Ekologiya, ijtimoiy ekologiya va inson salomatligi. Insoniyat XXI asrga
qadam qo’yar ekan uning oldida o’zi his qilmagan qanchadan-qancha muammolar
mavjud. Zero, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi bir-biri bilan
chambarchas bog’liq qator jahonshumul muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ana
shunday muhim dunyoviy muammolardan biri bu ekologik muammolardir.
So’nggi yillarda sayyoramizda inson faoliyati tufayli qator ekologik
o’zgarishlar sodir bo’lmoqda: iqlim va ob-havo yer sharining barcha mintaqalarida
sezilarli tarzda o’zgarib bormoqda, suv va tuproqlar tarkibi tobora ifloslanmoqda,
o’simlik va hayvonot dunyosi turlari kamayib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida,
yer yuzida yashovchi barcha insonlarning sog’ligiga keskin ta’sir ko’rsatmoqda.
Butun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hozirgi kunda jami kasalliklarning
80 foizga yaqinrog’i ekologik muammolar oqibati ekanligini qayd etadi. SHunday
ekan bunday ekologik xavf-xatarni oldini olish nafaqat ekologlar, qolaversa, keng
jamoatchilik, shu jumladan tibbiy geograflar oldiga ham qator masalalarni
kundalang qo’ymoqda.
Ma’lumki, ekologiya tushunchasi dastaval 1869 yilda nemis biologi Ernest
Gekkelь tomonidan fanga kiritilgan edi. Olim «ekologiya» so’zini barcha tirik
mavjudotlarning tashqi muhit bilan o’zaro aloqadorligini ifoda etuvchi
zoologiyaning (biologiyaning) bir tarmog’i sifatda ishlatdi. Ekologiya so’zi
grekcha so’z bo’lib, «oykos»-uy, yashash joyi, logos-fan, ta’limot ma’nolarini
anglatadi.
Ta’kidlash joizki, ekologiyaga tegishli fikrlar Gippokrat, Aristotelь singari
olimlar asarlarida ham tilga olingan bo’lsada, u fan sifatida anchagina keyinroq
yuzaga keldi.
Manbalarda ta’kidlanishicha, ekologiyaning rivojlanishi tabiatni o’rganish va
tavsiflashdan boshlangan. Bu boradagi dastlabki ish frantsuz olimi Jon Anri
Faberning «Entomologik esdaliklar» (1879) nomli asari yozilgan davrlarga to’g’ri
keladi. Aslida, ekologiyaning fan sifatidagi rivoji ayrim hayvonot yoki o’simlik
turlari yashaydigan muhitni, ularning o’zaro munosabatlarini o’rganishdan
boshlangan bo’lib, bu uning shakllanishida dastlabki bosqichdir. Ekologiyaning
taraqqiyotini ikkinchi davri ekotizimlar va ularning bir butun tizim sifatida
o’rganilishi bilan bog’liq.
Uchinchi davrda esa asosan ekotizimlarning o’zaro ta’siri va ularning o’zaro
bog’liqlik g’oyalari ishlab chiqildi. Ekologiyaning to’rtinchi davri biosferani bir
butun holatda o’rganishga qaratilgan bo’lib, beshinchi davrda esa insonning
biosferadagi o’rnini o’rganish dolzarb bo’lib qoldi. Bu davrda insonning biosfera
bilan aloqadorligi tan olingan holda, uning ta’sir kuchiga ham e’tibor berildi.
Bunda ekologiya insonning biosferadagi tutgan o’rnini o’rganish dolzarb bo’lib
qoldi. Bu davrda insonning biosfera bilan aloqadorligi tan olingan holda, uning
ta’sir kuchiga ham e’tibor berildi. SHu jihatdan qaraganda ekologiya insonning
biosferadagi tutgan o’rnini o’rganar ekan, uning biosferaga bo’lgan o’ziga xos
munosabatlarini ham hisobga olish nazarda tutiladi.
Umuman olganda, ekologiya mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida
yuzaga kelgan (Odum, 1986). G.V.Stadnitskiy, A.I.Rodionovlar fikricha,
«ekologiya- bu tirik mavjudotlarning ular hayot kechiradigan tashqi muhit bilan
o’zaro munosabatlarini o’rganadigan fandir». Yana shunday ta’riflardan birida
ekologiya tirik mavjudotlarning hayot faoliyati qonuniyatlarini, ular hayot
kechiradigan tabiiy muhitni inson omilining ta’sirini hisobga olgan holda
o’rganadigan fandir, deb ta’kidlagan (Radkevich, 1972).
Ekologiya fani an’anaviy tarzda tabiatshunoslikning turli sohalari bilan
bog’langan (biologiya, kimyo, geografiya, tibbiyot). SHu sababdan keyingi yilarda
«geografik ekologiya», «global ekologiya», «matematik ekologiya», «kimyoviy
ekologiya» kabi tushunchalar yuzaga kelmoqda.
Biroq, ekologiyani eng avvalo shartli asosda ikki tarmoqqa, ya’ni tabiiy va
ijtimoiy ekologiyaga ajratish to’g’riroq. Tabiiy ekologiya tabiiy muhitning inson
va barcha tirik mavjudotlarga ta’sirini o’rgansa, ijtimoiy ekologiya esa insonning
bevosita tabiatga ta’sirini va shu tufayli yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarni
o’rganadi.
Ijtimoiy ekologiya umumiy ekologiyaga yoki «tabiiy» ekologiyaga nisbatan
ancha keyinroq vujudga keldi. U tabiiy va ijtimoiy fanlar negizida yuzaga keldi.
Ijtimoiy ekologiya ayniqsa birinchi jahon urushidan so’ng jadal rivojlana boshladi.
XX asrning ikkinchi yarmida, aniqrog’i 1966 yilda bo’lib o’tgan Xalqaro
sotsiologlarning umumiy kongressi uning rivojiga turtki bo’ldi. Keyinroq esa 1970
yil Varnada bo’lib o’tgan sotsiologlarning kongressi ijtimoiy ekologiya oldida
turgan dolzarb muammolarni hal etish bo’yicha shug’ulanuvchi sotsiologlarning
Butun jahon birlashmasi tadqiqot qo’mitasini yaratdi. Dastaval shahar
sotsiologiyasi (urbosotsioekologiya) nomi bilan paydo bo’lgan ijtimoiy ekologiya
ko’proq g’arb mamlakatlari shaharlarida kishilar joylashuvini zaruriy tarzda tashkil
qilish bo’yicha ishlar olib borishdi (Park, Bordjers).
Ijtimoiy ekologiya bilan bir qatorda, xususan, maxsus ilmiy adabiyotlarda
inson ekologiyasi tushunchasi ham mavjud. Taniqli amerikalik olim Raderik Mak
Kenzil inson ekologiyasining asoschilaridan biri bo’lgan (1920). U ijtimoiy
ekologiyaga quyidagicha ta’rif bergan: «Ijtimoiy ekologiya faqat mazkur vaqtda
mavjud ekologiya bilan aloqador emas. Inson zotlari o’zaro ta’siri sifatida paydo
bo’ladigan fazoga oid munosabatlar va hayotni saqlab qolish bo’yicha ekologiya
va madaniy omillar majmuiga reaktsiya sifatida o’zgarishlar jarayonida muttasil
mavjud bo’ladi. Tabiiy va qo’zg’atuvchi kuchlar faoliyati qonun qoidalarini
tushunib olish uchun ana shu jarayonlarni o’rganish ijtimoiy ekologiyaning
vazifasidir, deb ta’kidlagan edi.
Mak Kenzil inson kologiyasini kishilarning hududiy va zamon bilan
belgilanadigan munosabatlari haqidagi fan shaklida ta’riflaydi. Keyinchalik bu
boradagi bilimlar L.SHuor va D.Dunkonlar tomonidan yaratilgan g’oyalar asosida
yanada rivojlandi. Inson ekologiyasining namoyondalaridan biri A.Xouli ekologiya
sohasida o’zining «ijtimoiy panekologizm» g’oyasini targ’ib etdi. U «Ijtimoiy
ekologiya barcha narsani tushunishga qobiliyatli bo’lgan har tomonlama
takomillashgan ijtimoiy fanga aylanishi kerak», deb uqtirgan edi (Komarov, 1977).
Ijtimoiy yoki sotsial ekologiya sotsial geografiyaga juda yaqin. Sotsial
ekologiyaning shakllanishida esa inson ekologiyasining roli katta bo’lgan. Ba’zi
ma’lumotlarga ko’ra, inson ekologiyasining markazi AHSH ning CHikago shahri
hisoblanadi.
CHikago
universiteti
geografiya
fanining
sotsiologiya bilan
birgalikda rivojlanishi natijasida inson ekologiyasi vujudga keldi. Uning muhim
tarmog’i sifatida shahar ekologiyasi (urboekologiya) shakllandi. SHuning uchun
CHikagoning urbonologiya ilmiy maktabi dunyoga mashhur. Ayni paytda inson
ekologiyasi biogeografiyaning rivojlanishiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi.
Alohida qayl etish joizki, «Inson ekologiyasi» tushunchasini birinchilar
qatorida 1921 yilda amerikalik olimlar Bordshers va Park tibbiyot fanining bir
qismi sifatida ishlatishgan. Inson ekologiyasining fan yoki ilmiy yo’nalish
maqomida yuzaga kelishi CHmkagolik Xarlen Berrouz nomi bilan bog’liq. U 1923
yilda «Geografiya yoxud inson ekologyaisi» nomli asarini yozadi va bu
tushunchalarni teng ma’nosi deb hisoblaydi. (Soliev, 1995, 43 b.).
SHunday qilib, ijtimoiy ekologiya jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir
qonuniyatlarini, inson va tashqi muhit munosabatlarini shakllantirish to’g’risidagi
fan hisoblanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, ijtimoiy ekologiya-bu inson, jamiyat
va tabiatning o’zaro munosabatlari, qonuniyatlarini tadqiq etuvchi fandir
(SHodimetov, 1994, 53 b.).
Ijtimoiy ekologiyaning predmeti-bu tabiat, va inson o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarini o’rganishdan iborat. Mazkur fan barcha tabiiy va ijtimoiy fanlarni
o’zida aks ettiruvchi majmua fan hisoblanadi. G.A.Bachinskiy fikricha, ijtimoiy
ekologiya uyg’unlashgan fanlararo xususiyat bo’lgani sababli, u tizimli bir
butunlikka egadir. Ayni g’oyada ushbu fan geografiya, biologiya, iqtisodiyot kabi
fanlarni o’zaro uyg’unlashgan ko’rinishidir.
Ma’lumki, inson salomatligining tibbiy ko’rsatkichlari tashqi muhit bilan
uzviy bog’liq. SHu tufayli ayrim olimlar fikricha, inson ekologiyasi
(antropoekologiya), tibbiyot geografiyasi va atrof muhit gigienasi singari
yo’nalishlar bilan birgalikda ijtimoiy ekologiya tarkibiga kiradi.
Ayrim manbalarda inson ekologiyasi va tibbiyot geografiyasi atamalari bir xil
ma’nolarda qo’llanilgan. Lekin ushbu sohalar bir-biriga juda yaqin bo’lsa-da, ular
orasida o’zaro farq ham mavjud. Tibbiyot geografiyasi umuman jonli mavjudotlar
va ularda uchraydigan kasalliklar, ularning tarqalish sabab va qonuniyatlarini,
shuningdek, ularning salomatlik holatlarini ham o’rganadi. Demak, tibbiyot
geografiyasi inson ekologiyasi va hatto uning keng ma’nodagi talqinidan ham
o’zgacharoq, kengroq tushunchadir.
Inson ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning faqatgina inson bilan bog’liq
masalalarini
va
uning
atrof-muhit
munosabatlarini o’rganuvchi alohida
yo’nalishidir. «Inson ekologiyasi» kishilarni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy
muhitni hamda ularning ham tevarak atrofga va bir-birlariga munosabatlari sifatida
avvalroq ta’kidlaganimizdek, birinchi marta amerikalik sotsiologlar R.Park va
U.Bordjers tomonidan ishlatilgan. Jumladan, Bordjers «inson ekologiyasi»ning
vazifasi ayni kishilar ijtimoiy munosabatlarini biologik populyatsiya jarayoniga
tutashtirishdan iboratdir», deb talqin etadi va uni biologiya ekologiyasiga xos
tushunchalar bilan izohlashga harakat qiladi. SHuningdek, amerikalik olim J.Mey
ham inson ekologiyasini biologiyalashtirishga urindi.
Umuman, atrof-muhitning o’ta ifloslanib borishi, insonning tabiat ustidan
cheksiz hukmronligi inson ekologiyasi, qolaversa, u bilan bog’liq kasalliklarning
yer yuzida tarqalish sabab va qonuniyatlarini tadqiq etuvchi tibbiyot geografiyasi
oldiga yangidan-yangi muammolarni qo’ymoqda.
Fan va texnikaning jadal taraqqiyoti, insonning tabiatga bo’lgan ta’sirining
to’xtovsiz ortib borishi va shu tufayli tabiiy muhitda yuz berayotgan qator salbiy
o’zgarishlar inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Tabiiy muhitning
ifloslanishi, shaharlashuv jarayoni, aholining shaharlarda o’ta tig’iz joylashuvi,
ijtimoiy muhitdagi salbiy o’zgarishlar kishilarda qadim zamonlarga xos va mos
bo’lmagan asab va boshqa turdagi kasalliklarning paydo bo’lishiga sabab
bo’lmoqda.
SHaharlashuv (urbanizatsiya) jarayonining jadallashuvi o’z navbatida havo,
suv va tuproqning ifloslanishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. SHu bilan
birga hozirgi vaqtda shaharlar kishilar ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi
shovqin markazlari bo’lib kelmoqda. Yer sharidagi eng shovqinli shahar Rio-de
Janeyro bo’lib, uning o’rtacha shovqin darajasi 85 dB ga teng. SHovqin asab
tizimi, eshituv a’zolari va yurak faoliyatining buzilishiga sabab bo’luvchi asosiy
manba sifatida bugungi kunda, ayniqsa, yirik sanoat va aholi o’ta zich shaharlarda
yuqoridir.
Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi, shaharlarning yiriklashuvi, ulkan
aglomeratsiya,
konurbatsiya
va
megapolislarning
vujudga kelishi, ishlab
chiqarishning yuqori darajada mujassamlashuvi va boshqa hayotiy jarayonlarning
jadallashuvi
bunday
muhitda
kishilarning yashashlari uchun juda katta
noqulayliklar tug’diradi. Odatda, yirik shaharlarda kishilarning qon bosimlari
yuqori bo’ladi, ular orasida asab tarangligi hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday
sharoitda o’ziga xos xastaliklar vujudga keladiki, uni olimlar «urbanit» deb ham
nomlashadi.
Aholi salomatligi darajasini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar yana
shuni ko’rsatadiki, so’nggi yillarda jahonda xususan, yurak qon-tomir, ovqat hazm
qilish va nafas olish a’zolari tizimi bilan bog’liq kasalliklar yetakchi o’rinni
egallaydi. SHuni alohida qayd etish joizki, jahon miqyosida keng tarqalgan
kasalliklarning ko’pchiligi asosan rivojlanayotgan va rivojlanishdan orqada qolgan,
iqtisodiy jihatdan qoloq bo’lgan mamlakatlar zimmasiga to’g’ri keladi. Xususan,
har xil yuqumli va parazitar kasalliklarning aksariyat qismi iqtisodiy jihatdan
aholining turmush darajasi nihoyatda past bo’lgan Afrika va Lotin Amerikasining
ayrim davlatlari uchun xos. Jumladan, 1900 yildan to 1950 yilgacha bo’lgan
davrda Afrika qit’asi mamlakatlarining ko’pchiligida o’lat kasalligi keng tarqalgan
edi (SHoshin, 1962).
SHu o’rinda aytish lozimki, jahonning ko’pgina mamlakatlari aholisi yashash
tarzining og’irligi, to’yib ovqat iste’mol qilmasliklari, shuningdek, tabiiy shart-
sharoitlarining o’ta noqulayligi ular orasida turli xastaliklarning ortib borishiga
sabab bo’lmoqda. CHunonchi, Somali, CHad, Niger, Gayyana, Surinam kabi
Afrika va Lotin Amerikasining ayrim davlatlari bunga yaqqol misol bo’la oladi.
SHu tufayli jahon aholisi orasida ochlik va kasallanish darajasining aso siy qismi
ana shu davlatlar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Dunyo mamlakatlarida ro’y berayotgan ko’plab tabiiy ofatlar (suv toshqinlari,
zilzilalar, o’rmonlaga o’t ketish hollari, cho’llashuv jarayoni, ozon tuynuklarining
kengayib borishi) oqibatida turli yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklar ortib
bormoqda. Masalan, Yava orollari hududida so’nggi o’n-o’n besh yil davomida
aholi orasida teri raki bilan kasallanish hollari keskin ko’payib borgan. Buning
asosiy sababi- mazkur hududda tinimsiz raketalarning uchirilishi oqibatida uning
ozon qatlamida yoriqlarning kengayib borishi quyoshdan keladigan turli xil
nurlarni to’g’ridan-to’g’ri yer yuziga kirib kelishiga sharoit yaratmoqda. Natijada,
kishilarning terilari zararlanib, ular orasida rak kasalligining nihoyatda ortib
borishi kuzatilmoqda. SHu bilan birga harbiy sohada atom qurollarini sinash ishlari
olib boriladigan hududlar, qaysiki ko’pgina orol mamlakatlari aholisi orasida esa
nurlanishning yuqoriligi qayd etilmoqda
2
.
So’nggi yillarda jahon mamlakatlarining ko’pchiligida tog’-kon sanoatining
tez sur’atlarda rivojlanib borishi ham mazkur hududlar ekologik holatiga o’z
ta’sirini ko’rsatmoqda. Jumladan, Yevropa davlatlari hududida joylashgan Rur,
Galle Leyptsig, Elьzas va Lotaringiya havzalarida, o’zimizda Angren-Olmaliq
sanoat rayoni hamda Navoiy shahri atrofida qazilma ishlarining olib borilishi
oqibatida atrof-muhit sezilarli tarzda ifloslangan.
Xullas, atrof-muhitning buzilish darajasining ortib borayotganligi tabiatdagi
barcha mavjudotlar, jumladan inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
SHu sababli tabiatni muhofaza qilish ishlari keyingi paytlarda yanada ommaviy tus
olmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlarda davlat tomonidan ekologik siyosat
yuritilayotganligi ham sir emas. SHuningdek, bu borada qator qonunlar (tabiatni
muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun 1273 yilda Angliya qiroli Eduard I
tomonidan chiqarilgan edi) qabul qilindi, jarimalar tizimi ishlab chiqildi, tabiatni
muhofaza qilish davlat idoralari tashkil etildi. CHunonchi, shu xususdagi ishlar
doimiy ravishda BMTning atrof-muhit bo’yicha maxsus tashkiloti YuNEP
(Keniya-Nayrobi) tomonidan nazorat etib boriladi.
2
Жумладан, +озо\истон Республикасининг Семипалатинск, Россиянинг Челябинск, Украинанинг Чернобиль шаҳарлари
атрофида вужудга келган нохуш экологик вазият бунга мисол бўла олади.
O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan Xalqaro «Ekosan» jamiyati ham
bu bo’ladi. Katta va samarli ishlarni amalga oshirmoqda. Ekologiya bilan bog’liq
masalalarni, ushbu tushunchaning tabiat va jamiyat tizimi, ularning o’zaro
aloqadorligi va ta’sirini inson salomatligi hamda tibbiyot geografiyasi nazariyasi
nuqtai nazaridan qisqacha tahlil qilish quyidagicha xulosalarni chiqarishga imkon
beradi:
■ Ekologiya tushunchasi dastlab tabiiy fanlarda qo’llanilib, u o’sha davrda
tabiatning jamiyatga nisbatan ustuvorlik davriga to’g’ri keladi. Binobarin, bu
davrda aloqadorlik eng avvalo biologik mavjudotlarning o’zaro va tashqi muhit
bilan aloqadorligini aniqlagan.
■ Tabiat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatning asta-sekin jamiyat tomoniga o’tishi,
ya’ni aks ta’sirning kuchayishi oqibatida «notabiiy», aniqrog’i ijtimoiy ekologiya
vujudga keldi. Ijtimoiy ekologiyada avvalambor insonning o’z atrof muhiti bilan
aloqasi e’tiborga olinadi va bu muhit ikki ko’rinishda –tabiiy va ijtimoiy shaklda
bo’ladi. Insonning salomatlik holati ham aynan ana shunday murakkab holat bilan
belgilanadi.
■ Inson ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning asosini tashkil etadi. Uning asoschilari
Bordjers va Park (1921) aniqrog’i CHikago ekologiya maktabining vakillari inson
ekologiyasini tibbiyot geografiyasining bir qismi sifatida talqin qilishgan edi. Ayni
paytda inson ekologiyasi shahar ekologiyasi bilan ham chambarchas bog’liq.
Urbanizatsiya jarayonining ildam rivojlanishi ushbu yo’nalishning shakllanishiga
olib keldi va uning ilk markazi ham CHikago shahri edi.
■ Boshqa amerikalik olim X.Berrouz 1923 yilda «Geografiya yoxud inson
ekologiyasi» nomli asar yozdi va bu ikki tushunchani ma’nodosh qarashga urindi.
Demak, inson ekologiyasi bir tomondan tibbiyot bilan, ikkinchi tomondan
geografiya bilan bog’lanadi.
■ Yuqoridagi tushunchalar bilan hamohang ravishda vujudga kelgan «ekotizim»
(ekosistema) ham dastavval insonga, uning salomatlik holatiga nisbatan
qo’llanilgan edi. Haqiqatan ham, inson jismi o’ta murakkab, yetuk va yuqori
darajada rivojlangan mukammal tizimdir.
■ Tibbiyot geografiyasi asosida ekologik yondoshuv yotadi. Bu esa, o’z navbatida,
mohiyatan geografik determinizmga borib taqaladi. Geografik determinizm ham
avvalroq tabiatni (ayniqsa, iqlim sharoitlarini) insonga, uning xo’jalik faoliyati va
hatto yurish-turishi, xulq-atvoriga ta’siri mazmunida qo’llanilgan edi. SHu nuqtai
nazardan inson salomatligini o’rganishda demerministik yondoshuvning ham
ahamiyati katta.
■ Xuddi shu ma’noda E.Sempl «Inson-er yuzasining mahsulidir», yoki K.Ritter
«Inson tabiat oynasi» deb aytgan edi. Darhaqiqat, bu iboralarda tabiatning insonga
ta’siri o’z aksini topgan. Ammo, hozirgi kunda inson hayot faoliyatiga ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning ahamiyati ham kuchayib bormoqda.
SHunday qilib, asrlar osha tabiiy va ijtimoiy muhit o’zgarib, murakkablashib
va tig’izlashib bormoqda, inson ana shunday o’zgarishlarga moslashib borish
(adaptatsiya) qobiliyatiga ega. Biroq, shunga qaramasdan bu moslashuv kechikishi
yoki inson va, ayniqsa, tabiatning evolyutsion tarzda rivojlanishi jamiyatning
hozirgi davrdagi taraqqiyotiga mos, muvofiq kelmay qolishi mumkin. Ana
shunday sharoitda va, xususan, yer yuzasining turli mintaqalarida o’ziga xos
kasalliklar vujudga keladiki, ular bilan tibbiyot geografiyasi shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |