Toshvil uz 1



Download 53,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana10.06.2022
Hajmi53,68 Kb.
#650945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pdf

toshvil.uz
2
Ayniqsa, zamonaviy xalqaro munosabatlardagi tub o‘zgarishlar, dunyodagi siyosiy-harbiy vaziyatning
kutilmagan evrilishlari, globallashuv jarayonlarining yanada chuqurlashuvi, qudratli siyosiy va iqtisodiy
kuch markazlari joylashuvidagi transformatsiyalar, keng mintaqamizda va O‘zbekistonning yon-atrofidagi
hududlarda ro‘y berayotgan hodisalar va tobora kuchayib borayotgan turli xavf-xatarlarga munosib javob
qaytarish kun tartibiga dolzarb vazifa sifatida chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasining yangi tahrirda qabul kilinishi
mamlakatimiz tashqi siyosatining progressiv mohiyatini, kuchayib borayotgan iqtisodiy-diplomatik sa’y-
harakatlarini, ochiqlik xarakterini dunyoga namoyish etayotgani bilan bevosita bog‘liq. Qolaversa, bugungi
reallik O‘zbekiston Rahbarining nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki uning tevaragida ham xavfsizlik,
barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik makonini, strategik sheriklik ruhini mustahkamlashga bo‘lgan yuksak
siyosiy irodasini yaqqol namoyon etmoqda.
Jahongir Mamajonov qo‘mita a’zosi:
– Murojaatnomada Prezidentimiz 2021 yilda tashqi siyosatimizning vazifalarini belgilab berar ekan,
Markaziy Osiyo mintaqasi ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo geostrategik joylashuviga ko‘ra, ming yillar davomida jahon miqyosidagi
jarayonlar markazida bo‘lib kelgan. Shuningdek, bizning mintaqamiz doimo o‘zining boy madaniy-tarixiy
merosi bilan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘laydigan noyob chorraha vazifasini
o‘tagan.
Tan olish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning mintaqaviy tashabbuslari va ularning amaliy ijrosi
yo‘lidagi olamshumul sa’y-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat,
yaqin hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi, ko‘p yillik to‘siqlar olib tashlandi. Qisqa vaqt ichida mintaqada
do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik muhitini mustahkamlashga erishildi.
Yaqin-yaqingacha o‘zaro munosabatlarda ba’zi mavzularda gapirish “maqbul emas”, deb hisoblangan
bo‘lsa, hozirda biror bir “yopiq yoki sirli mavzu”ning o‘zi qolmadi. Jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy,
transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish,
chegara punktlarini kesib o‘tish kabi muammolarni tomonlar ochiq va do‘stona ruhda hal qilib
kelishmoqda.
Zuhra Shodiyeva qo‘mita a’zosi:
– Murojaatnomada asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari,
Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan
Arab Amirliklari va boshqa qator davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada
kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Zero, ushbu mamlakatlar O‘zbekistonning xalqaro
maydondagi eng yirik hamkorlari hisoblanadi, qolaversa ularning aksariyati bilan strategik sheriklik
to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan, savdo aylanmasi muttasil ortib bormoqda.
So‘nggi yillarda yuqorida nomlari tilga olingan davlatlarning hammasi bilan ham nafaqat ikki tomonlama,
balki nufuzli tuzilmalarda ko‘p tomonlama formatlarda ham aloqalar izchil rivojlandi. Hech kimga sir emas,
so‘nggi yillarda investitsiyaviy faollikning keskin o‘sishi mamlakatimiz iqtisodiy yuksalishining bosh
omillaridan biri bo‘ldi.
So‘nggi to‘rt yilda xorijiy investitsiyalarning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 22 foizni, jami hajmi 26,6 milliard
dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar – 17,5 milliard dollarni tashkil etdi. Taqqoslash
uchun aytish mumkinki, bu to‘rt yildagi natijalar bilan 2007-2017 yillardagi ko‘rsatkichlar tengdir.
Biroq Murojaatnomada erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan balki sherik davlatlar bilan qator
sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada chuqurlashtirish lozimligi alohida qayd etildi. Ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga, xususan, mamlakatimizning chet ellardagi



Download 53,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish