Toshvil uz 1



Download 53,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.06.2022
Hajmi53,68 Kb.
#650945
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pdf



toshvil.uz
1
Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, ochiq
va amaliy tashqi siyosat yuritish – asosiy
maqsad
Shu kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi
keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama etilmoqda.
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zolari
ham Murojaatnomada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda izchil, konstruktiv, vazmin va muvozanatli
tashqi siyosat yuritish borasida bildirilgan barcha taklif va tashabbuslarni atroflicha muhokama
qilmoqdalar.
Dilorom Fayziyeva qo‘mita raisi:
– Davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida 2021 yildagi mamlakatimiz aholisi turmush darajasining izchil
o‘sishini ta’minlashga qaratilgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi. Prezident Murojaatnomasida jamiyat
va davlat hayotining barcha sohalarini modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni
amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan samarali tashqi siyosat olib
borish masalalari ham markaziy o‘rin egalladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz xalqaro maydonda nufuzi keskin ortib, sifat o‘zgarishlariga
erishdi, o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ochiq va konstruktiv muloqotga qodir, mas’uliyatli va
oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan obro‘li sherik bo‘lishga intilmoqda.
Albatta, pandemiya sharoitida jahonda kechayotgan keskin geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar
davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni yangi reallikka moslash kabi ustuvor
talablarni ilgari surmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Murojaatnomaning tashqi siyosat qismida belgilangan har bir vazifa va masala
nihoyatda katta ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu vazifalarning bekamu-ko‘st ijrosi esa, o‘z
navbatida, yurtimizning xalqaro maydondagi imijini yuksaltirishga, uning tevaragida keng ko‘lamli xalqaro
hamkorlik uchun xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qodir Jo‘rayev qo‘mita raisining o‘rinbosari:
– Murojaatnomada O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini yangilash va har
tomonlama takomillashtirish haqida ilgari surilgan taklif nihoyatda dolzarb va o‘rinlidir. Bu tashabbus o‘z
vaqtida va mantiqan to‘g‘ri qo‘yilgani bilan ham e’tiborga molik.
Ma’lumki, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi – davlatning xalqaro munosabatlar sohasidagi o‘rta va uzoq
muddatli strategik maqsad va vazifalarini to‘liq qamrab oluvchi, milliy manfaatlarni ilgari surish, amalga
oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq mexanizmlar hamda ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi, o‘zida
mamlakat tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillarini tizimli ravishda ifoda etuvchi doktrinal hujjat
hisoblanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi 2012 yilda qabul qilingan bo‘lib,
konseptual hujjat sifatida o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi progressiv tashqi siyosatining
asosiy maqsad-vazifalarini va ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida qaysidir ma’noda mujassam etib keldi, albatta.
Biroq shiddatli zamon bir joyda qotib turmaganidek, kechagi o‘lchamlar ham bugungi jadal taraqqiyotimiz
mezonlariga to‘g‘ri kelmasligini davrning o‘zi ko‘rsatmoqda. Binobarin, Konsepsiyaning ba’zi jihatlarini
Yangi O‘zbekistonning ochiq, konstruktiv va amaliy tashqi siyosatidan, jahon maydonida tobora ortib
borayotgan o‘rni va mavqeidan kelib takomillashtirishga katta ehtiyoj sezilmoqda.



Download 53,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish