarga) nisbatan 10 marotabakamdir. Bu xolat lipazani sanoat miqyosida
ishlatish hozircha boshlang‘ich bosqichda turganidan dalolat beradi. Shunga qaramay
lipazalarni ishlatilish sohalari proteaza,glikozidazalarga qaraganda ko’proq. Shuning
uchun ham lipazalarni o’rganishdan maqsad bu fermentni sotish emas, balki,uni xalq
xo’jaligida ishlatish mumkin bo’lgan yangi sohalarini aniqlash bilan bog‘liq. Gen
muxandisligi vafermentlarstrukturasini aniqlashusullarini takomillashibborishi lipazani
ishlatish sohalariniyanadakengayibborishiga sabab bo’ldi. Ma’lumki, lipazalar nafaqat
triglitseridlarni va ularni hosilalarini murakkab efirlarini gidroliz qilish, balki ko’plab
tabiiy bo’lmagan substratlarni atsillash, deatsillash reaksiyalarini ham kataliz qila
oladilar. Lipazalarni substrat spetsifikligini kengligi, suvli va organik muhitlarda
barqarorligi hamda bu fermentlarni har xil manbalardan ajratib olish imkoniyatlari
ko’pligi, ularni ko’plab sohalarda, jumladan, tibbiyotda, oziq-ovqatda,kosmetikada,
kiryuvishvositalari ishlab chiqarish sanoatida, organik sintezda va boshqa sohalarda
ishlatish mumkinligini ko’rsatadi.
Hozirgi paytda, lipazalardan inson ehtiyoji uchun foydalanishning eng
muhim yo’nalishlaridan biri ulardan tibbiyot amaliyotida foydalanishdir.
Lipazalar, ovqat hazm qilish yo’lining kasalliklarini davolash, ortiqcha
vazndan xalos bo’lish, ko’plab kasalliklarga tashxis qo’yish hamda organizmda
engil so’rilib ketadigan parxezbop triglitseridlar olishda ishlatiladi. Masalan,
ovqatdagi yog‘ni qonga so’rilishini engillashtirish maqsadida oshqozonostibezi
kasallangan bemorlar ovqatlanganda pankreatit preparatlarini qabul qiladilar. Bu
terapiyani kamchiligi shundan iboratki, pankreatit preparatlarini bir qismi ovqat hazm
qilish sistemasining proteazasi ta’sirida va oshqozondagi kislotali muhitda qisman
inaktivatsiyaga uchraydi. Hozirgi vaqtda pankreatik kasalliklarini davolash uchun
ishlab chiqariladigan preparatlar tarkibida har xil lipazalar, jumladan inson
oshqozonining rekombinant lipazasini ham saqlaydi. Bu lipazani uzun zanjirli va kalta
zanjirli yog‘ kislotalariga bo’lgan spetsifikligi inson oshqozonidagi lipazaga nisbatan
ancha yuqori bo’lganligi sababli inson organizmida lipidlarni so’rilishini kuchaytiradi.
Semirishni an’anaviy davolash usuli- organizmda yog‘ni so’rilishini nazorat
qilishga asoslangan va bunga ovqat hazm bo’lishida ishtirok etuvchi lipazalarni
faolligini pasaytirish (ingibirlash) orqali erishiladi.
Streptomyces toxytricine
dan
ajratib olingan tetragidrolipstatin (TNL) preparati tibbiyot amaliyotida oshqozon
lipazasiva oshqozon osti bezi lipazasi faolligini yo’qotish maqsadida ishlatiladi.
Qon zardobida lipaza faolligini aniqlash usulidan, pankreatit, peritonit, buyrakni
surunkali ravishda yomon ishlashi kabi kasalliklarga tashxis qo’yishda foydalaniladi.
Chunki,bu kasalliklarda qon zardobida lipaza faolligi oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: