292
xorijiy investitsiyalarga ega bo„lgan qo„shma korxonalar uchun qonunda
mo„ljallangan litsenziyasiz eksport-import qilish huquqi. Bunda o„z mahsulotini
eksport qilishdan olingan valyuta tushumi butunlay ularning ixtiyorida qoladi.
1992-yilda iqtisodiyotni isloh qilish va xo„jalik faoliyatini
liberallashtirish
tufayli EIHlarni tashkil etishga munosabat o„zgardi. Rossiyada tashqi iqtisodiy
faoliyatni tartibga solish to„risida qabul qilingan qonunlar EIHlarda xo„jalik
faoliyatining maxsus rejimini nazarda tutmas edi. EIHlarda amal qilayotgan
imtiyozlar va sharoitlarni hech kim bekor qilmagan bo„lsa-da, mamlakatning moliya
va soliq organlari ularni o„z kuchini yo„qotgan deb hisobladi.
EIHlarning
qonuniy-huquqiy
holatidagi
bunday
noaniqliklar
xorijiy
investorlarning xavotirlanishiga olib keldi. 1992-yil iyunda Rossiya Federatsiyasi
Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi hududida erkin iqtisodiy hududlarni
rivojlantirish bo„yicha ayrim chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmonida xorijiy va
rossiyalik investorlar uchun avvalgi hududiy imtiyozlarining
saqlanib qolishining
belgilab berilishi vaziyatning barqarorlashishiga olib keldi.
Shunga qaramay Rossiya Federatsiyasi hukumatida 11 ta ulkan territoriyaga ega
bo„lgan hududlarni yopish va ularning imtiyozlarini bekor qilish fikri ustunlik qilar
edi. Buning o„rniga mikrohududlarni, asosan, erkin bojxona hududlarini va eksport
ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish konsepsiyasi ham ilgari surilgan edi. Ushbu
hudud turlarini tashkil qilishning tanlanma strategiyasi asosida ularning qulay
geografik joylashuvi, infratuzilmaviy qurilishlarga minimal xarajatlar bilan qo„shilish
tamoyili yotadi. Natijada EIHlar atrofida noaniqlik muhiti, aniqrog„i katta bo„lmagan
eksport hududlarigacha qisqartirish g„oyasi paydo bo„lgan edi. Ushbu istiqbolli
g„oyalar ham qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan asoslanmagan edi.
Hukumat ushbu ikki turdagi EIHlarni shakllantirish yo„nalishini qo„llab-
quvvatlash maqsadida 1993-1995 yillarda EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy va
mahalliy korxonalar uchun investitsion muhitni yaxshilash bo„yicha
qator ishlarni
amalga oshirdi. Bu ishlarga, birinchidan, xorijiy investitsiya asosida qurilgan
korxonalar foydasiga soliq solishda imtiyozlar berish; ikkinchidan, qo„shimcha
qiymat solig„ida, import qilingan texnologik uskunalarni
maxsus soliqdan ozod
qilish; uchinchidan, 1996 yil 1 yanvardan ish haqiga xarajatlarning me‟yoridan ortib
ketishiga solinadigan soliqni bekor qilish va boshqalar kirgan edi. Ushbu chora-
tadbirlar natijasida Rossiyada EIHlarni tashkil qilish faollashdi. Qator mintaqalar
me‟yoriy-qonuniy hujjatlarning ishlab chiqilishini kutib o„tirmasdan, lokal funksional
hududlarni tashkil qilish loyihalarini amalga oshirishga kirdi. “Naxodka” EIH
ma‟muriyati birinchi bo„lib ushbu jarayonni boshladi. Hukumat qarorlariga tayanib,
ajratilgan budjet kreditlaridan foydalanib, 1995-yilning yozida Naxodka ma‟muriyati
o„z territoriyasida birinchi bojxona hududini tashkil qildi. Moskva viloyatining
hukumat rahbariyati, shuningdek, Sankt-Peterburg va Ulyanovsk shaharlarining
hukumat rahbarlari ham ushbu yo„nalishda, biroq, federal hukumat yordamiga
tayanmay erkin bojxona hududlarini tashkil etdi.
1999-yil fevralda Sankt Peterburgda 20 ta maxsus rejimga ega bo„lgan iqtisodiy
rivojlanish hududlarini tashkil etish to„g„risida qaror qabul qilindi. Ushbu hududlarda
faoliyat ko„rsatayotgan korxonalarga investitsion loyihalarni faollashtirish, shaharda
293
xalqaro
transport
yuk
majmuasining
iqtisodiy
samaradorligini
va
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qator imtiyozlar berildi.
Boshqa hududlar avvalgi imtiyozlarni tiklash yoki yangi imtiyozlarga ega
bo„lishga qaratilgan hatti-harakatlarni kuchaytirdi. Masalan,
Kaliningrad viloyati
1995-yilning noyabr oyida Davlat Dumasi tomonidan “Kaliningrad viloyatida
maxsus iqtisodiy hudud to„g„risida”gi federal qonunni qabul qilishiga erishdi. Ushbu
qonun unga maxsus bojxona hududi tartibini qaytarib berdi. 1995-yilda “Kabardino-
Balkariya” EIH, 1996-yilda esa “Ingushetiya” xalqaro biznes-markazi tashkil topdi.
Ushbu hududlar klassik offshor hududlar sifatida tashkil etilgan edi.
2003-yilda Rossiyada 23 ta federal ahamiyatga ega bo„lgan EIHlar, shu
jumladan, federal qonunlar asosida uchta hududda (Kaliningrad va Magadan
viloyatlari, Ingushetiyada) EIHlar faoliyat ko„rsata boshlagan edi (10.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: