8-jadval
O’simlik xom ashyosini tayyorlash xajmlari(tonna)
O’zbekiston bo’yicha jami:
2002 y.
2003 y.
2004y.
Tayyorlash normasi(kvota)
508,3
491,7
581,76
Amalda tayyorlangan
490,3
250,6
301,3
O’zbekistonda yaylovlar 23 mln. gektarni, yohud mavjud maydonlarning
yarmini tashkil etadi. CHorva mollarini haddan tashqari boqilganligi natijasida
70% yaylov yaroqsiz ahvolga tushib qolgan. Tog’ yaylovlaridan me’yordan ortiq
foydalanish o’simliklarning nobud bo’lishi, yerlarning buzilishi, eroziya, sel
toshqinlarining ko’payishiga olib kelmoqda.
Respublikamizda o’simlik
resurslaridan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza qilishni ta’minlash maqsadada turli tadbirlar o’tkazilmoqda.
O’zbekiston faunasi 677 tur umurtqali hayvonlar (sutemizuvchilar-108,
qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) va 32484 tur
umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. O’zbekistonda turon yo’lbarsi, qizil bo’ri,
gepard, yo’l-yo’l giena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo’yi, morxo’r, ilvirs (qor
qoploni), buxoro bug’usi, qoplon va boshqa ayrim turlar yo’qolish arafasidadir.
O’zbekistonning «Qizil kitobi»ga hayvonlarning 184 turi kiritilgan.
Orol
dengizining
qurishi,
daryolar
suvining
ifloslanishi
va
suv
omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga olib keldi.
O’zbekistonda har yili mahsus ruhsatnomalar asosida turli hayvonlar ov qilinadi.
Ruhsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yo’qolishiga olib kelmoqda.
O’zbekistonda noyob o’simlik
va hayvonlar qonun tomonidan ximoya qilinadi va
ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar
o’tkazilmoqda.
O’zbekistonda Biologik xilma- xillikni saqlash bo’yicha Milliy strategiya
va harakat rejasi qabul qilingan(aprel, 1998) va zarur tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
«O’rmon to’g’risida» (1999 y.), «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish to’g’risida» (1997 y.), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish to’g’risida» (1997 y.) qonunlari qabul qilingan. O’simlik va
hayvonlarni
muhofaza
qilish
uchun
qo’riqxonalar va buyurtmaxona,
parvarishxonalar tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 9 qo’riqxona(8-jadval), 2 milliy
bog’, 9 davlat buyurtmaxonalari, 1 ekomarkaz faoliyat ko’rsatayapti.
Ajoyib tabiat go’shalari, tog’, qayir va to’qay o’rmonlari muhofazaga olingan.
Alohida ahamiyatga ega bo’lgan sharsharalar, qoya, keksa daraxtlar va boshqlar
tabiat yodgorliklari sifatida qo’riqlanadi. Alohida qo’riqlanadigan hududlar 2 mln.
gektardan ortiq maydonni egallagan bo’lib, bu pespublika hududining 5% dan
ziyodini tashkil qiladi. Mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun
alohida qo’riqlanadigan hududlar maydoni 10% dan kam bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |