Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/77
Sana15.05.2021
Hajmi0,8 Mb.
#64408
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Tabiiy  resurs  deganda  insonning  hayoti,  xo’jalik  faoliyati  uchun  kerak 
bo’lgan  barcha  tabiiy  jismlar,  hodisalar,  jarayonlar  tushuniladi.  Xilma-xil  tabiiy 
resurslar  jamiyat  mavjudligining  asosiy  manbalari  hisoblanadi.  «Er»  deb 
nomlangan  kosmik  kemada  barcha  zarur  sharoitlar  va  fazogirlar  uchun  hamma 
kerakli  mahsulotlar  muhayyodir.     
«Eru  osmon  narsalari  shunday  rejali  tuzilganki,  agar  biz  uni  tayyorlasaydik, 
xoh  o’zimiz  uchun  va  xoh  o’zgalar  uchun,  bu  narsalarning  hammasini  tushunish  u 
yoqda tursin, loaqal xayol  ham qila  olmas edik...( 31) 
Tabiiy  resurslar  tugaydigan  va  tugamaydigan  guruhlarga    ajratiladi. 
Tugaydigan  va  tiklanmaydigan  resurslarga  qazilma  boyliklar  kiradi.  O’simlik  va 
hayvonlar,  tuproq,  suv  va  ayrim  mineral  resurslar  tugaydigan,  tiklanadigan 
resurslar  hisoblanadi.  Quyosh  radiatsiyasi,  Dunyo  okeani  suvlari  va  atmosfera 
havosi  tugamaydigan  resurslardir  (10-ko’rgazma).  Lekin  okean  suvlari  va 
atmosfera havosi sifat jihatidan  «tugaydigan» xususiyatga  ega. 
T.A.Akimova  va  V.V.Xaskinlar  bo’yicha(1998)  sayyora  yuzasida  tabiiy 
resurslarni  o’zlashtirishda  inson  tomonidan  ko’chiriladigan  moddalarning  massasi 
yiliga  4 trillion  tonnadan ortadi.  
Er  ostidan  qazib  olinadigan  va  jahon  iqtisodiyoti  tomonidan  o’zlashtiriladigan 
biomassa  va  materiallar  yiliga  120  mlrd.  tonnadan  ortiqni  tashkil  qiladi  va  uning 
faqat  7,5%idan    ishlab  chiqarish  jarayonida  zarur  mahsulotlar  olinadi  va  katta 
qismi chiqindi  holida atrof muhitga  tashlanadi.    
Hozirgi  vaqtda  Yer  yuzi  aholisi  uchun  kuniga  2  mln.  tonna  oziq-ovqat,  10 
mln. m
3
 ichimlik  suvi, nafas olish uchun 2 mlrd.m
3
 kislorod zarur bo’ladi(27). 


Ilmiy-texnika  revolyutsiyasi  sharoitida  biosferada    amalga  oshayotgan 
jarayonlar  uning  yangi    sifat  holati-noosferaga  o’tishini  taqazo  qiladi.  Noosfera 
tushunchasini  frantsuz  olimi  Ye.Le-Rua(1927)  kiritgan  va  P.  Teyyar-de-SHarden 
tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Noosfera  ta’limotini  V.I.Vernadskiy  rivojlantirgan. 
Noosfera  deganda  inson  mehnati  va  ilmiy  faoliyati  ta’sirida  o’zgargan  va  uning 
yashashi uchun optimal  bo’lgan biosfera sharoitlari  tushuniladi.   
XX  asrning  ikkinchi  yarmida  insonning  biosferadagi  jarayonlarga  ta’siri 
umumsayyoraviy  miqyosga  yetdi  va  uning  barqaror  muvozanat  holatiga  kuchli 
ta’sir  ko’rsatdi.  Yer  yuzidagi  mavjud  ekosistemalarning  63%dan  ortig’i 
o’zlashtirildi,  o’zgartirildi  yoki  buzildi.  Sayyoramizda  37%  tabiiy  holida  saqlangan 
ekosistemalar  mavjud  va  aynan  shular  biosferadagi  barqaror  muvozanat  holatini 
ta’minlab  turibdi.  Bunda  ekosistemadagi  o’simlik  va  hayvon    turlari  yig’indisi-
biota  biosferada  hal  qiluvchi,  tartibga  soluvchi  rol  o’ynaydi.  Ekosistemadagi  tirik 
organizmlar  o’zaro  oziq  zanjiri,  modda  va    energiya  almashinuv  orqali  uzviy 
bog’langan  va  undagi  barqaror  muvozanat  holati-gomeostazni  belgilaydi. 
Tabiatdagi  o’zgarish  yoki  salbiy  ta’sir  natijasida  biror  organizm  nobud    bo’lsa, 
boshqa  shunga  yaqin  organizm  uning  o’rnini  darhol  egallaydi  va  muvozanatni 
saqlab  turadi.  Bu jarayon  ichki barqaror muvozanat qonuni ta’sirini aks ettiradi. 
Unga  muvofiq  modda,  energiya,  axborot  va  alohida  tabiat tizimlari va biosferaning 
sifati  o’zaro  bog’liq  va  bu  ko’rsatkichlaridan  birining  hohlagan  o’zgarishi  boshqa 
barcha ko’rsatkichlarning  o’zgarishiga  olib keladi.   

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish