462
Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o’quv va ijodiy faolligi
dinamikasi, uning qiziqish yo’nalishi, kasbga tayyorgarlik harakteri to’g’risida keng
tasavvur beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: Portfolioning sifat jihatidan baholanishi yakuniy
attestatsiya natijalarini to’ldiradi, Lekin talabaning umumiy ta’lim
reytingida asosiy
tashkil etuvchi bo’lib hisoblanmaydi.
“Ishlar portfoliosi”ni to’ldirishning namunaviy varianti
Loyiha ishlari. Loyihaning mavzusi, qisqa mazmuni hamda ilova sifatida
rasmlar, ishning bosma yoki elektron variantlardagi matnlari keltiriladi.
Tadqiqot ishlari va referatlar. Referat mavzusi, hajmi (necha bet),
illyustratsiyalar va b.
Texnik ijod. Model, maket, asboblar. Aniq
ishlar va ularning mazmuni
(to’zilishi, ish printsipi, texnik tavsifi) bayon etiladi.
Ijodiy faollikning boshqa shaklllari.
Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki. Kurs nomi, muddati va o’qish shakli
ko’rsatiladi.
Turli xil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy,til o’rganish, pedagogik, malakaviy va
b.
Amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.
Qo’shimcha ta’lim muassasalari va turli xil o’quv kurslaridagi mashg’ulotlar.
Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o’qish muddati va natijalari keltiriladi.
Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki. Tadbir nomi, o’tkazilgan vaqti va talabaning
natijasi qayd etiladi.
Ilmiy anjuman, seminar va oromgohlardagi ishtiroki.
Tadbir mavzusi, tadbirni
o’tkazgan tashkilot, o’quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli.
Sport bo’yicha natijalari. Sport musabaqalaridagi ishtiroki, sport razryadining
mavjudligi.
Boshqa faoliyat turlari.
Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo’yicha o’qituvchi,
ota-onasi,
kursdoshlari, qo’shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning
xulosalari, taqrizlari hamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo’yicha o’z
tahlillaridan iborat bo’ladi.
Afzalliklari: Bu portfolio talabani o’quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati bilan
bog’’liq bo’lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o’z- o’zini
baholash mexanizmini yaratib beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: To’plangan materiallarni bir shaklga keltirish va
hisobga olishning murakkabligi.
Taqrizlar portfoliosining namunaviy
tarkibi:
463
-
bajarilgan ishlar sifati bo’yicha
taqrizlar;
-
qo’shimcha ta’lim muassasasining
ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy
-
amaliy
anjumanlardagi chiqishlari bo’yicha taqrizlar.
-t
alabaning o’z faoliyati bo’yicha xulosalari, baholari;
-
keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o’qishni qanday tashkil etish
bo’yicha
talabaning o’z xulosalari; amaliyotlar bo’yicha tavsiya xatlar;
-
boshqa sohalar bo’yicha taqriz va xulosalar.
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o’rgangan
holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy,
ushbu portfolioning
bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
3.
“
Do'stlaringiz bilan baham: