8-rasm. Plugni kinematik tadqiq qilish sxemasi.
Plugning transport holatga ko‘tarilish holati sxemasini qurish uchun, 2- sharnirning
ko‘tarilish balandligi (h
2
) yoki transport oralig‘i (h
TP
) berilgan bo‘ladi Plugning transport
holatga ko‘tarilgan holati sxemasi quyidagi tartibda chiziladi. agregatning ishchi holati
sxemasida 2, 3, N va F nuqtalar belgilanadi. Ular shaffof qog‘ozga ko‘chiriladi. Keyin 1
va 4 nuqtalar markaz sifatida qabul qilinib, 1-2 va 3-4 tortqilar uzunligiga teng radiusda
yoy chiziladi; yer yuzasini bildiruvchi chiziq V ga nisbatan h
2
masofaga teng balandlikda
parallel K-K to‘g‘ri chizig‘i o‘tkazilib, uning 2-sharnirdan o‘tgan yoy bilan kesishgan
nuqtasi 2
1
, topiladi. 3-shamiming transport holatini bildiruvchi
3
1
(
∙) ni topish uchun, 2-
ustunning uzunligi o‘lchab olinib, ushbu uzunlik bilan 2
1
-sharnir atrofida yoy chiziladi,
uning 3-3 yoyi bilan kesishgan joyida 3- chi sharnirning yangi holati 3
1
ning o‘rni
belgilanadi. Aniqlangan 2
1
va 3
1
nuqtalar ustiga shaffof qog‘ozdagi 2 va 3 nuqtalarni
mo‘ljallab qo‘yiladi va 2
1
, 3
1
N
1
va F
1
nuqtalari belgilanadi. Keyin ushbu nuqtalardan
foydalanib plugning transport holati chiziladi
Plugni ish holatga tushirishdagi boshlang‘ich holatini, ya’ni birinchi korpus
lemexining uchi yerga tekkandagi plugning holatini chizish uchun, shaffof qog‘ozdagi 2-
chi sharnir 2-2
1
, 3-chi sharnir esa 3-3
1
yoy chiziqlari ustiga, N nuqta V chizig‘iga qo‘yilib,
2
2
, 3
2
, N
2
va F
2
nuqtalar belgilanadi va ular yordamida plugning izlangan holati chiziladi,
uning yer yuzasiga nisbatan engashish burchagi
𝜀 aniqlanadi.
Plug korpuslarining yerga tez botishi, lemexlarning yer yuzasiga nisbatan engashish
burchagi ε ga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu burchakning optimal qiymati 4-8
0
hisoblanadi.
Korpuslarning tuproqqa botish jarayonida ε burchagi asta-sekin kamayib borishi va
ularning ishlov berish chuqurligi a
max
etganda esa ε = 0 bo‘lishi kerak.
Plugnining ishga tushirilgandagi boshlang‘ich holatida korpuslar lemexlarining
tuproqqa botishi yoki botmasligi traktorning osish mexanizmining 1 va 4 sharnirlari
orasidagi masofaga, markaziy tortqi 3-4 ning uzunligi hamda ustun 2-3ning uzunligiga
bog‘liq. Plugning ish tushirilishidagi boshlangich holatida, uning korpuslari lemexlarining
yer yuzasiga nisbatan engashish burchagi ε musbat qiymatga (plug oldiga engashganda)
ega bo‘lganda, korpuslarning tuproqqa botishi ta’minlanadi. Bunday holat, plugning oniy
aylanish markazi
𝜋
1
, uning old tomonida joylashgandagina sodir bo‘ladi. Buning uchun
ustun 2-3 ning uzunligi 1 va 4 sharnirlar orasidagi masofadan katta bo‘lishi kerak. Agart
ustun 2-3 ning uzunligi 1va 4 sharnirlar orasidagi masofaga teng bo‘lsa, 1-2-3-4-1
mehanizimi parallelogrammli osgichga aylanadi va plug har qanday balandlik
ko‘tarilmasin yoki tushirilmasin uning lemexlari yer yuzasiga nisbatan parallel ko‘tarilishi
yoki tushishi mumkin ( ε = 0 ga teng bo‘ladi). Bunday sharoitda, plug korpuslari tuproqqa
botmaydi.
Agar ustun 2-3 ning uzunligi 1va 4 sharninrlar orasidagi masofadan kichik bo‘lsa,
plugning oniy aylanish markazi
𝜋
1
, uning orqa qismida joylashadi. Oqibatda ishga
tushirilayotgan plug oldiga emas, balkim orqasiga engashadi (ε burchagi manfiy qiymatni
oladi). Natijada ishlatishga tushirilgan plugning orqa korpus tirak taxtasining orqa uchi
bilan erga tegadi. Bu vaziyatda siljiyolgan plug tuproqqa umuman botmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |