288
-
EIHlar bo„yicha yagona qonunchilikning yo„qligi.
Shunga qaramasdan EIHlar o„zi joylashgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga
katta hissa qo„shdi. Aynan EIHlar tufayli Xitoy jahon bozoriga chiqishi mumkin
bo„ldi.
Umuman olganda, XXR hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotida
integratsiyalashuvni
faqatgina
bir
hududga
yo„naltirib
qolmasdan,
balki,
investitsiyalarni butun bir mamlakat hududiga bir maromda joylashtirib, tashqi
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish lozim deb ko„rsatishmoqda. Bu sohada qo„shma
korxonalarni tashkil etish to„g„risidagi qonun-qoidalarni takomillashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Agar 80 yillarga qadar qo„shma korxonalar tuzish uchun
XXRning Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan ruxsat olingan bo„lsa, 90 yillarga
kelib bunday huquq mahalliy hukumat organlariga berilgan edi.
Bugungi kunga kelib chet ellik va xitoylik investorlarning imtiyozlari deyarli
tenglashtirilganligi bois chet ellik investorlarning imtiyozlari faqatgina yuqori
texnologiyali, fundamental infratuzilma sohalarni rivojlantirish tarmoqlarida saqlab
qolindi, xolos. Imtiyozlarning olib tashlanishi, albatta, xorijiy investorlarning foyda
me‟yorini ancha cheklab qo„ygan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xorijiy
investorlar, asosan, Xitoyning imtiyozlar saqlanib qolingan EIHlariga ko„plab kirib
kelmoqda.
Bu esa yuqoridagi paragrafda keltirilganidek, chet el investitsiyalarining
EIHlarga kirib kelishi nisbatan yuqoriligini ta‟minlamoqda.
Shunday qilib, Xitoy tajribasini o„rganish va uning ijobiy tomonlarini
respublikamizda tashkil etilayotgan EIHlar faoliyatida qo„llash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Xitoy tajribasidan xulosa qiladigan bo„lsak, EIHlarni yaratishda va
rivojlantirishda ular qo„yidagilarga asosiy e‟tibor qaratganlar:
1. Puxta o„ylangan huquqiy-me‟yoriy baza yaratilganligi;
2. Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa imtiyozlarning turi va darajasi mahalliy
sharoit, qo„yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda puxta ravishda
tabaqalashtirilgan.
3. Hududlarda moslashuvchan investitsiya siyosati amalga oshirilganligi.
4 Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot bazasi va savdo-sotiq tizimini qayta ishlash
sanoatini kompleks rivojlantirishga qaratilganligi.
5. Katta miqdorda nisbatan arzon bo„lgan ishchi kuchining mavjudligi.
6. Eksport uchun real va shaffof ishlash imkoniyatining yaratilishi.
7. Xitoy sug„urta kompaniyalari xorijiy investorlarni sug„urtalashni o„z bo„yniga
olganligi.
8. EIHlar rivojlanishini davlat tomonidan keng tarzda qo„llab-quvvatlash
ammalga oshirilganida, deb bilamiz.
Bu tajribani O„zbekistonda ishlab chiqish va EIHlarni yaratishda o„rganish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: