Biotexnologiya fanidan o’quv-uslubiy majmua



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/140
Sana11.06.2022
Hajmi5,94 Mb.
#653216
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
Bog'liq
Biotexnologiya

Nazoratuchunsavollar 
 
1.Fermentlar nima? 
2. Zamonaviy biotehnologiyada fermentlarning o'rni. 
3. Fermentlarni inson organizmidagi roli. 
Lipidlar olish 
uchun xom ashyo 
manbalari 


4. Fermentlar barqarorligini oshirish yo'llari. 
5. Fermentlarni kimyoviy usulda immobilizatsiyalash. 
6. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash. 
7. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: gel'ga kiritish. 
8. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: mikrokapsula olish. 
9. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: liposomaga kiritish. 
10. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: nanosomalar olish. 
MASHG‘ULOT № 14 
MAVZU: Bug'doy donidan lipaza fermentini ajratish va uning gidrolitik faolligini 
aniqlash
Mashg'ulot shakli:
«Biotexnologiya» 
yo‘nalishitalabalariuchunlaboratoriyamashg‘uloti. 
Mashg'ulot uslubi:
«Muloqot» usuli.«FSMU»o‘yinlitexnologiya. 
Mashg‘ulotmaqsadi:
biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-biotehnolog 
uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar 
bilan ishlaydi 
Mavzuning ahamiyati:
biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-
biotehnolog uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik 
organizmlar bilan ishlaydi 
Ishningnazariyqismi
Lipazalar (KF 3.1.1.3.-triatsil glitserol 
gidrolazalar) barcha tirik organizmlarda sodir 
bo´ladigan lipidlar almashinuvida bosh vazifani 
bajaradi va hujayralarni energetik zahirasini 
to´planish jarayonlarida ishtirok etadi. Lipazalar 
nafaqat 
ovqat 
hazm 
bo´lish 
yo´lidagi 
triglitseridlarni 
(yog´larni), 
di-, 
monoglitsiridlargacha va sofholatdagi yog´ 
kislotalarigacha parchalanish jarayonlaridaham 
ishtirok etadi.
43-rasm. Dengiz cho´chqasidan ajratilgan pankreatik
lipazamolekulasining kompyuter modeli. 
Lipazalar suvli va organik muhitlarda ham 
barqaror 
bo´lib, 
ular 
o´simliklardan, 
hayvonlardan, hamda tabiiy va rekombinant 
mikroorganizmlardan ham ajratib olinishi mumkin. Xozirgi davrda lipazalar juda ko´p 
soha va jarayonlarda ishlatilib kelinmoqda. Jumladan, tibbiyot amaliyotida tashxis 
qo´yish va davolashda, oziq-ovqat sanoatida, kosmetikada¸qog´oz ishlab-chiqarishda¸ 


detergentlar (kir yuvish vositalari) tayyorlash va organik sintezda muvaffaqqiyat bilan 
ishlatilib kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda bu fermentlarni biokatalitik xususiyatlarini 
optimallashga katta e'tiborberilmoqda. Biotexnologik jarayonlarga mos bo´lgan lipaza 
tanlash, uni ishlab chiqarishni arzon va oson usullarini yaratish xamon dolzarbligicha 
qolmoqda.
Hozirgi davrga kelib olimlar tomonidan lipidlarga va to´yinmagan yog´ 
kislotalariga bo´lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. 
Organizm fermentativ tizimga ega bo´lganligiga qaramasdan, juda ko´p yog´ 
kislotalari, birinchi navbatda linol va linolen kislotalari inson organizmida 
sintezlanmaydi. Aynan mana shu kislotalarni ozuqada kam uchrashi, har xil 
patologiyalarni kelib chiqishiga sabab bo´ladi. Shuning uchun ham bu kislotalarni 
«almashinmaydigan yog´ kislotalari» deb ataladi. Linol va linolen kislotalari birlashgan 
nomga ham egalar.
Ularni «vitamin F» ham deb aytish qabul qilingan. Organizmda mana shu 
kislotalarni etishmasligi, xolesterinni to´yingan yog´ kislotalari bilan juda qiyin 
oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qilishiga olib keladi. Bu moddalar, kimyoviy 
mustahkam bo´lganliklari sababli, qonda, xususan arteriya qon tomirlarining devorlarida 
to´planib qoladi.
44-rasm. Qon tomiridagi tromb. 
Organizmda to´yinmagan yog´ kislotalari etarli 
bo´lgan hollarda, ular xolesterin bilan reaktsiyaga 
kirishib, murakkab efirlar hosil qiladilar va bunday efirlar 
engil oksidlanib, kichik molekulyar og´irlikka ega 
bo´lgan moddalar hosil qilib¸ organizmdan oson chiqib ketadi. Keyingi yillarda linolen 
kislotasi dorivor modda sifatida ko´plab og´ir kasalliklarni (ateroskleroz, yurak 
ishemiya hastaligi va boshqalar) davolash yoki ularni oldini olish maqsadida, tibbiyot 
amaliyotida keng ishlatilib kelinmoqda. Ma'lumki, o´simlik yog´lari, ularni tarkibiga 
kiruvchi yog´ kislotalarini tuzilishi bo´yicha bir-birlaridan farqqiladilar. Masalan, 
maxsar o´simligidan ajratilgan (
Carthamus tinctori
) yog´ tarkibida 80% gacha linolen 
kislotasi saqlanadi. Shuning uchun ham bu o´simlik linolen kislotasi olish uchun yaxshi 
manba hisoblanadi. 
Bugungi kunda, sof holatdagi yog´ kislotalarini olishni eng istiqbolli yo´llaridan 
biri, fermentativ gidroliz usuli hisoblanadi. Lipaza fermenti ishtirokida olib boriladigan 
bu usul atrof muhitni ifloslantirmaydi.
Lipazalarni, boshqa esterazalardan farqli tomoni shundaki, ular aggregatsiyaga uchragan 
substrat molekulalari sirtida faollanadilar. Lipazalar, o´zlarining substratlari (yog´ 
tomchilarini) sirtida adsorbtsiyaga uchraydilar va faollanadilar. Ilmiy adabiyotlarda, 
lipidli monoqavatlarda adsorbtsiyalangan lipazalar, substratlarni parchalanish darajasini


belgilab beruvchi, ferment-substrat kompleksini hosil bo´lishiga olib keluvchi lipazalar 
haqida ko´plab ma'lumotlar keltirilgan.
Lipaza suvda eriydigan ferment bo´lib, inson organizmida sintezlanib, neytral 
yog´larni fraktsiyalashda, eritishda va hazm qilishda ishtirok etadi.Ushbu ferment bir 
qancha organ, to´qimalarda sintezlanadi va bir necha turlarga bo´linadi: 
Oshqozon osti bezi lipazasi 
Lingval lipaza (laktatsiya davridagi go´daklarning og´iz bo´shlig´ida joylashgan 
bezlarda sintezlanadi) 
Jigar lipazasi 
Ichak lipazasi 
O´pka lipazasi 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish