Ensiklopediyasi


AFG‘ONISTON (Afg'oniston Islom Davlati)



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

AFG‘ONISTON
(Afg'oniston Islom Davlati)
Maydoni - 652 200 kvadrat kilometr.
Aholisi - 18 600 000 kishi.
Afg'oniston Amudaryo oqimining janub to­
monida, bahaybat Hindukush tog'larining 
yonbag'irlarida joylashgan. U Tojikiston
O'zbekiston va Turkmaniston respublikalari 
bilan chegaradosh.
Hindukush juda baland va abadiy muzliklar 
bilan qoplangan bo'lib, uning pastroq dovon- 
laridangina mamlakatning shimolidan janubiy 
qismlariga oshib o'tiladi.
Mamlakatning ko'p qismi tog'liklardan ibo­
rat b o 'lg a n lig i uchun d e h q o n ch ilik bilan 
shug'ullanish og'ir. Dehqonlar pastlikdan, 
daryo bo'ylaridan yumshoq tuproqlami qopga 
so lib , e sh a kka o rta d ila r va to g 'g a o lib 
chiqadilar; qattiq toshloq yerlarga to'kib, ekin 
ekadilar. Dashtlarda esa faqat ariq ochib suv 
keltirish yo'li bilan dehqonchilik qilinadi. Asos­
iy transport avtomobil, ot va tuyadir.
Afg'oniston o'zining a’lo sifatli qorako'li, 
guldor jun gilamlari, ko'n-terilari, quritilgan 
mevalari, bodom, anor, kunjutlari hamda yo- 
qut, la’I toshlari, hunarmandchilik buyumlari 
bilan mashhur. Paxta, sholi va bug'doy ham 
yetishtiriladi. Aholisining ko'pchiligi afg'onlar 
(p u s h tu n la r). B undan ta s h q a ri to jik la r, 
o'zbeklar, xazoralar va boshqa xalqlar ham 
bor. Uch millionga yaqini ko'chmanchi: ular o'z 
qabila va urug'-aym oqlari bilan bahorda 
janubdan shimolga, kuzda shimoldan janub- 
ga ko'chib yurib, asosan chorvachilik, qisman 
dehqonchilik bilan shug'ullanib kun ko'rishadi.
Xushmanzara joylar va tarixiy shaharlar 
ko'p. Hirot shahri buyuk adiblar — Jomiy va 
Navoiylar vatani hisoblanadi. G'azna — Abu 
Rayhon Beruniy yashagan shahar. Bomiyon
— o'zining minglab g'or hujralari va bahaybat 
Budda haykali bilan mashhur. Balx — qadimiy 
y o d g o rlik la rg a boy. S h o ir B o b o ra h im
Mashrab Balx shahriga dafn etilgan. Qanda-
hor o'z anorlari bilan tanilgan. Jalolobodda 
hamisha bahor.
Qadimdan Afg'onistonda podsho sulolalari 
hukmronlik qilgan. Qishloq xo'jaligi qoloq. 
Sanoati rivojlanmagan, yer osti boyliklari ish­
ga solinmay yotgan. Aholi yoppasiga savod- 
siz bo'lgan. Ular tibbiy xizmatdan mahrum 
edi, shuning uchun turli yuqumli kasalliklar tar- 
qalib turgan. 2-jahon urushidan keyin davlat ti- 
z im in i y a n g ila s h , m a m la k a t iq tis o d iy
taraqqiyotini jadallashtirish harakati kuchaydi. 
1973-yilda shoh hukumati ag'darilib, mam­
lakat jumhuriyat (respublika) deb e’lon etildi. 
1978-yil aprelda davlat to'ntarishi (savr inqi- 
lobi) qilindi. Biroq shundan keyin mamlakat- 
dagi turli siyosiy kuchlarning o'zaro kurashi 
boshlanib, xalq boshiga behisob kulfatlar 
tushdi.
O 'zbekiston hukum ati A fg'onistondagi 
o'zaro urushni tezroq to'xtatish uchun muhim 
ta s h a b b u s la r b ila n m a yd o n g a c h iq d i. 
Afg'oniston bilan O'zbekiston Respublikasi 
o'rtasida 1992-yilda diplomatiya munosabat- 
lari o'rnatilgan.
AFRIKA
Hammayoq cho'l-u biyobon. Goho sarg'ish 
va upaday yengil qumlardan, goho nuragan 
kulrang toshloqdan o'tasiz. G'uborli osmon, 
jazirama issiq. Na suv, na ko'kat bor. Bu—Af­
rikaning cho'l qismi, u qit’a hududining 4/5 
qismini egallagan...
Qalin tropik o'rmon, uning orasida faqat 
bolta bilan yo'l ochib yurish mumkin. Daraxt­
lar, butalar, chirmoviqlar; qalin va semam yap- 
roqlar; nihoyatda rang-barang va xushbo'y 
gullar; qushlari gulga, kapalaklari qushga 
o'xshaydi. Yorug'lik kam tushganidan bu yer­
da ham isha g 'ira -sh ira va nam garchilik. 
Chirildoqlar galasi bor ovozda chirillaydi, yirt­
qich hayvonlarning na’rasi va maymunlarning 
chiyillashi eshitilib turadi. Bu yerda ko'katlar 
yil bo'yi barq urib o'sadi. Bu ham Afrika.
Dasht desangiz dasht emas. O't bosgan 
tekislikda qizg'ish va qo'ng'ir qoyatoshlar, ular 
betini yumshoq chim qoplagan. Uzoqda jin- 
galak chakalakzorlar ko'rinadi, yaqinroq kelib
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarasangiz — chakalakzorlar emas, balki 
past bo'yli ulkan baobab daraxti ekan. Bu — 
Afrika savannasining manzarasi. Afrikada 
savanna bilan ch o 'lla r jam i m aydonning 
80%ini egallagan.
Afrika — Yer yuzasidagi oltita materikdan 
biri. Kattaligi jihatidan Yevrosiyodan keyin ik­
kinchi o ‘rinda turadi. Maydoni orollari bilan 
birga 30,3 million kvadrat kilometr.
Afrikaning ko‘p qismi tropik kengliklarda 
joylashgan. Afrika shimoldan janubga tomon 
8 ming kilometrga cho'zilgan. G'arbiy sohili- 
dan sharqiy sohiligacha bo'lgan masofa sal 
kamroq. Afrikani ikki okean — Atlantika va 
Hind okeanlari, ikki dengiz — O'rta va Qizil 
dengizlar o'rab turadi. Unda Nil, Niger, Kon­
go, Zambezi, Oranj, Limpopo kabi yirik dary- 
olar oqadi. Afrikada Chad, Viktoriya, Nyasa, 
Tanganika kabi katta ko'llar ham bor. Afrikan­
ing qirg'oqlari ancha tekis. Eng katta yarim 
oroli — Somali, eng yirik qo'ltig'i — Gvineya. 
Dengiz sathidan o'rtacha balandligi 750 metr. 
Eng baland joyi — Kilimanjaro vulkani (5895 
metr), u Afrikaning eng baland joyi hisoblana­
di.
Afrikada ekvatorial iqlimli 
zonasidan shimol va janubga 
tomon subekvatorial, tropik va 
subekvatorial iqlim zonalari joy­
lashgan. Yozda o'rtacha tem- 
peratura 30° gacha, yilning sal­
qin mavsumida esa 25° issiq 
bo'ladi, faqat tog'lardagina tem­
perature 0° gacha tushadi.
A frika yeri konlarga boy.
Sahroi Kabirning g'arbiy va shi­
moliy qismida fosforitlar, neft, 
tabiiy gaz zaxiralari topilgan.
Afrika markazidagi Kongo hav- 
zasida mashhur mis konlari va 
uran sha xtalari bor. Janubi 
kobalt, berill, litiy, oltin va ol- 
mosga boy.
K okos va m o yli palm a 
mevalari, qimmatbaho qizil va 
qora daraxtlar, po'kak va kau-
chuk daraxtlari — bularning hammasi Afrika 
sahiy tabiatining insonga in’omidir. Afrikaning 
unumdor yerida какао, kofe, banan, ananas, 
apelsin, mango yetishtiriladi.
Afrikada noyob yow oyi hayvonlardan fil, 
karkidon, begem ot, zebra, kiyik, arslon, 
gepard, leopard kabilarni saqlab qolish 
uchun qo'riqxonalar tashkil etilgan. Chaqadi- 
gan setse pashshasi odamlarga va chor- 
vachilikka ancha zarar keltiradi.
Afrika xalqlari mehnatsevar, yerlari unum­
dor va tabiati boy. Bu odamlarga baxt kelti- 
rishi lozim edi, biroq aksi bo'ldi. Bunga mus­
tamlakachilar sababchidir. 15-asrda dengiz 
sayyohlarining izidan u yerga savdogar, tablig' 
(missioner)lar va qalloblar galasi yopirildi. 
Butun materikni tarixda misli ko'rilmagan ta- 
lon-taroj qilish boshlandi.
Afrikaga mustamlakachilar kelguncha u 
yerda yirik davlatlar bo'lgan, san’at va hunar- 
m andchilik rivojlangan. M ustam lakachilar 
mag'rur va iste’dodli xalqlarni bo'ysundirdilar. 
Kelgindilar afrikaliklarning kuchidan foy- 
dalanib, o'zlari uchun shaharlar va yo'llar,

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish