109
8.
“Qo‘lqop va saqich estafedasi” mashqi
Maqsad:
ishtirokchilarda quvnoq kayfiyatni paydo qilish hamda jamoaviylikni
shakllantirish, jamoa bo‘lib bir maqsad yo‘lida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Kerakli resurslar:
mos ravishda har bir ishtirokchi uchun 1 tadan saqich va ikki
juft qo‘lqop.
Jarayon:
barcha ishtirokchilarni mos ravishda ikkita guruhga birlashtirib ya’ni
teng bo‘lib olish kerak. Undan so‘ng ulardan o‘z jamoalari bilan narigi jamoaga
nisbatan qarama qarshi turib, bir qator saflanish so‘raladi. Jamoalar saflangach har
bir ishtirokchiga bittadan saqich beriladi va har bir jamoa safida turgan birinchi bir
juft qo‘lqop beriladi. SHart shuki, ishtirokchilar qo‘lqopni kiyib saqichning ustidagi
(muqovasini) qog‘ozni olib tashlab og‘ziga solishi kerak va tezda qo‘lqopni echib
ortidagi ishtirokchiga uzatishi lozim. Keyingi ishtirokchi ham shu tarzda qo‘lqopni
undan keyingi odamga uzatishi talab etiladi. Qaysidir bir jamoa safining eng ohirida
turgan ishtirokchi ham qo‘lqopni kiyib saqichni og‘ziga solib qo‘lqopni echsa, o‘sha
jamoa g‘olib hisoblanadi.
9.
“Suvdan chiqqan Pudel” mashqi
Maqsad:
ishtirokchilarni faollashtirish, ijobiy kayfiyatni yuzaga keltirish.
Jarayon:
avvalo ishtirokchilardan “Yungi jingalak, seryung bo‘lgan honaki
itning nomi nima deb ataladi?” deya so‘raladi. Ishtirokchilardan turli fikrlar chiqishi
mumkin. Bunday itning nomi pudel. Ishtirokchilardan endi quyidagini faraz qilish
so‘raladi. “Bizlar pudel itlarimiz va biz suvga tushib ketdik. Suvdan chiqqach jiqqa
xo‘lmiz. Endi ustimizgadi suvdan qutilishimiz kerak. Buning uchun yaxshilab
silkinamiz va silkinishni tananing bosh qismidan boshlaymiz.” SHundan so‘ng
trener o‘zi qilgan harakatlarni ishtirokchilardan bajarishni so‘raydi. Harakatlar
quyidagicha: 1-alohida bosh huddi itlarniki kabi siltitiladi; 2-so‘ngra elkalar ham
shunday silkitiladi; 3-har bir qo‘l alohida-alohida osmonga ko‘tarib silkitiladi; 4-
dumlar (bel va toz qism engil silkitiladi) likkilatiladi; 5-oyoqlar alohida-alohida
silkitiladi. Bundan so‘ng harakat tananing pastidan tepaga qarab qaytariladi. Ya’ni:
1-oyoqlar alohida-alohida silkitiladi; 2-dumlar (bel va toz qism engil silkitiladi)
likkilatiladi; 3-har bir qo‘l alohida-alohida osmonga ko‘tarib silkitiladi; 4-so‘ngra
elkalar ham shunday silkitiladi; 1- va ohirida alohida bosh huddi itlarniki kabi
silkitiladi shuning bilan mashg‘ulot yakuniga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: