U jo'Rayev, R. F a r m o n o V, s h. E r g a s h e V


- §. Rossiya imperiyasining tashkil topishi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/230
Sana15.05.2021
Hajmi1,61 Mb.
#64303
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb 001

18- §. Rossiya imperiyasining tashkil topishi 
XVII asr Rossiya iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyati. 
XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo  b o ' l a 
boshladi. Bu, avvalo, tovar ishlab chiqarishning,  y a ' n i bozorda 
sotish  u c h u n mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida  n a m o y o n 
bo'ldi. 
Shaharhunarmandchiligi yoppasiga may da tovar ishlab chiqarishga 
aylana boshladi. Mamlakat ehtiyoji uchun zarur mehnat qurollari ishlab 
chiqarishga mo'ljallangan manufakturalar vujudga keldi. Endi hunar-
mandlar buyurtmaga ishlashdan bozor uchun ishlashga о 'tdilar. Ayni 
paytda о 'zlari  h a m b o z o r d a n  x o m a s h y o sotib oladigan bo'ldilar. Bu 
j arayondan qishloq xo 'j aligi  h a m chetda qolmadi. Tirikchilik uchun eng 
zarur narsa - g 'alia  h a m m a yerda tovarga aylandi. Ayrim pomeshchiklar 
(feodallar) qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi bilan  s h u g ' u l l a n a 
boshladilar. Krepostnoylardan endi obrok mahsulot bilan emas, balki 
pul bilan  h a m olina boshlandi. Yuqorida qayd etilgan omillar natural 
xo 'jalik negizlariga zarba bera bordi. 
Topshiriq 
VII sinf «Jahon tarixi» darsligida natural xo'jalikka qanday ta'rif 
berilganligini aniqlang. 
Rossiya tarixida XVII asr shaharlarning rivojlanishi boshlangan asr 
hamdir. Shaharlar tobora mamlakatning savdo-sanoat markazrariga aylana 
bordi. Ular orasida Novgorod, Yaroslavl, Pskov, Qozon, Nijniy Novgorod 
69 


va boshqalar ajralib turardi. Eng katta shahar Moskva bo'lib, unda 
hunarmandcHlilming 250 turi bilan shug 'ullanilar edi. 
Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga va bu, 
о 'z navbatida, turli viloyatlar о 'rtasida xo 'jalik aloqalarining kengayi-
shiga olib keldi. Bu esa, oxir-oqibatda  h u n a r m a n d l a r n i n g  b o z o r g a 
qaramligini oshirdi. XVII asrda Rossiyada manufakturalar  h a m paydo 
bo'ldi. Bular birinchi bo'lib qora metallurgiya sohasida paydo bo'lgan 
manufakturalar edi. 
Manufaktura deb nimaga aytilganligini eslang. 
Manufaktura ishlab chiqarishi mehnatunumdorligining o'sishiga oUb 
keldi. Savdogar, davlat, podsho xonadoni va ayrim yirik pomeshchiklar 
ham manufaktura egalari edilar. 
XVII asrda tashqi savdo ham rivojlana boshladi. Astraxan (Ashtarxon) 
va Arxangelsk shaharlari mamlakat tashqi savdosida muhim rol о 'ynadi. 
Boltiq va Qora dengizga chiqish imkoni bo 'lmagan Rossiya dengiz savdo 
flotiga ega emas edi. Shuning uchun  h a m G 'arbiy Yevropa davlatlari bilan 
savdo-sotiq ishlari Buyuk Britaniya va Gollandiya savdogarlari vositachuigida 
amalga oshirilardi. Shunga qaramay, davlat Rossiya savdogarlarining 
manf aatini chet el savdogarlaridan himoya qilishga qaratilgan qator choralarni 
ko'rdi. Chunonchi, 1667- yilda «Yangi savdo Nizomi» joriy etildi. Unga 
ko'ra, chet el savdogarlarining rus bozorlarida chakana savdo qilishlari 
taqiqlandi. 
Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida  h a m asta-sekinlik bilan bo'lsa-
da, yangi - kapitalistik munosabatlar shakllana bordi. 
Ichki savdoning rivojlanishi oxir-oqibatda butun Rossiya yagona ichki 
bozorining tarkib topishiga oUb keldi. 
Topshiriq 
«Yagona ichki bozor» tushunchasiga izoh bering. 
Biroq Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda G'arbiy Yevropa mamlakat-
laridan orqada edi. Bunga krepostnoylik tartiblarining tobora mustahkam-
lanishi asosiy sabab bo'lgan. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish